Mavzu: Diagnostikaning umumiy jarayonlari va texnik diagnostika vositalariga qo'yilgan talablar. Avtotransport vositalari harakat xavfsizligini ta'minlovchi


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/18
Sana16.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1488591
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tormoz boshqaruvi texnik holatiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari va nazorat 
uslublari Тoshkenт avтomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi insтiтuтi 
“Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi” kafedrasi xodimlari tomonidan ishlab 
chiqilgan O‘zbekiston davlat standartlari (O‘zDSt 1057:2004 va O‘zDSt 
1058:2004) bilan belgilanadi. 
Tormoz tizimi bo‘yicha vujudga keladigan nosozliklar asosan 
diagnostikalash orqali aniqlanadi. Tormoz tizimini diagnostikalash jarayoni 
ekspluatatsiya sharoitlari va xarakterli nosozliklar ro‘yxati asosida diagnoz 
oshiriladi, unga tegishli ravishda diagnostik parametrlar tanlanadi, me’yoriy 
ko‘rsatkichlar aniqlanadi, diagnostikalash texnologiyasi ishlab chiqiladi. 
Diagnostik parametrlar tormoz tizimining nosozliklari ro‘yxati asosida 
tuzilgan tuzilmaviy-sababiy shakllarni tahlil qilish bilan aniqlanadi. Diagnostik-
me’yoriy ko‘rsatkichlar esa, ekspluatatsiya sharoitlaridan qa’ti nazar, tormoz 
tizimining buzilmasdan ishlashi, berilgan tormozlanish yo‘li va transport vositasi 
sekinlashishini ta’minlashi kerak. 
Transport vositalarining tormoz tizimiga quyidagi asosiy ekspluatatsion 
talablar qo‘yiladi: 
– berilgan tezlikdagi eng qisqa tormozlanish yo‘li; 
– tormozning hamma g‘ildiraklarda bir vaqtda ishlashi
δ 
η 



15.1-rasm. Transport vositasining tormozlanishdagi 
turg‘unlik sxemasi: 
1-transport vositasining dastlabki holati; 
2-atransport vositasi me’yoriy yo‘lakdan tashqariga 
chiqmadi; 
3-transport vositasi me’yoriy yo‘lakdan δ miqdorida 
tashqariga chiqdi 


13 
– tormoz tizimi yuritmasining qisqa vaqtda ishga tushishi
– chap va o‘ng g‘ildiraklardagi tormoz kuchlarining tengligi. 
Nosozliklarning kelib chiqishi va tuzilmaviy parametr ko‘rsatkichlariga 
asoslangan holda tormoz tizimining diagnostik parametrlarini ikki turga bo‘lish 
mumkin: umumiy va elementar diagnostik parametrlar. 
Umumiy diagnostik parametrlarga transport vositasining tormozlanish yo‘li 
va sekinlashishi, tormoz kuchlari va ularning g‘ildiraklardagi qiymatlari farqi 
kiradi. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling