Мавзу: ЭҲтиёт чоралари
Download 108.15 Kb.
|
Хalqaro huquq referat
birinchidan, bir davlat ikki yoki undan ko‘proq yangi davlatlarga ajralganida;
ikkinchidan, ikki yoki undan ko‘proq davlatlar yagona yangi davlat sifatida birlashganida; uchinchidan, davlat hududining muayyan qismida yangi davlat tashkil topganida; to‘rtinchidan, bir davlat boshqasining tarkibiga kirganida; beshinchidan, bir davlat hududining muayyan qismi boshqasiga o‘tganida. BMT qabul qilgan Huquqiy vorislik haqidagi ikkita konvensiyani sanoqli davlatlar ratifikatsiya qilgan va ularning yaqin orada kuchga kirishi gumon. Shunga qaramay, mazkur konvensiyalar tahlil etilayotgan sohaning eng nufuzli hujjatlari hisoblanadi va ularda huquqiy vorislik masalasini hal etishga qaratilgan umumiy yo‘l-yo‘riqlar o‘z aksini topgan. Bular 1978-yildagi Xalqaro shartnomalarga nisbatan davlatlarning huquqiy vorisligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi hamda 1983-yildagi Davlat mol-mulki, davlat arxivlari va davlat qarzlariga nisbatan davlatlarning huquqiy vorisligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasidir. Huquqiy vorislikning ikki xil usulini kuzatish mumkin: birinchidan, so‘zsiz huquqiy vorislik, ya’ni avvalgi davlatga tegishli bo‘lgan barcha huquq va majburiyatlarni hech qanday shartlarsiz o‘z zimmasiga olish; ikkinchidan, tabula rasa (toza qog‘oz) prinsipi bo‘yicha huquqiy vorislik, ya’ni avvalgi davlatga tegishli bo‘lgan barcha huquq va majburiyatlarni to‘laligicha qaytadan ko‘rib chiqish. Odatda, xalqaro huquqiy amaliyotda har ikki usul aralash holda qo‘llaniladi. Shartnomalar bo‘yicha huquqiy vorislik. Huquqiy vorislikning mazkur sohasi xalqaro shartnomalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan davlatlararo munosabatlarning barcha jihatlariga taalluqlidir. 1978-yildagi Vena konvensiyasida aytilganidek, huquqiy vorislik chegaralar va ularning rejimini o‘rnatgan xalqaro shartnomalarga daxl qilmaydi. Bu yangi tashkil topgan davlat huquqiy vorislikni qabul qilayotgan paytida chegaralar va ularning rejimlarini avvalgi davlatda qanday bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha tan olishga majbur, deganidir. Agar uning chegaralar yuzasidan noroziligi bo‘lsa, kelgusida mazkur sohaga oid xalqaro huquqiy qoidalarning barchasiga to‘liq amal qilgan holdagina bu masalaning ko‘rib chiqilishini talab etishi mumkin. Masalan, sobiq SSSR hududida yangi mustaqil davlatlar tashkil topishi jarayonida ittifoqdosh respublikalar o‘rtasidagi chegaralarni qayta ko‘rib chiqish hollari kuzatilmagan. Davlatlar birlashishi holatida ularga tegishli barcha shartnomalar o‘z kuchida qoladi, ammo ular huquqiy vorislikni qabul qilish paytida qaysi hududda kuchda bo‘lgan bo‘lsa, birlashgan davlatning o‘sha qismidagina qo‘llaniladi. Masalan, Suriya va Misrning Birlashgan Arab Respublikasiga birlashishida ushbu qoida BARning 1958-yildagi Muvaqqat konstitutsiyasida quyidagicha mustahkamlangan edi: «Bitimlar va shartnomalar ularni ratifikatsiya qilish paytida amal qilishi belgilangan mintaqaviy doiralarda o‘z kuchini saqlab qoladi». Yuqoridagi qoidalar bir davlatning o‘z subyektlik huquqini saqlab qolgan boshqa davlatga qo‘shilishi holatiga ham tegishlidir. Bu borada 1990-yili Germaniya Demokratik Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasi tarkibiga kirishi ayniqsa, muhim voqea bo‘lgan edi. Mazkur mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy tizimlari hamda ularning xalqaro majburiyatlari bir-biridan keskin farq qilar edi. Boshqa manfaatdor davlatlar bilan kelishuvga muvofiq, quyidagi qoida qabul qilingan edi: GDR shartnomalari uning sheriklari bilan birgalikda ishtirokchi davlatlar ishonchini, manfaatlarini, GFRning shartnomaviy majburiyatlarini ta’minlash nuqtai nazaridan, shuningdek Yevropa hamjamiyati vakolatlarini hisobga olgan holda (chunki GDR Hamjamiyatning tarkibiy qismiga aylanishi kerak edi) ko‘rib chiqilishi zarur. GFR shartnomalariga kelganda, ular o‘z kuchida qoldi va sobiq GDR hududida ham ta’sir kuchiga ega bo‘ldi. Ana shu qoidalar 1990-yilda GDR va GFR o‘rtasida tuzilgan yagona Germaniya davlatini barpo etish to‘g‘risidagi shartnomada qayd etilgan. Agar davlatlar bo‘linishi holatida muayyan bir qismi avvalgi davlat sifatida mavjud bo‘lib tursa, u holda ana shu qismning shartnomaviy munosabatlarida o‘zgarishlar yuz bermaydi. Ajralib chiqqan hududga bevosita daxldor bo‘lgan shartnomalar bundan mustasno. Bular BMTga a’zolikka ham tegishlidir. Ajralib chiqqan hududda tashkil topgan davlat haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, bu boradagi amaliyot turlichadir. 1947-yilda Hindiston tarkibidan Pokiston ajralib chiqqan. Shu munosabat bilan, BMT Kotibiyati mana bunday nuqtai nazarni ilgari surgan: «Hindistonning xalqaro maqomida o‘zgarish yuz bermagan. Ajralib chiqqan hudud, Pokiston, yangi davlat hisoblanadi; u avvalgi davlatning huquq va majburiyatlariga egalik qilmaydi». Download 108.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling