Mavzu: Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/22
Sana23.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1385870
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
130629 Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi.

Kelasi zamon gumon fe’li ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan 
so`ng bajarilish-bajarilmasligi mo`ljallanishini, taxmin qilinishini ifodalaydi. 
Masalan: Bugun havo ochiq bo`lar (A.Q.) 
Kelasi zamon gumon fe’li ba’zan hozirgi-kelasi zamon ma’nosida kelib, 
aniqlik, qat’iylik ma’nolarini ham ifodalaydi: Qadrlasang, qadring oshar
qadrsizdan hamma qochar (Maqol). 
Kelasi zamon gumon fe’li sof fe’l negiziga –r(-ar) sifatdosh qo`shimchasini 
qo`shish va tuslash bilan shakllanadi: 
Sh
ax

Son 
Birlik
Ko`plik 
Misol 
Zamon 
ko`rsat-
kichi 
Shaxs-
son 
qo`shim-
Misol
Zamon 
ko`rsat-
kichi 
Shaxs-
son 
qo`shim-


29 
chasi 
chasi 
I
o`qirman, 
borarman
-r, 
-ar 
-man 
o`qirmiz, 
borarmiz 
-r, 
-ar 
-miz 
II
o`qirsan, 
borarsan 
-r, 
-ar 
-san 
o`qirsiz, 
borarsiz 
-r, 
-ar 
-siz 
III o`qir, borar 
-r, 
-ar 

o`qirlar, 
borarlar 
-r, 
-ar 
(-lar) 
Kelasi zamon maqsad fe’li nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajarilishi 
maqsad qilib olingan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: Men kuzdan boshlab 
o`qishni davom ettirmoqchiman, so`ngra qishloq xo`jalik institutiga kirmoqchiman 
(SH.R.). Oho qora ko`z deganda, u devordan oshadigan (O.). 
Kelasi zamon maqsad fe’li sof fe’l negiziga -moqchi hamda fe’lning 
ravishdosh (-a, -y bilan shakllangan) shakliga –digan qo`shimchasini qo`shish 
bilan hosil qilinadi: 
Sh
ax

Son 
Birlik
Ko`plik 
Misol 
Zamon 
ko`rsat-
kichi 
q
o
`s
h
imch

Misol
Zamon 
ko`rsat-
kichi 
o
`s
h
imc
h

I o`qimoqchima
n, 
o`qiydiganman
-moqchi, 
-digan 
-man o`qimoqchimiz, 
o`qiydiganmiz
-moqchi, 
-digan 
-miz 
II o`qimoqchisan, 
o`qiydigansan
-moqchi, 
-digan 
-san 
o`qimoqchisiz, 
o`qiydigansiz
-moqchi, 
-digan 
-siz 
III o`qimoqchi, 
o`qiydigan
-moqchi, 
-digan 

o`qimoqchilar, 
o`qiydiganlar
-moqchi, 
-digan 
(-
lar) 
 
Fe’l mayllari. Ish-harakatning voqelikka munosabatini ko`rsatuvchi 
grammatik kategoriyaga fe’l mayli deyiladi. Mayl kategoriyasi grammatik zamon 


30 
(o`tgan, hozirgi, kelasi) va grammatik shaxs (bajaruvchi) bilan uzviy bog`langan 
bo`lib, hammasi birgalikda fe’lning tuslanish tizimiga kiradi. Fe’l mayllarida 
voqelik bilan bog`liq ravishda ish-harakatning bajarilish xususiyatlari turlicha 
bo`ladi. Masalan: 1) Havo sovuq, osmonda zahardek achchiq qor uchqunlari 
erinchoq kezadi (O`.Hoshimov). 2) YOshlikda zaxmat chekib, ilm o`rgansang, 
kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan. (Koshifiy). 3) So`zlayotgan 
kishining o`ziga emas, so`ziga e’tibor qil (Montesьke. Tafakkur gulshani). Bu 
misollarning birinchisida kezadi fe’li ish-harakatning aniq bajarilishini
ikkinchisida o`rgansang, egallasang fe’llari ish-harakatning bajarilishi uchun shart 
qilib olingan harakat ma’nosini, uchinchi misolda esa e’tibor qil fe’li ish-
harakatning bajarilishi haqidagi buyruq, maslahat ma’nosini anglatgan. Demak, 
fe’l anglatgan ish-harakat voqelikka munosabatiga ko`ra aniqlik, shart (istak), 
buyruq (istak) kabi qo`shimcha modal ma’nolarni ifodalaydi. Shunga ko`ra fe’llar, 
asosan, 3 fe’l mayli ko`rinishiga ega: 1) aniqlik mayli, 2) shart mayli, 3) buyruq-
istak mayli. 
Aniqlik mayl. Bu mayldagi fe’l ish-harakatning uch zamondan birida aniq 
(real) bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi, ya’ni aniqlik maylidagi fe’l 
o`tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon fe’llarining barcha ma’no 
ko`rinishlarini o`z ichiga qamrab oladi: o`qidim, o`qimadim - yaqin o`tgan zamon 
fe’li; o`qiyapman - hozirgi zamon davom fe’li; o`qimoqchiman, o`qimoqchi 
emasman – kelasi zamon maqsad fe’li kabi. Masalan: Men unga mustaqil odam 
ekanligimni ko`rsatib qo`ymoqchiman (P.Q.) gapida ko`rsatib qo`ymoqchiman 
fe’li ish-harakatning kelasi zamonda (kelasi zamon maqsad fe’li) I shaxs 
tomonidan (-man shaxs-son affiksi) aniq bajarilishini anglatadi. 
Aniqlik maylidagi fe’llar I-II guruh tuslovchi affikslar bilan tuslanadi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling