Barcha nazariy materiallar (kurs/ma‟ruzalar matni) bo„lim, paragraf va
mavzulardan tarkib topadi. Har bir bo„lim, mavzu va paragrafni o„qituvchi
alohida
fayllarga joylashtiradi. EO„MM matni alohida fayllarga nomlarini yozgan holda tegishli
mazmun va tarkib asosida joylashtiriladi.
Matnli fayllar mazmun-mundarijasiga ko„ra lotin harflari yoki raqamlar asosida
raqamlanadi. Masalan: kirish, mavzu 1.1 (birinchi modulning birinchi mavzusi), mavzu
2.1 (ikkinchi modulning birinchi mavzusi), xulosa va boshqalar.
Mazkur
tavsiyanomadan ko„zda tutilgan asosiy maqsad katta hajmdagi matnlardan zarur
ma'lumotlarni topish bilan bog„liq muammolarni hal qilishdan iborat.
SHuningdek, alohida fayllarda muallif-o„qituvchi mashg„ulotlar
uchun zarur
bo„lgan turli jadvallar,
adabiyotlar, glossariylar, mualliflar to„g„risidagi
axborotlarni
joylashtirish imkoniga ega bo„ladi.
Fayllar MS Word, Power Point va boshqa dasturlardan foydalangan holda amalga
oshiriladi.