Мавзу: ЭҲтиёт чоралари


Download 108.15 Kb.
bet10/11
Sana24.03.2023
Hajmi108.15 Kb.
#1290233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Хalqaro huquq referat

G L O S S A R I Y
Agressiya (lot. aggressio – hujum) – umume‘tirof etilgan prinsiplar va xalqaro huquq normalariga binoan tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyat hisoblanadi. BMT Bosh Assambleyasining 1974-yil 14- dekabrda qabul qilingan “Agressiya tushunchasi” to‘g‘risidagi rezolyutsiyasining 1-moddasida belgilangan xatti-harakatlar agressiya hisoblanadi.
Aparteid – insoniyatga qarshi yo‘naltirilgan xalqaro jinoyat bo‘lib davlat aholising irqiy belgilari bo‘yicha ajratishga yo‘naltirilgan irqiy siyosat.
Biotsid (hayotdan mahrum etish) – insoniyatga qarshi qaratilgan xalqaro jinoyat. Barcha tirik jonzotlarga qarshi qaratilgan, harbiy nizoda dushman ustidan g‘alaba qozonish maqsadida qasddan ommaviy qirg‘in qurollarini ishlatishni bildiradi.
BMT Xavfsizlik Kengashi – BMTning eng muhim organi bo‘lib,
15 a’zodan iborat, uning eng asosiy vazifasi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta‘minlashi lozim. Ushbu a’zolarning beshtasi (AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya, Fransiya va Xitoy) doimiy, qolgan o‘ntasi nodoimiy bo‘lib, ular Nizomda asosan ikki yillik muddatga saylandilar. Birlashgan Milllatlar Tashkiloti (BMT) – tinchlikni, xavfsizlikni va xalqaro hamkorlikni ta‘minlash bo‘yicha universal xalqaro tashkilot. 1945-yil antigitlerchilar koalitsiyasi (SSSR, AQSh, Xitoy, Angliya va Fransiya) tomonidan tashkil qilingan. 2015-yilga kelib BMT a‘zolari soni 193 ta yetdi. 8 BMT bosh organlari: BMT Bosh Assambleyasi, BMT Xavfsizlik Kengashi, BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi, Vasiylik Kengashi, BMT Xalqaro sudi va BMT Kotibyati.
Genotsid – xalqaro jinoyat bo‘lib, biror-bir milliy, etnik, irqiy yoki diniy guruhni qirib tashlash, Shu guruh a‘zolarini o‘ldirish, ularga og‘ir tan jarohati yetkazish yoki butunlay qirib tashlash.
Davlat suverenitet (fransuz. souverainete – oliy hokimiyat) – davlat hokimiyatining davlat ichidagi ustunligi va uni tashqi muhitda, ya‘ni horijiy hokimiyatini istisno qiluvchi davlat hokimyatlari – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining hududida to‘la amal qilishi hamda xalqaro aloqalarda davlatning xorijiy davlat hokimiyatlaridan mustaqilligi (davlat tomonidan suverenitetini cheklashga o‘z xohishi bilan rozilik berilgan hollar bundan mustasno).
Davlat yurisdiksiysi – muayyan davlat sud va ma‘muriy organlarining ishlarni o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqish va hal qilish huquqlari. Xalqaro huquqda hududiy va shaxsiy (milliy) yurisdiksiya turlari mavjud. Hududiy yurisdiksiyada davlatlar yurisdiksiyani amalga oshirishga haqli, agar bunda xalqaro shartnoma va kelishuvlarda boshqa holatlar belgilanmagan bo‘lsa. Cheklangan maqsadli yurisdiksiya davlatlar tomonidan uning zonalarida amalga oshiriladi. Shaxsiy (milliy) yurisdiksiya davlat chegaralarining tashqarisida bo‘lgan fuqarolariga nisbatan amalga oshiriladi.


Download 108.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling