Mavzu: Diagnostikaning umumiy jarayonlari va texnik diagnostika vositalariga qo'yilgan talablar. Avtotransport vositalari harakat xavfsizligini ta'minlovchi


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana16.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1488591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Issiqlik ajralishining jadalligi. Issiqlik usullarini qo‘llab o‘tkaziladigan 
diagnostikalashda qizitish harorati, uni o‘lchash tezligi parametrlari, ajralgan 
issiqlik miqdori tahlil etiladi. Issiqlik usullaridan sovitish tizimi, uzatmalarni 
o‘zgartirish qutisi, orqa ko‘prik reduktori, g‘ildiraklar gupchagi podshipniklarining 
texnik holatini aniqlash uchun foydalaniladi. 

Tebranish jarayonlarining ko‘rsatkichlari (elektr zanjirlaridagi 
kuchlanishning o‘zgarishi, tebranish darajasi, quvur o‘tkazgichlarida bosimning 
o‘zgarib turishi va h.k.). Vibroakustik usullar tovush signali yoki titrashlardan 
diagnostik parametr sifatida foydalanishga asoslanadi. Titrash manbayi mexanik 
sabablar hisoblanadi: aylanuvchi qismlar muvozanatining yo‘qolishi – disbalans 



(masalan, nasoslarning ishchi va tishli g‘ildiraklari, podshipniklar va h.k.), 
tutashmalarning bo‘shashib ketishi hamda gidrodinamik kelib chiqish sabablari – 
bosimning o‘zgarib turishi, suyuqlik kavitatsiyasi va boshqalar. Diagnoz qo‘yish 
uchun tebranish jarayonlarining amplituda-chastota xarakteristikalari tahlil etiladi. 
Bu usullar silindr-porshen guruhi, gaz taqsimlash mexanizmi, yonilg‘i 
apparaturasini diagnostikalash va shovqinning umumiy darajasini aniqlashda 
qo‘llaniladi. Shovqinning umumiy darajasi transport vositalarining turli toifalari 
bo‘yicha ularning me’yoriy qiymatlari bilan xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 
taqqoslanadi. Bu usulning qo‘llanilishi diagnostikalanadigan uzellarni bo‘laklarga 
ajratishni talab qilmaydi va vujudga kelgan nosozlikni aniqlash yoki uning vujudga 
kelishini oldindan aytib berish imkonini beradi. 

Ishlatilgan ekspluatatsion materiallarning fizik-kimyoviy tarkibi. Moy 
tarkibi bo‘yicha diagnostikalash usulidan dvigatel va transmissiya detallari yeyilish 
jadalligi, filtrlash tizimining sozligini aniqlashda foydalaniladi. Parametrlar moy 
namunalarini tahlil etishda va moydagi yeyilganlik mahsulotlarini aniqlashda 
o‘lchanadi. Moy namunasi tahlili bo‘yicha ko‘p miqdorli tuzilmaviy 
parametrlarning o‘zgarishi yeyilganlik mahsulotlari to‘yinganligining o‘sishi, 
ma’lum yo‘l yurilganidan keyin sodir bo‘ladigan falokatdan darak beradi. 
Birinchi usul bo‘yicha transport vositasining umumiy ishlash qobiliyati va 
ekspluatatsion xususiyatlari baholansa, ikkinchi va uchinchi usullar orqali 
nosozliklarning kelib chiqish sabablari aniqlanadi. Shuning uchun transport 
vositalari bo‘yicha, birinchi navbatda, umumiy diagnostika o‘tkaziladi, undan 
keyin ularning texnik holati aniqlanadi. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling