Mavzu: Ekologiya faning predmeti, maqsadi va vazifalari. Asosiy tushunchalar


Ekologiyaning bwlimlari. Odum bwyicha biospektr


Download 181 Kb.
bet3/6
Sana05.11.2023
Hajmi181 Kb.
#1749277
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maruza 1

Ekologiyaning bwlimlari. Odum bwyicha biospektr. Populyatsiyalar, turlar, biotsenoz, biogeotsenoz, biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai h’isoblanadi. Shuning uchun h’am ekologiya 4 ta bwlimga bwlib wrganiladi:
Autekologiya - «autos» - yunoncha swz bwlib «wzi» degan manoni beradi. Autekologiya – ayrim turlarning wzlari yashab turgan muh’it bilan wzaro munosabatlarini, ularning qanday muh’itga kwproq va uzviy moslashganini wrganadi.
Populyatsiyalar ekologiyasi - «populyason» - frantsuzcha swz bwlib, «ah’oli» degan manoni
beradi. Populyatsiyalar tuzilmasi, dinamikasi, malum sharoitlarda turli organizmlar sonining
wzgarish sabablarini tekshiradi.
Sinekologiya - «sin» degani yunoncha swz bwlib, «birgalikda» degan manoni beradi.
Sinekologiya - biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim wsimlik va h’ayvon turlarining wzaro aloqalarini h’amda ularning tashqi muh’it bilan bwladigan munosabatlarini wrganadi.
Ekotizimlarni tadqiq qilishning rivojlanishi Ekologiyaning yangi bir bwlimini, yani biosfera (yunoncha «bios»-h’ayot; «sfera» - shar) h’aqidagi talimotni vujudga keltirdi. Bu talimot asoschisi V.İ.Vernadskiy h’isoblanadi. (1863 – 1945 yy). Organizmlar tarqalgan kobiq -biosferadir.
Hozirgi zamon ekologiyasining mazmunini quyidagi biologik spektr tuzilishida yozsa bwladi. (Yu.Odum, 1986).
Gen —> h’ujayra —* twqima —> organ —* [organizm —» populyatsiya —>• jamoa —> + abiotik muh’it = Ekotizim].
Organizmlarni wrab turuvchi va u bilan doimiy munosabatda bwladigan tabiatning bir qismi - xayot muh’iti deb ataladi. Er yuzida organizmlar 4 ta h’ayot muxitida tarkalganlar. Bular - suv, h’avo, tuproq, organizmning wzi.
Hayot muh’itining organizmlarning yashash faoliyatiga tasir kwrsatadigan elementlari yoki xususiyatlari - muh’it omillari yoki ekologii omillar deb ataladi.
Ekologik omillar jonsiz (abiotik), biotik - jonli tabiat omillari va inson (antropogen) omillar guruxiga ajratiladi. Ekologik omillar aloxida mavzuda qarab chikiladi.
Ekologik omillar barcha organizmlar va insonning h’ayotiga turli darajada tasir qiladi. (Organizmlarning ekologik omillar tasiriga moslashishi yoki tashki muh’it sharoitlariga moslashuvi - adaptatsiya deyiladi. Ekologik omillar tasiriga chidamli va er yuzida keng tarqalgan organizmlar - zvribiontlar: omillar tasiriga chidamsiz va tarqalish doirasi tor organizmlarga esa - stenobiontlar deb ataladi. «Evros» - keng, «stenos» - tor degan manoni beradi.
Biz yuqorida populyatsiya xaqida gapirdik. Tabiatda faqat populyatsiyalar wzini son jixatdan boshqara oladilar.
Tug’ilish va wlish orasidagi muvofiqlik populyatsiya sonining boshqarilishi deyiladi. Populyatsiyadagi organizmlar soni omillar tasirida wzgarib turadi. Uning sonining kamayishiga - wlimning kwpayishi va h’osildorlikning kamayishi tasir kiladi.
Boshkarishning yana bir shakli - populyatsiyada zichlikning oshishi bilan kuzatiladi. Zichlik meyordan kwpayib ketsa, ovqat etishmasa populyatsiyada wz - wzini boshqarish va shu orqali populyatsiyalarni boshqarish rwy beradi. Masalan: Baliq, kalamushlarda populyatsiya zichligi malum darajaga etganda, ularning serpushtligi pasayib ketadi. Bu ovqat etishmasligi natijasida bwladi. Gormonal wzgarishlar kuzatiladi (bola tug’ish kamayadi) bu esa jinsiy xulq - atvoriga tasir qiladi va naslsizlikga olib keladi, bola tashlashga, ota - ona tomonidan bolalarning eyilishiga, bosqinchilik oshishiga olib keladi.
Populyatsiya zichligi oshishi bilan h’ayvonlarning tuxum qwyishi kamayadi, wsimliklarda urug’ h’osil bulishi pasayadi. Joy etishmasligi bilan migratsiya boshlanadi. Bir xil populyatsiyalar tug’ilish orqali boshqarilsa, boshqalari wlish orqali boshqariladi. Demak, populyatsiya -boshqarish vositasi h’isoblanadi. Populyatsiyaning son jih’atdan bir meyorda saqlanib turilishi – gomeostaz deyiladi, yunoncha «gomeo» - wxshash, statis - h’olat demakdir. Ekologiyada asosiy tushunchalardan biri ekologik tizim tushunchasidir. Tirik organizmlar jamoasi va ularning yashash muh’itini wz ichiga oladigan funktsional tizim ekologik tizim deyiladi.
Tabiiy va suniy ekotizimlar mavjuddir. Shah’ar, akvarium, tuvakdagi gul, kosmik kema suniy ekotizimlarga misol bwla oladi. Agar tashqi tasir natijasida muvozanat buzilsa, ekotizim wz - wzini tiklashi mumkin. İnsonlarning tabiatga tasiri ekotizimlarning wz - wzini tiklash imkoniyatlaridan oshmasligi kerak.
Ekotizimdagi organizmlarning aloh’ida twplami biotsenoz deb ataladi. Biotsenoz - lotincha «bios» - h’ayot, «tsenoz» - umumiy degan manoni anglatadi. Demak, muayyan sharoitda kuruklikdagi yoki suv h’avzalaridagi birga yashaydigan wsimlik, h’ayvon, zamburug’, mikroorganizmlarning yig’iidisi tushuniladi. Bu atama 1877 yili nemis biologi K. Mebius tomonidan fanga kiritilgan.
Biotop - biotsenozning yashash muh’itidir yoki aytishimiz mumkin: biotsenoz egallab turgan muh’it - biotopdir. Bu lotincha swz bwlib «bios» - xaet, «topos» - yashash joyi demakdir.
Biotsenoz va biotop birgalikda biogeotsenozni tashkil etadi.
Biogeotsenoz - «bios» - xayot; «geo» - er; «tsenoz» - umumiy tushunchasini rus botanik olimi, akademik V.N.Sukachev taklif etgan. Muayyan tuproq sharoitida wsimliklar, h’ayvonlar, zamburug’lar va ayrim sodda h’ayvonlardan tashkil topgan mikroorganizmlarning birgalikda yashashi biogeotsenozdir.
Kwpincha ekotizim va biogeotsenoz tushunchalari bir - birining sinonimi sifatida qwllaniladi va deyarli bir xil manoni bildiradi, ammo bazi bir tomonlari bilan ular farklanadilar.

Biogeotsenoz

  1. Tabiiy xodisa h’isoblanadi.

  2. Malum tabiiy chegaraga ega bwlgan
    fazoviy birlik

  3. Uning tarkibiga odam kirmaydi.




Ekotizim
Tabiiy yoki suniy h’odisa bwlishi mumkin.
Yirik ekotizimlar odatda odam tasirida bwladi
Funktsional birlik bwlgani uchun qushni
ekotizimlardan ajralib turishi shart emas.
Ekotizimdagi organizmlar oziqa zanjiri orqali wzaro bog’langan. Oziqa zanjiri evolyutsiya jarayonida tashkil topgan.
Tabiatda xayot uchun zarur bwlgan moddalar twxtovsiz ravishda aylanib turadi. Avtotrof organizmlar atrof muh’itdan kimyoviy moddalarni wzlashtiradi, bu moddalar geterotroflar orqali qaytadan atrof muh’itga qaytadi. Bu jarayon juda murakkab shakllarda boradi. Oziqa zanjirida birinchi bwg’indan keyingilarga qarab biomassa kamayib boradi. «Wsimlik - h’ashorat -baqa - ilon - kalxat» mana shu oziqa zanjirida birinchi bwg’indan keyingilariga qarab biomassa kamayib boradi. Oziqa zanjiri murakkab va kwp bwg’inli bwladi. Bunda albatta yashil wsimliklar (xosil qiluvchilar) produtsentlar; h’ayvonlar (organik moldalarni istemol qiluvchilar) konsumentlar; bakteriyalar (organik qoldiklarni parchalovchilar) redutsentlar ishtirok etadilar.
Agar ozuqa zanjirining boshlanishi sifatida yashil wsimlik xisoblansa bu sarflanish zanjiri deyilali. Masalan: wsimlik - kiyik - bwri istemol qilganda.
Agarda ozuqa zanjiri wsimlik qoldiqlari, h’ayvon jasadi yoki chiqindilaridan boshlansa, bunga detrid, yani parchalanish zanjiri deyiladi. Masalan: h’ayvon jasadi - pashsha - baqa - ilon. Shunday qilib, uzoq evolyutsiya jarayonida bir - biriga bog’liq turlardan barqaror oziqa zanjirlar paydo bwladi, bular boshlang’ich ozuqa moddalardan energiya va moddalarni birin-ketin olib tabiatda moddalarning doimiy xarakatini taminlaydi. Organizmlar quyosh energiyasini kimyoviy, mexanik va issiklik energiyalariga aylantiradi. Bunda boradigan barcha wzgarishlar energiyani ywqotish bilan bog’liq bwlib, u pirovardida issiqlikga aylanib tarqalib ketadi.

Download 181 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling