Mavzu: Diagnostikaning umumiy jarayonlari va texnik diagnostika vositalariga qo'yilgan talablar. Avtotransport vositalari harakat xavfsizligini ta'minlovchi


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana16.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1488591
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Inersiya turidagi tormoz stendi. Bu stend ikki juft barabanlar, zanjir 
uzatmalari, 55–90 kVt li elektr dvigateli, reduktor, inersion maxoviklardan iborat 
(6.3-rasm). 
6.3-rasm. Barabanli inersion tormoz stendining shartli tasviri: 
1-inersion maxovik; 2-baraban; 3-zanjirli uzatma; 4-elektr magnitli ilashuv; 
5-reduktor; 6-elektr dvigateli. 
Bu stendda tormoz samaradorligini tekshirishning fizik mohiyati 
quyidagicha: agar haqiqiy yo‘lda tormoz mexanizmi yordamida to‘g‘ri 
harakatlanayotgan transport vositasining diagnoz energiyasi so‘ndirilsa, stend 
sharoitida esa transport vositasi qo‘zg‘almas bo‘lib, tormoz ta’siri ostida maxovik 
massasi va barabanlar aylanishining energiyasi so‘ndiriladi. Haqiqiy yo‘l 
sharoitlarini sun’iy ta’minlash uchun maxovik massasi shunday tanlanishi kerakki, 
uning va barabanlarning inersiya momenti transport vositasi yurgandagiga 
o‘xshash diagnoz energiya bilan ta’minlansin. 
Diagnostikalash texnologiyasi: stendga transport vositasi o‘rnatilganidan 
so‘ng g‘ildirak tezligi 50–70 km

soatga yetkaziladi va birdan tormozlanadi
stenddagi hamma muftalar uziladi. Bunda g‘ildirak bilan barabanlar o‘rtasida 
tormoz kuchlariga qarshi inersiya kuchi paydo bo‘lib, biroz vaqtdan keyin 
barabanlar va g‘ildiraklar aylanishdan to‘xtaydi. Tormozlanish yo‘li barabanlar 
aylanishi soni yoki ularning aylanish davomiyligi bo‘yicha, sekinlashish esa 
burchak deselerometri bilan o‘lchanadi. 
Deselerometr – sekinlashishni o‘lchash asbobi. Asbobning ishlash prinstipi 
undagi ko‘chma inersiya massasining korpusga nisbatan siljishini qayd etishga 
asoslangan. Bu siljish inersiya kuchi ta’siri ostida ro‘y beradi va transport vositasi 
sekinlanishiga proporsionaldir. 
Inersion tormoz stendining afzalliklari: yuqori darajadagi aniqlik; transport 
vositalarining tormoz tizimini umumiy baholashga qulay. Kamchiliklari: ko‘p 
energiya sarf qiladi, katta metal hajmli. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling