Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari


Download 221.7 Kb.
bet37/88
Sana27.02.2023
Hajmi221.7 Kb.
#1234657
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   88
Bog'liq
ma\'muriy huquqdan majmua

birinchidan, davlat xizmatchisi - bu 18 yoshga to`lgan, davlat tilini bilgan, ma'lum bir bilimga ega bo`lgan O`zbekiston Respublikasining fuqarosidir. Davlat xizmatchisi davlat-xizmat munosabatlarining bir tomonini tashkil etadi. Davlat organi hamda xizmatchi o`rtasida mehnat shartnomasi tuzilib, unga ko`ra xizmatchi davlat organining vakolatlarini, davlat funksiyalarini bajaradi, davlat qurilishining ma'lum bir maqsadlariga erishish uchun maxsus vazifalarni hal etadi, davlat (davlat organi) esa o`z navbatida xizmatchi oldida: uning huquqlari va manfaatlarini o`rnatadi va ta'minlaydi, ijtimoiy-huquqiy kafolatlar, javobgarlik, pul mablag`i bilan ta'minlash kabi majburiyatlarga ega bo`ladi. Davlat xizmatchisi ma'muriyatning vakili, davlat byurokratining bir qismi hisoblanadi. Davlat xizmatchilarining barcha harakatlari davlat nomidan va uning ko`rsatmasi asosida amalga oshiriladi, davlat esa davlat xizmatchisi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi va tegishli holatlarda ularga nisbatan majburlov choralarini qo`llaydi. Davlat xizmatchisi faqatgina davlat organida davlat mansabini egallashi mumkin;
ikkinchidan, davlat xizmatchisi faoliyati davlat xizmatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari talablariga mos kelishi kerak;
uchinchidan, davlat xizmatchisi qonunchilik bilan o`rnatilgan tartibda davlat xizmatining pul bilan ta'minlanadigan davlat lavozimini egallaydi. Qonunchilik davlat xizmatchisi faoliyatining mazmunini, uning huquqiy holatini, faoliyatning maqsadi, vazifasi va asosiy yo`nalishlarini, huquqlarni, majburiyatlarni, javobgarlikni, cheklovlarni, kafolatlarni belgilab beradi. Davlat lavozimlarini faqatgina davlat xizmatchilari egallashlari mumkin;
to`rtinchidan, davlat xizmatchisiga qonunchilikda belgilangan tartibda malaka darajalari beriladi;
beshinchidan, davlat xizmatchisi davlat funksiyalarini, davlat organlarining vakolatlarini bajaradilar, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'muriy-siyosiy sohalarda (davlatning moliyaviy faoliyati, madaniyatni rivojlantirish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlash, bojxona, bank ishi, soliqqa tortish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, ichki ishlar, tashqi siyosiy faoliyat va h.k.larda) davlat vazifalarini amalga oshiradilar;

Download 221.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling