Mavzu: Diagnostikaning umumiy jarayonlari va texnik diagnostika vositalariga qo'yilgan talablar. Avtotransport vositalari harakat xavfsizligini ta'minlovchi
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakatda sinash.
Elementar diagnostik parametrlarga tepkini bosish kuchi, tormoz kuchining
oshishi yoki kamayishi, tormoz mexanizmining ishga tushish vaqti, tormoz kamera shtogining yo‘li, tepkining erkin yo‘li, kompressorning ish unumdorligi va boshqalar kiradi. Tormoz tizimining diagnostik parametrlari quyidagi hollarda o‘lchanadi: – transport vositasining harakati jarayonida; – transport vositasiga doimiy o‘rnatilgan diagnostik vositalar yordamida; – qo‘zg‘almas sharoitda – tormoz stendlari yordamida. Transport vositasi ekspluatatsion xususiyatlarining tormoz tizimi bo‘yicha asosiy diagnostik parametrlari quyidagilar: S T – tormozlanish yo‘li, m; P T – tormoz kuchlari, N; S s – sekinlashish yo‘li, m; t s – sekinlashish vaqti, sek; j s – sekinlashish miqdori, m sek 2 . Transport vositasi texnik holatini baholashda uning harakat xavfsizligiga bevosita yoki bilvosita ta’sir etuvchi agregat va mexanizmlar texnik holatini aniqlash asosiy tadbirlardan hisoblanadi. Transport vositasi tormoz tizimining texnik holati va uning ishlash samaradorligi GOST 25478-91 bo‘yicha harakatda sinash va stendda sinash usullari bilan aniqlanadi. Harakatda sinash. Transport vositasini harakatda sinash asosan tormoz tizimi sifatini umumiy baholash uchun qo‘llaniladi. Tormoz tizimini diagnostikalash tekis, quruq, gorizontal va transport harakatidan xoli bo‘lgan yo‘lda o‘tkaziladi. Tormozlanish samaradorligining yo‘l sinovlarida tormozlanish yo‘li, barqaror sekinlashish, tormoz tizimining ishlab ketish vaqti aniqlanadi. Ilashish koeffitsienti ( ) 0.6 dan kam bo‘lmagan quruq asfalt yo‘lda, transport vositasi tezligini (V a ) 40 km soat ga yetkazib, so‘ng tormozlanadi va tormozlanish yo‘li hamda sekinlashishni aniqlash bilan o‘tkaziladi. Sekinlashish deselerometr asbobi yordamida aniqlanadi. Bu oddiy usul bo‘lib, asosan, dastlabki axborot uchun qulay. Tormozlanish yo‘li quyidagicha aniqlanadi: g V K S a E T 26 2 ; (6.1) bu yerda: S T – tormozlanish yo‘li, m; K E – ekspluatatsion sharoitni e’tiborga oluvchi koeffitsient (yengil transport vositalari uchun – 1.4; yuk transport vositalari va avtobuslar uchun – 2–2,44); V a – transport vositasi tezligi, km soat; – shinaning yo‘l bilan ilashish koeffitsienti; g – erkin tushish tezlanishi, m sek 2 . 14 Sekinlashishni esa quyidagi ifoda bilan aniqlash mumkin: T a S V J 26 2 max (6.2) Transport vositasining tezligi V a 30 km soat bo‘lganda yengil transport vositalarining tormozlanish yo‘li 7,2 m, yuk transport vositalari va avtobuslar uchun esa 9,5–11,0 metrni tashkil etadi. Engil transport vositalari uchun sekinlashish 2 / 8 , 5 sek m j , yuk transport vositalari uchun 5,0 m sek 2 dan va avtobuslar uchun 4,2 m sek 2 dan kam bo‘lmasligi kerak. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling