Mavzu: Diagnostikaning umumiy jarayonlari va texnik diagnostika vositalariga qo'yilgan talablar. Avtotransport vositalari harakat xavfsizligini ta'minlovchi


Harakat havfsizligini ta’minlovchi uzellarni nazorat qilish uchun


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana16.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1488591
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
6.1 Harakat havfsizligini ta’minlovchi uzellarni nazorat qilish uchun 
me’yoriy negizi 
Ekspluatatsiyadagi transport vositalari texnik holatiga harakat xavfsizligi 
bo‘yicha qo‘yiladigan me’yoriy talablar GOSТ 25478-91 va O‘z DSt 1057 : 
2004 larda keltirilgan. Undan tashqari YeEK OON (BMТning Yevropa iqtisodiy 
komissiyasi) qoidasi, “Yevro” qoidasi, ISO standartlari kabi xalqaro miqyosdagi 
me’yorlar ham mavjud. 
Avtotransport vositasi tizim, birikma va elementlarining texnik holatiga 
qo‘yiladigan xavfsizlik talablari O‘zDSt1057:2004 standarti bo‘yicha quyidagilar: 
– avtotransport vositasini ishlab chiqaruvchi korxona yoki shunga vakolatli 
tashkilotning roziligisiz, rul va tormoz boshqarmasini hamda boshqa tarkibiy 
qismlari konstruksiyasini o‘zgartirish, o‘rnatilgan elementlarini olib tashlash yoki 
mo‘ljallanmaganlarini o‘rnatish man etiladi; 
– tormoz va rul boshqarmasida hamda boshqa qismlarida ishlatiladigan ishchi 
suyuqliklar texnik va me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga mos kelmaydigan yoki 
shunga vakolatli tashkilotning roziligisiz, o‘xshash suyuqlik va detallarga 
almashtirish ruxsat etilmaydi; 
– tormoz boshqarmasida to‘xtash davomida avtotransport vositasini to‘xtash 
samaradorligi va turg‘unligi bo‘yicha me’yoriy talablarni ta’minlashi zarur; 
– rul chambaragining gardishida siniqlar, darzlar va boshqa nuqsonlar bo‘lishi 
ruxsat etilmaydi; 
– tashqi yorug‘lik asbolarini ishlab-chiqaruvchi mo‘ljallagan o‘rnatish joyini 
o‘zgartirish mumkin emas; 


12 
– o‘q balkalarida darzlar, ularning katta deformatsiyasi hamda noto‘g‘ri 
ta’mirlangan nuqsonlar bo‘lishi ruxsat etilmaydi va boshqalar. 
6.2 Tormoz tizimini diagnostikalash
Statistik ma’lumotlarga qaraganda texnik sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladigan 
falokatlarning 40–45 foizi transport vositalari 
tormoz tizimining nosozliklari natijasida kelib 
chiqar ekan.
Tormozlanishning 
samaradorligi 
tormoz 
tizimining transport vositasi harakatiga sun’iy 
qarshilik 
ko‘rsatish 
qobiliyatini 
tavsiflaydi. 
Transport 
vositasi 
turg‘unligi 
esa 
uning 
tormozlanish jarayonida me’yoriy yo‘lak (koridor) 
chegaralarida (

) qolish qobiliyatini tavsiflaydi 
(6.1-rasm). 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling