Mavzu: eksportni tahlili qilish hamda prognoz qilish


Download 185 Kb.
bet1/9
Sana29.03.2023
Hajmi185 Kb.
#1308589
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
EKSPORT TAHLILI


Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining Sirtqi bo'limi mek61 - guruh talabasi


Radjapov Yodgor Yusufboyevichning
KURS ISHI

MAVZU: EKSPORTNI TAHLILI QILISH HAMDA PROGNOZ QILISH



MUNDARIJA:

Kirish _____________________________________________________2
I bob. Eksport tushunchasi va uning mazmun-mohiyati _______________8
1.1 Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport, savdo balansi ______8
1.2 Eksportni tahlil qilish va uning mazmuni ______________________14
II bob. Eksportni tahlil qilishda muammolar ____________________21
2.1 Eksportni tahlil qilish strategiyalari ___________________________26
2.2 Eksportni tahlil qilish prognozlari ____________________________29
Xulosa ____________________________________________________32
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ____________________________33
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Ilgari mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi mamlakatning ishlab chiqarish va savdo tuzilmasining ixtisoslashuvi yoki tahlilsiga bog’liq edi. Adam Smitning mehnat taqsimoti va iqtisodiy o’sish va rivojlanish bo’yicha ixtisoslashuv konsepsiyasiga asoslanib, Hekksher-Ohlin Samuelson(HOS) xalqaro savdo modeliga ko’ra, mamlakatlar solishtirma ustunlikka ega bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo’lishi kerak. Biroq, Ikkinchi Jahon Urushidan so’ng, iqtisodiy o’sish va rivojlanganishga exportni tahlil qilish orqali erishish mumkin, degan fikr bor edi. Hukumat sanoatlashtirish va iqtisodiy o’sishga ko’maklashish uchun faol harakatlarni amalga oshirdi. Eksportni tahlil qilish ko’pgina rivojlangan mamlakatlarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Shuningdek, u butun jahonda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ba’zi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti nisbatan kichik mahsulot turlariga, umumiy qilib aytganda, qilshloq xo’jaligi tovarlariga bog’liq, ya’ni ushbu mahsulotlar umumiy eksport daromadining katta foizini tashkil qiladi. Ba’zi iqtisodchilar, hatto, uzoq muddatli istiqbolda, asosiy mahsulot narxlari ishlab chiqariladigan mahsulotlarga nisbatan pasayish tendensiyasi mavjudligini taxmin qilishgan. Tovarga bog’liq bo’lgan yoki eksport savati tor bo’lgan mamlakatlar, odatda, global talabning beqarorligi va eksport beqarorligiga duch keladilar. Bu natijada investitsiyalar va bandlik nuqtai nazaridan eng kam rivojlangan mamlakatlarning makroiqtisodiyotiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shunday qilib, eksportni tahlil qilish bu- cheklovlarni yengillashtirishning bir usuli hisoblanadi. Shuningdek, eksport tahlilsi “an’anaviy” dan “noan’anaviy” ga o’tishni anglatadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar o’z eksportini tahlil qilishlari zarur, chunki eksportning beqarorligini yengishga yordam beradi. Eksport portfelini tahlil qilish iqtisodiy o’sishni kuchaytirishi va tezlashtirishi mumkin. Eksportning beqarorligi tavakkalchilikka moyil bo’lmagan firmalarning iqtisodiyotga kiritadigan zarur sarmoyalarini to’xtatishi, makroiqtisodiy noaniqlikni oshirishi va uzoq muddatli iqtisodiy o’sishga zarar yetkazishi mumkin.
Shunday qilib, eksportni tahlil qilish uzoq muddatda eksport daromadlarini barqarorlashtirishga yordam berishi mumkin. Ayrim mamlakatlarning eksportni tahlil qilish darajasi pastligining asosiy muammosi shundaki, ularning eksport salohiyati kam sonli tovarlar eksportiga o’ta bog’liq, misol uchun Kiribati, Samoa, Tuvalu va Marshall orollari.
Resurslarga boy mamlakatlarda siyosatchilar uchun, resurslarni boshqarishning eng asosiy vazifasi, o’z resurslarini o’z fuqarolarini farovonligini ta’minlash uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan jismoniy va insoniy kapitalga aylantirishdir. Iqtisodiyotni tahlillashning eng yaxshi o’lchovi bu iqtisodiyotning resursga bog’liq bo’lmagan qismidagi o’sishni aniqlovchi o’lchovdir. Kanada va Kongo misollarini ko’rib chiqadigan bo’lsak, Jahon Banki ma’lumotlariga ko’ra, bu ikki mamlakatning tabiiy resurslar jamg’armasi darajasi bir xil. 2014 yilga nisbatan aholi jon boshiga 1200 AQSH dollari atrofida to’g’ri kelgan. Kanadadagi aholi jon boshiga YaIM esa respublikaga qaraganda 8 barobar yuqori. Ikkala mamlakat ham yuqori darajada resurslarga bog’liq mamlakat sifatida ish boshlagan bo’lsada, Kanada tabiiy resurslardan ajralib chiqib, resursga bog’liq bo’lmagan yuqori mahsuldor sektorni rivojlantirishga Kongo Respublikasi qila olmagan sharoitda, qanday erishgan degan savol tug’iladi.
Afsuski, hozirgi tadqiqotlar birinchi navbatda tabiiy resurslarning aholi jon boshiga ta'sirini YaIM kabi umumiy natijalar bilan ko’rsatishga bog'liq. Buning ajablanarli joyi yo’q, chunki Gollandiya kasalligi deb nomlangan nazariy tadqiqotlar va kashfiyotlar natijasida xom ashyo narxining ko’tarilishi va valyuta kursining oshishi hisobiga resurslar savdosi noaniq sektorlarni siqib chiqaradi degan xulosaga kelindi. Empirik ma’noda, resurslar va noan’anaviy sektorlarni ajrata olmaslik ham soxta xulosaga olib kelishi mumkin, chunki resurslar va yalpi ichki mahsulot o’rtasidagi salbiy bog’liqlik manba sektorining past ishlashini aks ettirishi mumkin. Amaliyot nuqtai nazaridan, resurslarga boy mamlakatlarda tahlil qilish omillarini tizimli tadqiq etishning kamligi siyosatni ishlab chiqish uchun ilmiy topilmalarning ahamiyatini cheklab qo'ydi. Resurslarga qaramlikni kamaytirish zarurati keng targ’ib qilinayotgan bo'lsada, bunga erishish vositalari unchalik aniq ifodalanmagan.
Hozirgi jahon rivojining xususiyatli belgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, avvalo, tashqi savdoning tez o’sishi hisoblanadi. Tashqi savdo xalqaro hamkorlikning ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va boshqa shakllari (kadrlarni tayyorlash, turizm va hokazo) bilan bir qatordagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim shakli hisoblanadi. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmuyi xalqaro savdoni tashkil qiladi.
Shu sababli bir qator rivojlanayotgan mamlakatlar jahon xo’jaligida egallagan o’rinni yanada yaxshilashga, jahon savdosi, xalqaro mehnat taqsimotidagi o’z ixtisoslashuvini oʻzgartirish va maqbullashtirish maqsadida iqtisodiyotni tarmoq yoki hududiy jihatdan tahlillash va mustahkamlashga intilmoqdalar.
O’zbekiston milliy iqtisodiyotini tahlil qilish orqali uni rivojlantirish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, bugungi kunda mamlakatda ishlab chiqarishni modernizatsiya va tahlil qilish borasida bir qator innovatsion yangilanishlar va istiqbol yillarida uni yanada rivojlantirish maqsadida yangi dasturlar qabul qilinmoqda. Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyevning 2017-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan ma’ruzasida milliy iqtisodiyotda tahlil strategiyasining o’rni yuqoriligini ta’kidlab o’tgan edi: “Barchamiz yaxshi anglab olishimiz zarurki, ishlab chiqarishni tahlil qilmasdan turib, tashqi bozorlarga chiqish va mahsulotlarimizni sotish borasidagi eksport dasturini amalga oshirish, valyuta daromadlari tushumini ta’minlash, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni va ish o’rinlarini tashkil etish, pirovard natijada o’z oldimizga qo’ygan yuksak maqsadlarimizga erishish haqida so’z yuritish mumkin emas1.”
Umuman olganda, iqtisodiy o’sishning istiqbolli innovatsion yo’nalishlaridan milliy eksportni tahlil qilishda foydalanish, mavjud ichki imkoniyatlarni aniqlash hamda ilg’or xorij mamlakatlari tajribasini o’rganish bilan birga milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirish yo’lida ulardan foydalanish yana bir dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Davlatimiz rahbari bu masalalarga alohida e’tibor qaratib, doimiy muhokama qilib bormoqda. Ushbu sohalarga doir hujjatlar qabul qilinib, zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-dekabrdagi ‘’ Eksportga ko’maklashish va uni rag’batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida’’ gi qaroriga muvofiq, Eksportni qo’llab-quvvatlash milliy tizimi yaratildi. Investitsiyalar va Tashqi Savdo vazirligi huzurida Eksportni rag’batlantirish agentligi tashkil etildi. Shuningdek, 205 nomdagi tovarlarni eksport qilishda transport xarajatlarining 50 foizini qoplab berish yo’lga qo’yildi. Bunday real, amaliy chora-tadbirlar albatta o’z natijasini bermoqda. Eksport bilan shug’ullanadigan sub’ektlar safiga 2 mingta yangi korxona qo’shildi, eksport geografiyasi 42 ta davlatga kengaydi, 59 turdagi mahsulot birinchi marta eksportga yo’naltirildi.2

Download 185 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling