Mavzu: Diagnostikaning umumiy jarayonlari va texnik diagnostika vositalariga qo'yilgan talablar. Avtotransport vositalari harakat xavfsizligini ta'minlovchi
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Axborot-maslahat beruvchi tizim".
14.7-rasm. O‘lchov asboblar paneli
9 Konstruktiyaga o‘rnatilgan murakkab diagnostika vositalari haydovchiga tormoz tizimining holati, yonilg‘i sarfi, ishlatilgan gazlarning zaharliligi ustidan doimiy nazorat qilish imkonini beradi. B. Doimiy o‘rnatilgan TDV yordamida haydovchi tormoz tizimi, uzatma va mexanizm elementlarining ishlashi, yonilg‘i sarfi, zaharli chiqindi gazlar miqdorini nazorat qilib borishi mumkin. Lekin bu qurilmalarning ishonchliligi chegaralanganligi sababli, ko‘proq transport vositasiga vaqti-vaqti bilan o‘rnatiladigan TDV hozirgi vaqtda keng qo‘llanilmoqda. Bu moslamalar blok shaklida elektron elementlar bazasi asosida quriladi. Ular transport vositasiga vaqti-vaqti bilan ishga chiqish oldidan qo‘yilib, ishdan qaytib kelganda yechiladi, olingan axborotga ishlov berishda EHM samarali ishlatiladi. Doimiy o‘rnatilgan diagnostiklash vositasining vaqti-vaqti bilan o‘rnatiladiganidan farqi shuki, unda axborotga ishlov berish, saqlash va uzatish ishlarini bajarishda transport vositasi konstruksiyasidagi axborot uzatish elementlaridan foydalaniladi. O‘rnatiladigan texnik diagnostika vositasi blok shaklida tayyorlangan bo‘lib, transport vositasiga ishga chiqish oldidan qo‘yiladi va ishdan qaytgandan keyin yechiladi. Blokda kun davomida yig‘ilgan axborotga ishlov beriladi va tahlil qilinadi. Masalan, transport vositasiga o‘rnatiladigan texnik diagnostika vositasi marshrut davomida quyilgan yonilg‘ining hajmi va miqdori haqidagi axborotni esda saqlash qobiliyatiga ega. "Axborot-maslahat beruvchi tizim". Oxirgi vaqtda o‘rnatiladigan texnik diagnostika-nazorat vositasining konstruktiv bazasi asosida – “axborot-maslahat beruvchi tizim” keng tarqalmoqda. U haydovchiga eng tejamkor harakat rejimini, eng qulay marshrutni va servis xizmatini tanlashga imkon yaratadi hamda yuqorida keltirilgan har xil texnik-iqtisodiy omillarning optimal o‘zgarishini ta’minlaydi. Texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasining joylashishidan va ulardan kerakli ehtiyot qismlar olishdan tortib, to valuta kursining o‘zgarishi va har xil yonilg‘i quyish shoxobchalaridagi yonilg‘ining narxi bo‘yicha ma’lumot olish imkonini beradi. Bunda ko‘p ma’lumotlar elektron pochta va internet orqali olinadi. Texnik diagnostikalash vositalariga quyidagi talablar qo‘yiladi: ularning universal bo‘lishi, har turdagi transport vositasiga qo‘llash mumkinligi; ayrim nazorat jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish mumkinligi; olingan axborotlarning ishonchliligi va barqarorligi, diagnostik asboblarning aniqliligi, sezuvchanligi, soddaligi va o‘rta malakali ishchi kuchidan foydalanish mumkinligi; texnik diagnostikalash ishini olib borishning qulayligi va xavfsizligi; transport vositasi ishlayotganda, ishlamay turganda yoki ishlash rejimi o‘zgarganda agregatlar texnik holatini diagnostikalashni ta’minlashi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling