Mavzu: Diagnostikaning umumiy jarayonlari va texnik diagnostika vositalariga qo'yilgan talablar. Avtotransport vositalari harakat xavfsizligini ta'minlovchi


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana16.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1488591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
6.2 Diagnostik datchiklar 
Obyektlarning nazorat qilinadigan miqdorlari (bosim, harorat, chastota
tezlik, yorug‘lik kuchi, kuchlanish, elektr toki va boshqalar)ni o‘lchash, uzatish, 
saqlash, qayd etish va boshqariladigan jarayonlarga ta’sir etish uchun qulay, lekin 
kuzatuvchining bevosita hissiyotiga bo‘ysinmaydigan signalga aylantiruvchi 
moslama datchik deb ataladi. Uning yordamida olingan axborotga o‘lchov 
asbobiga borish yo‘lida ishlov beriladi, ya’ni signal kuchaytiriladi, unga xalaqit 
beruvchi shovqinlar yo‘q qilinadi, tahlil etiladi hamda miqdori va fazasi bo‘yicha 
tozalanadi. 
Datchiklar quyidagi turlarga bo‘linadi (6.2-rasm): 
Tezkor kontaktli diagnostik datchiklar. Ular tarkibiga ustiga transport 
vositasi qo‘yiladigan yoki ularni transport vositasi bosib o‘tadigan hamma 
stendlardagi datchiklar kiradi. Bu stendlarda ostsillograf shkalali asboblar bilan 
almashtirilgan. 
Kontaktsiz diagnostik datchiklar. Ular diagnostika qilinayotgan obyekt 
bilan mexanik kontaktda emas. Kontakt yorug‘lik nuri, magnit yoki issiqlik 
maydoni yordamida amalga oshiriladi. 
Stroboskoplar. Stroboskopik samaradan transport vositasining aylanma yoki 
to‘g‘ri chiziq bo‘yicha harakatladigan 30 elementidan kam bo‘lmagan hollarda 
foydalanish mumkin. 
Transport vositasiga doimiy o‘rnatilgan diagnostik datchiklar. Ular agregat 
va mexanizmlarga o‘rnatiladi, diagnostikalash jarayonlarini tezlashtiradi va 
avtomatik diagnostikalash tizimining elementlari bo‘lib xizmat qiladi. O‘rnatilgan 
datchiklar harorat, bosim, kuchlanish, tormoz suyuqligi, yonilg‘i va moy sathidan 
tashqari ayrim uzellarning yeyilish darajasi haqida ham axborot beradi. Masalan, 
Test ta’siri 
Diagnostikalash 
obyekti 
Texnik diagnostikalash vositasi (TDV) 
D
atchik
O‘lch
o

m
o
slam
asi
D
ia
gn
oz
qo
‘yish
Aks etish 
moslamasi 
Mantiq 
moslamasi 
Funksional ta’sir 
14.1-rasm. Texnik diagnostikalashning umumiy jarayoni tasviri 



dumalash podshipniklaridagi yeyilishlar ularning halqalariga yopishtirilgan 
tenzodatchiklar yordamida aniqlanadi. 
Datchiklarga qo‘yiladigan asosiy talablar: 

o‘lchovlarning haqqoniyligi (aniqlik, qayta o‘lchash imkoniyati, 
sezgirligi); 

ishonchliligi (buzilishsiz ishlash, chidamlilik, ta’mirlashga moyillik, 
saqlanuvchanlik); 

texnologik ishlarga moyilligi (diagnostika jarayonlarining murakkabligi, 
ish hajmi, universalligi); 

tejamliligi (bahosi, ekspluatatsiya sarflari, qo‘llashdan olinadigan 
samaradorlik). 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling