Мавзу: ЭҲтиёт чоралари


Download 108.15 Kb.
bet7/11
Sana24.03.2023
Hajmi108.15 Kb.
#1290233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Хalqaro huquq referat

Hukumatlarni tan olish. Yangi tashkil topgan davlatni tan olish uning hukumatini tan olish, demakdir. Hukumatni alohida tan olish masalasi g‘ayrikonstitutsiyaviy yo‘l bilan, inqiloblar, to‘ntarishlar natijasida hukumat tashkil topgan hollarda yuzaga keladi.
Hukumatni tan olish tan oluvchi davlat ushbu hukumatga tegishli davlatning xalqaro munosabatlardagi qonuniy va yagona vakili sifatida qarashini anglatadi.
Hozirgi zamon amaliyotida hukumatni tan olishning hal qiluvchi sharti uning boshqaruvi samaradorligiga bog‘liq ekani tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. AQSHning hisoblashicha, «har qanday davlatning qonuniy hukumati o‘ziga tegishli hududda samarali nazoratni amalga oshirayotgan hamda xalqaro majburiyatlarni zimmasiga olishga va bajarishga layoqatli ekan, mazkur hukumat bilan rasmiy munosabatlar o‘rnatilishi» mumkin.
Shu bilan bir qatorda, davlat boshqaruv shaklini nazorat qilish tendensiyasi ham ko‘zga tashlanmoqda. 1990-yilda Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) doirasida qabul qilingan Yangi Yevropa uchun Parij xartiyasi davlatlarda boshqaruvning demokratik shaklini yagona maqbul shakl sifatida e’tirof etgan.
Ba’zan hukumatni tan olmaslik xalqaro huquqning imperativ normalarini buzganligi uchun xalqaro hamjamiyat tomonidan o‘ziga xos sanksiya sifatida qo‘llanilishi mumkin. Bu o‘rinda XX asrning 60yillarida BMTning Janubiy Rodeziya irqchilik rejimini tan olmaslikni ta’minlash borasidagi o‘rnini eslash kifoyadir.
Hukumatlarni tan olish to‘g‘risida bayonot berish amaliyotidan voz kechib, diplomatik munosabatlar o‘rnatish yoki o‘rnatmaslik bilan cheklanishni maqbul ko‘rayotgan davlatlar soni borgan sari ko‘payib bormoqda.
Davlat bilan bog‘liq holda bo‘lgani kabi Hukumatni tan olish akti faktik va yuridik bo‘lishi mumkin. Ham faktik, ham yuridik tan olish teskari ta’sir kuchiga ega bo‘lib, tan olinayotgan hukumatning tan olinishiga qadar chiqargan huquqiy aktlariga taalluqli hisoblanadi. Faqatgina davlatning xorijdagi mol-mulki sifatida, masalan, arxivlar, bank omonatlari, ko‘chmas mulk sanaladi.
Hukumatning tan olinmasligi uning ko‘p tomonlama shartnomalarda ishtirok etishiga to‘sqinlik qilmaydi. Uning xalqaro tashkilotlarda ishtiroki to‘g‘risidagi masala tegishli tashkilotlar qoidalariga muvofiq tarzda hal etiladi.
Tan olishning alohida turlaridan biri muhojirlikdagi (quvg‘indagi) hukumatni tan olishdir. Bunday hukumatlar davlat hududida samarali nazoratni amalga oshira olmaydi, ularning xalqaro majburiyatlarni olish va bajarish layoqatlari cheklangan. Tan olish hukumat g‘ayriqonuniy ravishda, zo‘ravonlik bilan quvg‘in qilingan hollardagina amalga oshirilishi kerak. Ikkinchi jahon urushi yillarida bunday hodisalar juda keng tarqalgan edi. Gitlerchilar Germaniyasi tomonidan hududlari istilo etilgan Norvegiya, Polsha, Belgiya, Chexoslovakiya hukumatlari quvg‘in qilingan edi.
Xalqaro huquqda tan olishning boshqa turlari. Chet el istilosi sodir bo‘lgan hollarda ko‘pincha milliy qarshilikning rahbariy organlari tashkil etiladi va o‘z navbatida, ularga nisbatan boshqa davlatlarning munosabatlari muammosi yuzaga keladi. Bunday hollarda tan olishning ko‘lam va oqibatlari turlicha bo‘ladi.
Dekolonizatsiya yillarida milliy ozodlik organlarini tan olish amaliyoti keng tarqalgan edi. Ba’zida tan olish jamoaviy mazmun kasb etar va xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshirilar edi. Misol uchun, 1972-yili BMTning Dekolonizatsiya bo‘yicha qo‘mitasi Gvineya va Yashil burun orolining mustaqillik partiyasini Gvineya xalqining yagona vakili deb tan olgan va ana shu faktni (1975-yildan mustaqil Kabo-Verde Respublikasi) e’tiborga olishni so‘rab, barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlarga murojaat bilan chiqqan.
O‘tmishdagi fuqarolar urushi tarixidan ma’lumki, tan olish holatlari ham mavjud bo‘lgan. Bunday tan olish xorijiy davlatning manfaatlari hukumatga qarshi kurashayotgan qurolli kuchlar nazorati ostidagi hududlarga bog‘liq bo‘lgan hollarda kuzatilgan. «Isyonchi» tomonni tan olish tan oluvchi davlat hukumatga qarshi isyon faktining tan olishini va qo‘zg‘olonchilarni qurolli jinoyatchilar deb hisoblamasligini anglatar edi. Tan oluvchi davlatlar ko‘pincha qo‘zg‘olonchilarning muayyan huquqlari, masalan, boshpana so‘rash huquqi, insonparvarlik yordami olish huquqi mavjudligini tan olishini ma’lum qilardi.
«Urushayotgan» tomonni tan olish nisbatan keng tarqalgan. Bunda qo‘zg‘olonchilarga davlatlarga beriladigan darajada keng ko‘lamdagi qurolli nizolar huquqi, shu jumladan neytralitet huquqidan foydalanish imkoni beriladi. Tan olish sharti esa, qo‘zg‘olonchilar tomonidan davlat hududining kattagina qismi barqaror nazoratga olinishi hamda harbiy intizom va xalqaro gumanitar huquq normalariga samarali amal qilinishidan iboratdir.
Huquqiy vorislik masalasi quyidagi hollarda yuzaga keladi:

Download 108.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling