Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari
Davlat xizmatchilari tushunchasi va tasnifi
Download 221.7 Kb.
|
ma\'muriy huquqdan majmua
Davlat xizmatchilari tushunchasi va tasnifi
Davlat xizmatchilari - huquqning individual subyektlaridan iborat bo`lgan ijtimoiy guruh bo`lib, ma'lum bir haq evaziga davlat organlarining vazifa va funksiyalarini amalga oshiradilar. Har bir tashkil etiladigan tashkilot uning normal funksiyalanishi uchun maxsus tayyorlangan xizmatchilardan iborat bo`lgan ma'lum bir personalga ega bo`lishi lozim. Tashkilotlarning turiga qarab huquq obyektlarining quyidagi xizmatchilarini: davlat (davlat organlari), mahalliy organlar, jamoat birlashmalari nodavlat, tijorat, notijorat, diniy, xususiy, xalqaro tashkilotlarning xizmatchilarini ko`rsatib o`tish mumkin. Ko`pgina insonlar ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg`uldir: jamiyatning normal faoliyat ko`rsatishini ta'minlash maqsadida turli funksiyalarni amalga oshiradilar; moddiy boyliklar yaratadilar, ya'ni tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko`rsatish, tarbiyaviy va ta'lim funksiyalarini amalga oshiradilar, davlat-hokimiyat harakatlari va huquqni muhofaza qilish funksiyalarini bajaradilar, turli xildagi qarorlarni qabul qiladilar. Davlat xizmatchisi, keng ma'noda, davlat vazifa va funksiyalarini nafaqat davlat organlarida, balki davlatning boshqa tashkilot, muassasa va korxonalarida amalga oshiradigan huquqning individual subyektidir. Davlat xizmatchisi - bu davlat organlari vakolatlarini bajarishni ta'minlash bo`yicha professional faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsdir. Davlat xizmatchisi va davlat (davlat organi) o`rtasida davlat-xizmat munosabatlari vujudga kelib, ular o`zaro huquq va majburiyatlarga ega bo`ladi. Davlat xizmatchisi, tor ma'noda davlat xizmatida davlat lavozimini egallagan, ya'ni davlat ma'muriyatining tuzilmalari tizimida ma'lum bir mansabni egallaydigan, pul mukofoti evaziga mazkur davlat organining funksiyalarini amalga oshiradigan shaxsdir. Davlat xizmatchilarining aksariyati ijro-farmoyish berish (tashkillashtirish) vakolatlarini va ijtimoiy-madaniy faoliyatni amalga oshirish bilan shug`ullanadilar. Faqatgina ayrim davlat xizmatchilari maxsus davlat lavozimlarini egallaydilar, masalan, odilsudlovni va prokuror nazoratini (ya'ni, huquqni muhofaza qilish faoliyatini) amalga oshiradilar. Ko`pgina yuridik adabiyotlarda davlat xizmatchisiga quyidagicha ta'rif beriladi: davlat xizmatchisi - bu davlat ma'muriyati apparatida bevosita yoki bilvosita ma'lum bir haq evaziga domiy yoki vaqtincha xizmat majburiyatlarini amalga oshiruvchi shaxsdir.52 Bunda “xizmatchi tomonidan xizmat majburiyatlarining bajarilishi” asosiy tushuncha sifatida namoyon bo`ladi. Davlat xizmatchisi tushunchasini uch ma'noda ko`rib chiqish mumkin: birinchidan, davlat-huquqiy nuqtai nazaridan davlat xizmatchisi - bu turli xususiyatdagi va ahamiyatdagi vakolatlarga ega bo`lgan davlatning (davlat organlarining) “xizmatkori” hisoblanadi. Xizmatchilar davlatni davlat ma'muriyatining ichidagi turli ijtimoiy munosabatlarda yoki tashqi aloqalarda davlat nomidan harakat qiladi. Davlat xizmatchisi – davlat va jamiyat taraqqiyotining mahsuli bo`lib, davlat funksiyalarini amalga oshiradi; ikkinchidan, ma'muriy-huquqiy nuqtai nazaridan davlat xizmatchisi - maxsus hokimiyat, tashkillashtiruvchi-farmoyish beruvchi vakolatlarga ega. Davlat xizmatchisi yurisdiksiyaviy (huquqni muhofaza qiluvchi) choralar va vakolatlarni amalga oshirish va ma'muriy-huquqiy sanksiyalarni qo`llash huquqiga ega bo`lgan hokimiyat vakilidir; uchinchidan, jinoyat-huquqiy nuqtai nazaridan davlat xizmatchisi - jinoiy javobgarlikning maxsus subyekti hisoblanadi (davlat xizmatchisi - mansabdor shaxs - mansab jinoyatlari uchun javobgarlikka tortiladilar). Har bir davlat xizmatchisi egallab turgan lavozimidan kelib chiquvchi ma'lum bir vazifalarni bajarishi kerak. Davlat lavozimi - bu davlat xizmatchisining ish (xizmat) joyi hisoblanadi. Har bir davlat lavozimi davlat xizmatining asosiy elementlaridan biri bo`lgan shtat birligiga kiritiladi. Shtat jadvali davlat organi (tashkiloti)da tashkil etilgan lavozimlardan iboratdir. Davlat tashkilotlarida lavozimlar davlat hokimiyati subyektlari tomonidan farmoyish berish tartibida tashkil etiladi. Alimov X.R. davlat xizmatchisiga to`xtalib, unga kuyidagicha tushuncha beradi: davlat xizmatchisi - bu davlat-hokimiyat vakolati doirasida ma'lum bir haq evaziga davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarni amalga oshiruvchi shaxsdir. Davlat xizmatiga faqatgina O`zbekiston Respublikasi fuqarolari kirishi mumkin.53 D.M.Ovsyankoning fikricha: davlat xizmatchisi - qonun bilan o`rnatilgan tartibda ma'lum bir pul mukofoti evaziga davlat xizmatidagi davlat lavozimi bo`yicha majburiyatlarni amalga oshiruvchi fuqaro hisoblanadi. Davlat xizmatchilari orqali butun jamiyat sohalariga taalluqli bo`lgan davlat organlarining vakolatlari amalga oshiriladi.54 O`zbekiston Respublikasida davlat xizmatchisi tushunchasini quyidagicha belgilash mumkin: Download 221.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling