Мавзу: ЭҲтиёт чоралари
“Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” fanining asosiy tushunchalari, maqsadi va ahamiyati
Download 108.15 Kb.
|
Хalqaro huquq referat
2. “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” fanining asosiy tushunchalari, maqsadi va ahamiyati:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 31-avgustdagi “1966-yil 16-dekabrdagi Fuqarolik va sisyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Paktga qo‘shilish to‘g‘risida”gi Qarori 4O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yildagi 31-avgustdagi “1966-yil 16-dekabrdagi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Fakultativ protokolga qo‘shilish to‘g‘risida”gi Qarori “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi organlar” fanining predmeti Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi xalqaro hamkorlik amaliy faoliyati Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar to'g‘risidagi xalqarohuquqiy hujjatlar Jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini tartibga soluvchi qonunchilik va xalqaro shartnomalar Milliy va xalqaro huquq mustaqil huquqiy tizimlar sifatida o‘zaro chambarchas bog‘liqdir, shuning uchun milliy huquq tizimlari xalqaro huquq me‘yorlarini, jumladan huquqni muhofaza qilish va jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari bo‘yicha me‘yorlarni shakllantirishga ta’sir etadi. O‘z o‘rnida, xalqaro huquq ham milliy huquq tizimlariga muayyan tarzda o‘tkazadi. Xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi va rivojlanishining muayyan bosqichida qonuniylikning amal qilishi bilan bog‘liq davlatlarning uyg‘un irodasini ifodalovchi xalqaro me‘yorlar va tamoyillar tizimi sifatida xalqaro huquq xalqaro huquq tartibotining huquqiy negizini tashkil etadi. Shunday qilib, o‘quv fani doirasida xalqaro huquq hamda jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida xalqaro hamkorlikni tartibga soluvchi davlatlar qonunchiligi o‘rganiladi. Maxsus huquqni muhofaza qilish vazifasi har bir davlatga xosdir. Uni amalga oshirish huquq-tartibotni o‘rnatish va muhofaza qilishni nazarda tutgan holda davlat huquqni muhofaza qilish faoliyatini o‘z ichiga oladi. Davlatimiz va jamiyatimiz asosiy institutlarining huquqni muhofaza qilishga yo‘naltirilganligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi tamoyillarini o‘z ichiga olib, uning qonun-qoidalari va me‘yorlariga asoslanadi. Xususan, Konstitutsiyaning 13-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadrqimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi” deb aytilgan. I.Karimov o‘z asarlarida ta’kidlaganidek, “... Davlatimiz va jamiyatimizning xalqaro hamjamiyat tomonidan e’lon qilingan xalqaro terrorchilikka qarshi kurash ishida faol qatnashishdagi qat‘iyligi tobora katta hurmat va e’tirofga sazovor bo‘layotganini katta mamnuniyat bilan “Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar” fani xalqaro huquqni muhofaza qilish faoliyati bilan bog‘liq bir qator tashkiliy huquqiy, qisman jinoiyhuquqiy va jinoiy-protsessual munosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro-huquqiy aktlarnio'rganadi. 18 ta’kidlashni xohlardim” 5 . Davlat huquqni muhofaza qilishga doir vazifasining asosiy maqsadi inson va fuqarolarning huquq va erkinligi, davlat va jamiyatning qonun bilan himoyalangan manfaatlarini himoya qilish hamda qonun ustuvorligini ta‘minlashdan iborat. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganlarning so‘nggisi, boshqalari qatorida, xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan huquqiy munosabatlar uning tamoyillaridan kelib chiqqan holda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni shakllantirish, Mustahkamlash va qullab-quvvatlash hamda xalqaro munosabatlarning asosiy sharti bo‘lgan xalqaro huquqiy tartibotni rivojlantirishni o‘zining global maqsadi etib belgilaganligi bilan bog‘liqdir. “Xalqaro huquqiy tartibot xalqaro hamjamiyatga a’zo davlatlarining xohish-istagi va o‘zaro manfaatlarni ifodalaydigan o‘zaro kelishuv asosida o‘rnatiladi va davlatlarning individual va kollektiv chora-tadbirlari va ularning konstitutsion mexanizmlari, xalqaro tashkilotlar va ularning organlari bilan qo‘llab-quvvatlanadi”. Boshqacha qilib aytganda, xalqaro huquqiy tartibot – bu davlatlar va boshqa subyektlar asosiy ehtiyojlarini qondirish, ularning tinchlik, xavfsizlik va riojlanish sharoitlarida mavjudligini ta‘minlash va qo‘llabquvvatlashga safarbar etilgan xalqaro huquq me‘yorlari bilan tartibga solingan xalqaro (eng avvalo, davlatlararo) munosabatlar qurilmasidir . Download 108.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling