Мавзу: ЭҲтиёт чоралари


Download 108.15 Kb.
bet9/11
Sana24.03.2023
Hajmi108.15 Kb.
#1290233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Хalqaro huquq referat

Davlat mulki bo‘yicha huquqiy vorislik. 1983-yildagi Vena konvensiyasi faqatgina avvalgi davlatning davlat mulkiga taalluqlidir. Huquqiy vorislik rejimi jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga ta’sir etmaydi. «Avvalgi davlatning davlat mulki» deganda, «avvalgi davlatning ichki huquqiga binoan, huquqiy vorislik paytida unga tegishli hisoblangan mol-mulk, huquq va manfaatlar» tushuniladi (8-modda).
Davlat mulkining aniq obyektlari tarkibini ichki huquq tomonidan belgilaydi. Aksariyat hollarda, davlat mulkining negizi rasmiy maqsadlarda ishlatiladigan mol-mulk, davlat binolari, aloqa vositalari, muzeylar, harbiy bazalar va boshqalardan tashkil topadi.
Sotsialistik davlatlarda davlat mulki ko‘lami ancha keng bo‘lganini kuzatish mumkin. Butun iqtisodiyot, moliya va boshqalar amalda davlat mulki hisoblangan. Shu bois, huquqiy vorislik doirasi ham juda keng. Ukrainaning 1990-yildagi Mustaqillik to‘g‘risidagi deklaratsiyasida e’lon qilingan ediki, «Ukraina hududida tashkil topgan jami iqtisodiy va ilmiytexnikaviy salohiyat uning xalqiga tegishli mulk hisoblanadi». Shu yo‘l bilan SSSRning mulk huquqi haqidagi qonunlari bekor qilingan. Ukraina hududidan tashqaridagi mol-mulk umumittifoqqa mansub bo‘lib, umumiy mulk sifatida tan olingan. Belorussiya SSR yerni, uning boyliklarini, BSSR hududida joylashgan boshqa tabiiy zaxiralarni xalq mulki, deb e’lon qilgan. RSFSRning Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiyasida xalqning Rossiya milliy boyliklariga nisbatan huquqi xususida so‘z borgan.
Huquqiy vorislik masalalari davlatlar birlashishi holatida nisbatan oson hal etiladi. Birlashayotgan davlatlar mulki birlashgan davlat ixtiyoriga o‘tadi. Vaziyat nisbatan murakkab bo‘lgan holatlarda esa, Vena konvensiyasidagi o‘zaro bitim huquqiy vorislik muammosini hal etishning asosiy vositasi sifatida ko‘rsatiladi va bitim mavjud bo‘lmagan hollardagina uning o‘z qoidalari taklif etiladi.
Davlat hududiga tegishli qismning topshirilishida huquqiy vorislik obyekti sanalgan avvalgi davlatga qarashli ko‘chmas mulk voris davlat hisobiga o‘tadi. Xuddi shunday toifadagi avvalgi davlatga qarashli ko‘char mulk ham, agar u avvalgi davlatning topshirilayotgan hududga nisbatan faoliyatiga aloqador bo‘lgan bo‘lsa, voris davlat hisobiga o‘tadi (14-modda). Bunday ko‘char mulklar qatoriga temir yo‘llarning harakatdagi tarkiblari,samolyotlar, avtomobillar va topshirilayotgan hududga bog‘liq bo‘lgan boshqa transport vositalari kiradi. Tegishli qurol-yarog‘lar ham ana shu toifaga mansubdir.
Ushbu qoidalar quyidagi holatlarga nisbatan: hududning bir qismi ajralib chiqib, alohida davlatni tashkil etganida, shuningdek davlat bo‘linganida ham qo‘llanilishi mumkin. Bunda muammolar maxsus bitimlar orqali hal etiladi. Masalan, 1993-yilda SSSRning sobiq ittifoqdosh respublikalari o‘rtasida sobiq SSSR temir yo‘llar vazirligiga qarashli yuk vagonlari va konteynerlarning inventar parklarini o‘zaro taqsimlash hamda ulardan birgalikda foydalanish to‘g‘risida bitim imzolangan edi.
Davlat bo‘linishi hollarida avvalgi davlatning chet eldagi ko‘char va ko‘chmas mulkiga nisbatan huquqiy vorislik masalasi yuzaga keladi. Bunday mulk «adolatli ulushlarda» voris davlat hisobiga o‘tadi (18modda). Shuningdek, adolatli kompensatsiya imkoniyati ham nazarda tutiladi.
MDH mamlakatlari 1992-yilning mart oyida sobiq SSSR shartnomalari, davlat arxivlari, davlat mulki, qarzlari va aktivlariga nisbatan huquqiy vorislik bo‘yicha komissiya tuzgandi. 1992-yil iyulida sobiq SSSRning chet eldagi barcha mol-mulkini taqsimlash haqidagi bitim loyihasi ishlab chiqilgan va unda ana shu mulkning MDH davlatlaridan har biriga taqsimlanishi ko‘zda tutilgan foizlardagi ulushlar belgilangan edi. Keyinchalik mazkur masala yuzasidan MDH barcha mamlakatlari o‘rtasida yagona bir bitimga erishish mumkin emasligi oydinlashdi va Komissiya tarqatib yuborildi, SSSRning chet eldagi mulkiga nisbatan huquqiy vorislik masalasi esa hal etilmay qoldi.
Rossiyaning chet eldagi mulkini huquqiy jihatdan ta’minlash maqsadida Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 1993-yil 8-fevraldagi «Sobiq SSSRning chet eldagi davlat mulki to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, Rossiya SSSRning davomchi davlati sifatida sobiq SSSRning chet elda joylashgan ko‘chmas va ko‘char mulki yuzasidan barcha huquqlarni, shuningdek mazkur mulkdan foydalanish bilan bog‘liq barcha majburiyatlarning bajarilishini o‘z zimmasiga olishi belgilangan edi.
Bunday qarorga nisbatan munosabat ko‘p kuttirmadi. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi o‘z maqomini SSSR davomchisi sifatida belgilash borasidagi har qanday bir tomonlama qarorlar xalqaro huquq normalariga zid ekani va sobiq SSSR subyektlari hisoblangan boshqa davlatlar huquqlari buzilishiga sabab bo‘lishi haqida bayonot berdi.
Bularning barchasi shundan dalolat beradiki, bu boradagi eng to‘g‘ri yo‘l vorislik huquqi to‘g‘risida har bir holatning alohida o‘ziga xos jihatlarini hisobga olish imkonini beradigan ikki tomonlama bitimlar tuzilishidir. Bunday bitimlarning ahamiyati Vorislik to‘g‘risidagi Vena konvensiyasida alohida ta’kidlangan.
Davlat arxivlari bo‘yicha huquqiy vorislik.
Arxivlar nafaqat ilmiy va madaniy bebaho xazina, ayni chog‘da, ular davlatning tashkil topishi va gullab-yashnashida ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Zero, davlat kecha, bugun va ertaning birlashgan ko‘rinishidir. Shu jihatdan 1983-yildagi Vena konvensiyasining alohida qismi arxivlarga bag‘ishlangan.
«Avvalgi davlatning davlat arxivlari» huquqiy vorislik predmeti sanaladi. Bu tushuncha avvalgi davlat ishlab chiqargan yoki sotib olgan va ichki huquq bo‘yicha unga mansub hisoblangan va uning tomonidan saqlanayotgan har qanday tarixga ega bo‘lgan hujjatlar jamlanmasini anglatadi. Umumiy qoidaga ko‘ra arxivlarning topshirilishida kompensatsiya ko‘zda tutilmaydi (23-modda).


Download 108.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling