Mavzu: Diagnostikaning umumiy jarayonlari va texnik diagnostika vositalariga qo'yilgan talablar. Avtotransport vositalari harakat xavfsizligini ta'minlovchi
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
14.3-rasm. Texnik diagnostikalash vositalarining tasnifi
7 B) Doimiy o‘rnatilgan texnik diagnostikalash vositalari. Texnik diagnostikalashning transport vositasi konstruksiyasi ichiga o‘rnatilgan vositasi yoki ichiga o‘rnatilgan tekshiruv tizimi transport vositasining tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi, transport vositasi, uning tizimi, uzeli konstruksiyasiga kiradi. Texnik diagnostikalashning tashqi vositalari davriy, odatda, navbatdagi servis xizmati bilan birga o‘tkaziladigan tekshiruvni ko‘zda tutadi. Boshqa vaqtda transport vositasi texnik holatini haydovchi nazorat qilib turadi. Transport vositasi texnik holatini, uning uzel va agregatlaridagi ish jarayonlarini tavsiflaydigan parametrlar to‘g‘risida to‘liq, haqqoniy va doimiy kelib turadigan axborot bo‘lishi kerak. Ichiga o‘rnatilgan zamonaviy diagnostikalash vositalari axborotni nazorat qilish, ishlov berish, saqlash va uzatishni avtomatlashtirishni ta’minlaydi. Ular transport vositasi bilan birgalikda loyihalanadi va ishlab chiqariladi. Bunda diagnostikalashning yordamchi ish hajmlari kamayadi (tashqi diagnostika vositalarini o‘rnatish va yechish, nazorat nuqtasiga ulash), ekspluatatsiyaning real ish tartibotlarida texnik holat doimiy nazorat ostiga olinadi. Ichiga o‘rnatilgan diagnostikalash vositalari tarkibiga parametrlarni o‘lchash, ularga ishlov berish, indikastiya uchun qulay signallarga o‘zgartirish datchiklari, aloqa simlari, o‘lchash, ishlov berish va o‘lchangan parametrlar miqdorlarini tahlil qilish moslamalari, diagnostika natijalarini ko‘rsatish, diagnostik axborotni saqlash va uzatish moslamalari, texnik diagnostikalashning tashqi vositalariga ulash uchun bog‘lovchi moslamalar kiradi (6.6-rasm). Ichiga o‘rnatilgan diagnostikalash vositalari transport vositalari boshqaruvi tizimlari bilan chambarchas bog‘liq. Ular axborotni ko‘pincha aynan bir datchiklardan oladi. Natijalarni ko‘rsatish uchun raqamli va milli asboblardan, nur va tovush indikatsiyasidan foydalanadi. Ko‘rsatish moslamalarining vazifalariga boshqa moslamalardan chiqish signallarini qabul qilish, ularni aniqlash, axborotni displeyda, shkalada, lampa yoki tovush signallarini so‘z buyruqlarida aks ettirish kiradi (6.7-rasm). Zamonaviy transport vositasida ichiga o‘rnatilgan diagnostikalash tizimining markazi – bort kompyuteri (elektron boshqaruv bloki) hisoblanadi. U diagnostik axborotni dasturlar bo‘yicha taqsimlaydi, ular esa, o‘z navbatida, nosozlik tavsiflari va turlarini aniqlaydi, detal va agregatlar resurslari sarfini hisoblaydi, keyinroq texnik diagnostikalash tashqi vositalari tomonidan foydalanish uchun saqlaydi va texnik ta’sirlarni rejalashtirish uchun ishlov beradi. Detal va uzellar resursini hisoblash transport vositasini buzilishlarsiz ekspluatatsiya qilish imkonini beradi. Yetilib kelayotgan buzilishlar oldindan aniqlansa, ekspluatatsiyani to‘xtatish, u yoki bu texnik ta’sirlarni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish imkoni yaratiladi. 8 Ichiga o‘rnatilgan vositalar bilan diagnostikalash insonni nafaqat diagnoz olish jarayonidan, balki undan keyin foydalanish uchun tavsiyanomalar ishlab chiqishdan ham ozod etishi mumkin, chunki mikroprotsessor texnikasi vositalari yordamida diagnostikalash natijalariga ishlov berish, mazkur transport vositasining keyingi ekspluatatsiyasi bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqish va profilaktik texnik xizmat o‘tkazishning ma’qul muddatlarini aniqlash imkoni bor. Zamonaviy kommunikatsiya aloqalari vositalari holati nafaqat haydovchiga, balki transport korxona menejeriga ham xizmat ko‘rsatish yoki ta’mirlashni rejalashtirish va tashkil etish bo‘yicha real vaqt tartibotida qaror qabul qilish uchun transport vositasi texnik holati to‘g‘risida axborot uzatish imkonini beradi. Doimiy o‘rnatilgan diagnostika vositalariga moslashganlikni ta’minlash bo‘yicha transport vositalariga ma’lum talablar qo‘yiladi. Transport vositasi konstruktsiyasiga o‘rnatilgan diagnostika vositalari uning korxonaga kelmasdan avval texnik holati to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish imkonini beradi, ya’ni transport vositalarini soz, texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash talab qiluvchi guruhlarga bo‘linishini ta’minlaydi. Transport vositasining nazoratga qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida uning agregat va mexanizmlariga quyidagilar o‘rnatiladi: 1) datchiklar; 2) axborotni markazlashtirgan holda olish moslamalari; 3) nosozlik indikatorlari; 4) kompyuter (texnik holat to‘g‘risidagi axborotga ishlov berish uchun). Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling