Mavzu: Fosforitli ammiakli selitra ishlab chiqarish texnologiyasi. Mundarija
Download 230.1 Kb.
|
amaliyot xisoboti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar.
8.Xulosa.
Ushbu xisobotimda fosfatlashgan selitra ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish ustida olib borilgan tatqiqotlar va ilmiy ishlar, adabiyotlarni o`rgandim va kerakli xulosalarga ega bo`ldim. Aholi soni ortib borgan sari oziq-ovqatga bo`lgan talab ham ortib bormoqda. Tabiiy resurslar va unumdor yer maydonlari esa chegaralangan. Mavjud zaxira konlaridan unumli foydalanish va yer maydonlaridan ko`p marotaba sifatli xosil olish bugungi kunning muxim talabiga aylanmoqda. O`simliklarni oziqlanishini yaxshilash va tuproqning hosildorligini oshirish uchun o`g`itlarni millerativ xolatini yaxshilash zarur. O`g`itlarni kimyoviy va fizik xossalarini o`simlik o`zlashtira oladigan holatga o`tkazish va uni tuproqda turg`unligiga yani tez yuvilib ketmasligini ta`minlash uchun yangi o`g`it turlarini yaratish, mavjudlarini takomillashtirish yuqoridagi muammolarni xal qilinishiga sabab bo`la oladi. Ilmiy izlanishlar natijasidan ma`lumki, o`simlik yaxshi rivojlanishi uchun nafaqat azotli komponentlar balki fosfor ham muhim o`rin egallashi isbotlangan. Bu elementlarni barchasini bir o`g`it tarkibida jamlash uchun bugungi kunda ko`plab izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu xisobotimni tayyorlash vaqtida ko`plab ilmiy maqolalar,avtoreferatlar va dissertatsiyalar bilan tanishib chiqdim va shular asosida ushbu xisobotimni tayyorladim. Adabiyotlar. 1.Noorganik moddalar va mineral o`g`itlar texnologiyasi. Shamsidinov I.T Toshkent , 2019-yil. 2. 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishi. Xalq so`zi 6-son, 2016-yil. 3.Termik barqaror fosforli ammoniyli selitra olish texnoligiyasi. Olevskiy V.M., Ivanov M.E., Sexanskaya Y.V., Vincent J.Russo, Fridman S.D. Moskva, 2018 yil. 4.Qizilqum fosforitlarini fosfat kislotali qayta ishlash asosida konsentrlangan kompleksli o`g`itlar olish texnologiyasi. Namazov SH.S., Beglov B.M., Reymov A.M., Kurbaniyazov R.K. Toshkent, 2017-yil. 5.Dolomit qo`shimchali termik barqaror ammiakli selitra olish texnologiyasi. Reymon A. M. Toshkent, doktorlik dissertatsiyasi 2017 yil. 6. Noorganik qo`shimchalar tutgan termik barqaror ammoniyli selitrasini olish texnologiyasini ishlab chiqish. Madenov B.D Toshkent,2017-yil. Download 230.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling