Mavzu: Fosforitli ammiakli selitra ishlab chiqarish texnologiyasi. Mundarija


Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati


Download 230.1 Kb.
bet2/11
Sana05.05.2023
Hajmi230.1 Kb.
#1428168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
amaliyot xisoboti

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. O‘simlik yaxshi rivojlanishi va ko‘p hosil berishi uchun fosfor va azot asosiy ozuqa elementlari zarur hisoblanadi. Ammoniy selitra tarkibida azotning ulushi 35.4% ni tashkil qilishini xisobga olib, uni tarkibiga fosfor ozuqa elementini kiritish yo‘li bilan uni yanada samaradorligini oshirishga erishish va tuproqning unumdorligiga ijobiy tasir etish mumkin. Ammiakli selitra (AS) dunyodagi eng ko‘p tonnajli azotli o‘g‘it hisoblanadi. Uning jahon miqyosidagi ishlab chiqarishi 43 mln. tonnadan oshadi. U qishloq ho‘jaligida har qanday turdagi to‘proq va barcha qishloq ho‘jaligi ekinlariga qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda asosiy vazifa AS ning iste`mol xossalarini yaxshilash hisoblanadi. Buning uchun butun dunyoda selitraning donalar mustahkamligini oshiruvchi, yopishqoqligini kamaytiruvchi va termik barqarorligini yaxshilovchi yuqori samarali fosfatli qo‘shimchalar tanlash bo‘yicha tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyatga ega.
Tarkibida ham azot mineral ozuqa elementi va fosfor ozuqa elementi tutgan o‘g‘itlarga bo‘lgan talab bozor hamjamiyatida yuqori o‘rin egallaydi. Bu ikki ozuqa elementi o‘simlik hayoti uchun muhim ahamiyatga ega. Selitrani eruvchanligi, tuproqdan yuvilish jarayoni juda yuqoriligi va fosfor ozuqasini tuproqda juda uzoq turish xossalari orqali bu ikkala ozuqa elementi asosidagi o‘simlik yaxshi o‘zlashtira oladigan yangi minerl o‘g‘it yaratish.
Bugungi kunda jahonda ammiakli selitra asosida tashqi ta’sirlarga ancha barqaror, va mos ravishda pasaytirilgan detonatsion xossalarga, shu bilan birgalikda agrokimyoviy samaradorligini saqlagan yangi turdagi o‘g‘itlar ishlab chiqarishni tashkillashtirishda bir qator muhim takliflarni asoslash:
-Eng kam g‘ovaklik va ichki yuza, mo‘tadil yopishqoqlikga ega maksimal mustahkam donalarni olish;
-Undan tashqari ammoniy nitrati polimorf o‘zgarishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi va uning parchalanish haroratini oshirishga imkon beradigan noorganik qo‘shimchalar topish;
-Ammoniy nitrat suyuqlanmasiga noorganik birikmalar optimal miqdorini qo‘shish, keyinchalik sepish usulida donadorlash yo‘li bilan fosforli barqaror AS texnologiyasini ishlab chiqish zarur.
Respublikamizda mahalliy xom ashyo materiallarini qayta ishlash asosida amalga oshirilayotgan keng choralar natijasida «Navoiyazot», «Farg‘onaazot» va «Maxam-Chirchiq» aksiyadorlik jamiyatlarida fosfatlashtirilgan, bentonitli va ohakli ammiakli selitra ishlab chiqarish bo‘yicha muayyan natijalarga erishilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 2021-2026 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida «...sanoatni rivojlantirish, mahalliy xom ashyo resurlarini chuqur qayta ishlash, qishloq ho‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish...»[2] vazifalar belgilab berilgan. Bu borada, jumladan yaxshilangan tovar va agrokimyoviy xossalarga ega fosfatlashgan barqaror AS ishlab chiqarish muammosini yechishda fosforli qo‘shimchalar va agronomik rudalar – fosforit, glaukonit va bentonitlarni foydalanish orqali modifikatsiyalangan AS olish texnologiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 230.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling