36
ekan (-kan), emish (-mish) kabi fe’l shakllari kiradi.
Yozar edi – yozardi, yozar
ekan – yozarkan, yozar emish – yozarmish kabi. Bu fe’llar aslida bir
e (arxaik
er)
fe’l negizining turli shakllari bo`lib, ular hozir ayrim-ayrim so`z sifatida
tushuniladi.
To`liqsiz fe’l
sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi bilan birikib, fe’l
zamonlarining analitik usul bilan yasalgan shakllarini hosil qiladi. To`liqsiz fe’llar
edi, ekan, emish turlicha modal ma’nolar ifodalaydi:
1)
edi to`liqsiz fe’li qatnashgan fe’l shaklida ta’kidlash,
eslatish, hikoya,
davomiylik, takror kabi ma’nolarni bildiradi:
Bo`shagan erlarning bag`rini
pluglarning o`tkir tig`lari tilka-tilka qilmoqda edi (H.N.). Shu kuni endi ko`chaga
chiqib edi... (M.Ismoiliy). Ular bir partada o`tirishar, birga dars tayyorlashar,
maktabni bitirgandan keyin qayerga o`qishga borish haqida maslahatlashar, xayol
surishar edi (S.Zunnunova).
2)
ekan to`liqsiz fe’l qatnashgan shakllarda o`tmishda
yuz bergan voqea-
hodisaning so`zlovchiga keyinchalik ma’lum bo`lganligi va uning davomi ekanligi
anglashiladi:
Aytishingizdan, oradan hech gap o`tmagan ekan (A.Qahhor).
3) emish to`liqsiz fe’li esa noaniqlik, gumon, eshitilganlik ma’nolarini
bildiradi:
O`zgarmagan, ammo negadir ikkovining ham bo`yi juda uzun bo`lib
ketgan emish (S.Ahmad).
To`liqsiz fe’llar boshqa so`z turkumlari bilan ham birikib keladi. Bu holda ot
kesim
tarkibida kelib, bog`lama vazifasini bajarib, tuslovchi affikslarni oladi:
Uy
kichkina, lekin yorug` va toza edi (O.)
Fe’llarda modal ma’no fe’lning juft va takrorik shakli bilan ham ifodalanadi.
Bunday shakl
orqali harakatning davomliligi, takrorlanib turishi,
tugallanganlik,
harakatning voqe bo`lishiga turlicha munosabat (befarqlik) kabi modal ma’nolar
anglashiladi:
ayta-ayta, borib-borib, aytsa-aytar, uchadi-ketadi, kelsa-kelibdi,
ishlasa-ishlasin kabi.
F
e’l tahlili namunasi
1. So`rog`i.
8. To`liq yoki to`liqsizligi.
37
2. Bo`lishli yoki bo`lishsizligi.
3. O`timli yoki o`timsizligi.
4. Nisbati.
5. SHaxs-soni
6. Zamon turi.
7. Mayl turi.
9. Yetakchi, ko`makchi fe’llar
aniqla-
nadi.
10. Vazifadosh (xoslangan) shakllari.
11. Tuzilish turi.
12. Tub yoki yasamaligi.
13. Gapdagi sintaktik vazifasi
Do'stlaringiz bilan baham: