Мавзу: ЭҲтиёт чоралари


“Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” fani predmeti va umumiy tavsifi


Download 108.15 Kb.
bet3/11
Sana24.03.2023
Hajmi108.15 Kb.
#1290233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Хalqaro huquq referat

1. “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” fani predmeti va umumiy tavsifi:
Fan yoki o‘quv fani predmeti deganda o‘rganish mumkin bo‘lgan, bilish jarayoni chegaralarini bildiradigan va mazkur fan sohasining mazmunini tashkil etadigan faktlar va hodisalarning tor doirasiga ishora etishni bildiradi. Ta’kidlash joizki, “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” o‘quv fani, masalan, konstitutsion huquq, jinoyat huquqi, fuqarolik huquqi va boshqalar kabi huquqiy soha emas. Bu maxsus o‘quv fani bo‘lib, huquqshunoslikni mustaqil sohalarining bir qator komponentlarini o‘zida mujassam etadi. O‘quv fani murakkab, kompleks va kombinatsiyalangan xususiyatga ega. Uning mazmuni, eng avvalo, huquqni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik, mintaqaviy va global miqyosda huquqni muhofaza qilish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar hamda mazkur faoliyatni amalga oshirishda ko‘maklalashish uchun jalb qilingan ayrim davlat organlari tushunchasi haqidagi ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bu ma‘lumotlar ichida huquqni muhofaza qilish faoliyati “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” fanining predmetiga Interpol, Yevropol, OLAF, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Mintaqaviy aksilterrortuzilmasi va boshqa tashkilotlarning maqsad, prinsip va tuzilishini belgilovchi huquqiy normalarni o’rganish, ularning o'ziga xos umumiy qonuniyatlarini aniqlash, hamda har bir tashkilotning tarixiy sharoitlar va boshqa sabablar asosida paydo bo'lishining o'ziga xosxususiyatlarini o’rganishdir. xususiyatlarini o'rganish kiradi. 15 haqida nafaqat umumiy tarzda, balki uning muayyan yo‘nalishlari va shakllari to‘g‘risida ham va tegishli tashkilotlar, ularning tuzilishi, ularning o‘zaro aloqasi va teng huquqlilik asosida tobeligi, vakolatlari va vazifalari, bir-biri va barcha davlatlar bilan hamkorligi haqida tushuncha beruvchi ma‘lumotlar muhim o‘rin egallaydi. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning vujudga kelish asoslari va vazifalarini o‘rganish uchun ko‘pgina me‘yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rganib chiqish lozim. Umuman olganda, odatda Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar tizimi tayanadigan huquqiy negizini ikkita asosdan kelib chiqqan holda tasniflanadi:
1) turkumlanadigan me‘yoriy hujjatlarning yuridik kuchidan qat‘iy nazar predmeti (mazmuni) bo‘yicha; 2) turkumlanadigan me‘yoriy hujjatlarning yuridik ahamiyati (kuchi) bo‘yicha. Xalqaro huquqning umume’tirof qilingan tamoyillar va me‘yorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining mazkur iyerarxiyadagi o‘rni ham muayyan e’tiborga sazovor. O‘zbekiston Respublikasining qator qonun hujjatlarini tahlil etish asosida bunday xulosaga kelish mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Qonunida xalqaro huquq me‘yorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborotnomasi, 1995 yil, 21-son, 262-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari O‘zbekiston Respublikasi tomonidan so‘zsiz va majburan bajariladi” deb e’tirof etiladi. Mazkur masala, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, jumladan, sudlar va boshqa huquqni muhofaza qilish organlarini tashkil qilish va faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha shartnomalari soni o‘sib borayotgan bir paytda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Eng avvalo, ular orasida 1966-yil
16-dekabrdagi “Fuqarolik va sisosiy huquqlar to‘g‘risida”gi Pakt3 va ushbu Paktga Fakultativ protokol4 , shuningdek, MDH doirasida “Fuqarolik, oila va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Konvensiya (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 6- maydagi Qarori bilan ratifikatsiya qilingan) ajralib turadi. Shunday qilib, “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” – bu maxsus huquq fani bo‘lib, uning doirasida huquqni muhofaza qilish faoliyatini amalga oshiradigan xalqaro tashkilotlarning me‘yoriyhuquqiy negizi, ularning tizimi, tuzilishi, organlari, asosiy vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari va milliy huquqni muhofaza qilish organlari va sudlar bilan hamkorlik qilish tartibi o‘rganiladi.

Download 108.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling