Stendda sinash. Tormoz xususiyatlarining nazorati ko‘proq stend sinovlari
uslubi bilan olib boriladi, chunki yo‘l sinovlarining ish hajmlari ko‘proq va katta
sathdagi maydonlarni talab etadi.
Ishchi, zaxira va bekat (to‘xtagandagi) tormoz tizimlari, tormozlanish
samaradorligi parametrlari bo‘yicha stend sharoitida tekshirilganda, solishtirma
tormoz kuchining umumiy qiymati aniqlanadi. Pnevmatik yuritmali ishchi tormoz
tizimi tormozlanish samaradorligi parametrlari bo‘yicha tekshirilganda tormoz
tizimining ishlab ketish vaqti yoki tormoz yuritmasining ishlab ketish vaqti
aniqlanadi.
6.4 Rul boshqaruvini diagnostikalash
Rul boshqarmasi transport vositasining harakat xavfsizligini ta’minlovchi
tizimlardan biridir. Shuning uchun uning texnik holatini diagnostikalash kundalik,
birinchi va ikkinchi texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarida o‘tkaziladi.
Rul boshqarmasi bo‘yicha vujudga keladigan ayrim buzilish va
nosozliklarga mos diagnostik tashqi belgilar va parametrlar 11-jadvalda keltirilgan.
11-jadval
Rul boshqarmasi bo‘yicha ayrim diagnostik ko‘rsatkichlar
T/r
Buzilish va nosozliklar
Tashqi belgilar
Diagnostik
parametrlar
1.
Rul chambaragi erkin
yo‘lining oshishi (chervyak-
vtulka juftligining yeyilishi)
Rul chambaragi luftining
oshishi
Luft
2.
Rul chambaragining qiyin
aylanishi
Rul chambaragining qiyin
aylanishi
Aylantirish
kuchi
3.
Rul kolonkasining
ko‘ndalang siljishi
(podshipniklarning yeyilishi)
Rul kolonkasining diagnost
o‘q bo‘yicha siljishi
(podshipniklarning yeyilishi)
Tirqish
Rul chambaragidagi luft qiymatlari quyidagicha me’yorlanadi: yengil
avtomobillar uchun 10
0
gacha, avtobuslar uchun 20
0
gacha va yuk avtomobillari
uchun 25
0
gacha.
Rul chambaragi bir maromda va siltanmasdan burilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |