Mavzu: Diagnostikaning umumiy jarayonlari va texnik diagnostika vositalariga qo'yilgan talablar. Avtotransport vositalari harakat xavfsizligini ta'minlovchi


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/18
Sana16.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1488591
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Kuch turidagi tormoz stendi. Tormoz xususiyatlarini tekshirish uchun 
ko‘pincha kuch turidagi barabanli stendlar ishlatiladi. Xuddi inersiya turidagiga 
o‘xshab, ushbu stend ikki juft rolik (baraban)lar, zanjir uzatmalaridan iborat (6.4-
rasm). Har bir juft o‘zining motor-reduktoriga ega (4–13kVt). Reduktorlar planetar 


17 
tipida bo‘lganligidan uzatmalar nisbati 32–34, tormozlar sinovida roliklarning 
aylanishi transport vositasining 2–4 km

soat tezligiga to‘g‘ri keladi. 
Stend konstruksiyasining shakli 6.4-rasmda keltirilgan. 
 
 
 
 
Tormoz kuchi avtomobil g‘ildiragining baraban bilan tutash nuqtasida 
vujudga keladigan reaktiv (aks ta’sir) kuch sifatida o‘lchanadi. 
Stendning elektr motori barabanlarni, ular esa transport vositasining 
g‘ildiragini aylantiradi. Sekin-asta tormoz mexanizmi ishga tushiriladi va u 
yugurish barabanlari aylanishiga qarshilikni vujudga keltiradi. Tormoz kuchiga 
proporsional ravishda reaktiv (aks ta’sir) moment yuzaga keladi. Uni dumalash 
tayanchlariga balansir ravishda o‘rnatilgan elektr motorining korpusi qabul qiladi. 
Reaktiv moment datchik yordamida o‘lchanadi. Datchik kuchni elektr motor 
korpusidan pishang (richag) orqali oladi. Stend to‘plamiga yana tormoz boshqaruvi 
uchun kuch o‘lchagich moslamalar, tormozlanish boshlanishi datchigi (tormoz 
pedaliga o‘rnatiladi) va tormoz tizimi pnevmatik yuritmasi nazorat nuqtalariga 
ulanadigan bosim datchigi kiradi. 
O‘lchangan diagnostik parametrlar me’yoriy miqdorlar bilan taqqoslanadi. 
Afzalliklari: yuqori darajadagi aniqlik; tormozlarni sinash vaqtida 
barabanlarning kichik tezliklarda aylanishi stendning yuqori texnologik moyilligini 
ta’minlaydi. Kamchiliklari: ko‘p metal va energiya hajmliligi. Bu stendlar nazorat 
operastiyasida ishlatishda qo‘l keladi, masalan, tormoz samaradorligini 








11 
15.4-rasm. Tormoz xususiyatlarini tekshirish uchun barabanli stend: 
1-rama; 2-dumalash tayanchi; 3-elektr motor; 4,5-yugurish barabani; 6-yulduzcha; 7-zanjir uzatma; 8-
mufta; 9-pishang (richag); 10-aks ta’sir moment datchigi; 11-massa datchigi. 
10 



18 
o‘lchagandan so‘ng, kerak bo‘lsa, sozlash ishlari olib borilib, keyin bajarilgan 
ishlar sifatini qaytadan nazorat qilishga qulay bo‘ladi. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling