Mavzu: Fosforitli ammiakli selitra ishlab chiqarish texnologiyasi. Mundarija


Muammoning o‘rganilganlik darajasi


Download 230.1 Kb.
bet3/11
Sana05.05.2023
Hajmi230.1 Kb.
#1428168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
amaliyot xisoboti

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Jahonda yopishqoqligi bo‘lmagan va termik barqaror fosfatlashgan AS ishlab chiqarish bo‘yicha katta ilmiy va amaliy tajribalar to‘plangan. Ko‘rsatilgan xossalarni ta’minlovchi yuzlab qo‘shimchalar taklif etilgan. Yopishqoqlikni bartaraf qilish uchun kam miqdorda ammoniy sulfati, uning ammoniy ortofosfati bilan birikmasi, fosfat-sulfat-boratli qo‘shimcha, dolomit, kaustik magnezit, bentonitli kukun qo‘llaniladi (Olevskiy V.M., Ivanov M.E., Sexanskaya Y.V., Vincent J.Russo, Fridman S.D.[3]). Selitraga eng yaxshi qo‘shimcha magnezit hisoblanadi. AS ning portlovchilik havfliligi muammosi uning yopishqoqlik muammosidan o‘ta jiddiydir. AS suyuqlanmasiga dolomit yoki bo‘r kiritish yo‘li bilan ohakli-ammiakli selitra ishlab chiqarishi ancha keng tarqalgan (Kołaszkowski A., Biskupski A., Dolgov V.V., Taran A.L., Jmay L.A.). Ammo u nordon tuproqlarda samaralidir. Eng yaxshi natijalar fosforli qo‘shimchalar qo‘llanilganda erishilgan. Rossiyaning Kemerova «Azot», Kirovo-Chepetsk ximkombinati, «Minudobreniya», «Akron» AJ lar ekstraksion fosfor kislotasi, ushbu kislotadan olingan monoammoniyfosfat eritmasi, azofoska ishlab chiqarishi azot-fosforkislotali ekstraktini qo‘shish orqali stabillashgan AS ishlab chiqarishi boshlangan. Bunda ro‘y beradigan qiyinchiliklar: fosfor kislotasi ftoridan korroziya va Fe, Al, Mg, Ca tuzlari bilan qurilmalarning tiqilib qolishi hisoblanadi. Shu tufayli AS ni stabillashga mos fosforli materiallarni qidirish davom etmoqda. «Navoiyazot» AJ 2009 yildan AS suyuqlanmasini sepish usulida donadorlashdan oldin Qizilqum fosforit unini kiritish yo‘li bilan fosfatlashtirilgan AS (AFO‘ ) ishlab chiqarishini o‘zlashtirdi (Namazov SH.S., Beglov B.M., Reymov A.M., Kurbaniyazov R.K.[4].). Bunda fosfatli komponent kislotani neytrallash, selitra eritmasini bug‘latish va suvni yo‘qotish bosqichlarini chetlab o‘tadi va tuzlar cho‘kishi va issiqlik almashtirgich yuzalari qoplanishi sodir bo‘lmaydi. AFO‘ ishlab chiqarishi uchun fosfat bazasini keygaytirish maqsadida qumli tipdagi mahalliy Qoraqalpoq jelvakli fosforitlarni ham jalb qilish lozim. Azot-fosforli o‘g‘itlar olish borasida qishloq xo‘jaligida fosforli o‘g‘itlar sifatida keng qo‘llaniladigan fosfatli tuzlar: mono-, di-, trikalsiyfosfatlar va ammofosni ishlatish yana ham istiqbolli sanaladi.[5] Shu sababli yuqori agrokimyoviy samaradorlikga ega fosfatlashtirilgan AS ning ilmiy asoslarini va texnologiyasini ishlab chiqish dolzarb vazifa hisoblanadi.
AS suyuqlanmasiga fosfatli tuzlarni qo‘shish yo‘li bilan eng kam g‘ovaklik va ichki yuza, sezilarli darajada kam detonatsion qobiliyatga ega konsentrlangan azot-fosforli o‘g‘itlar olish usuli ishlab chiqilgan; monokalsiyfosfat fosforitning 175°C da suvda eruvchan shakldan polimorf shaklga qisman o‘tishi, undan tashqari NH4NO3 ning di- va trikalsiyfosfat bilan eruvchan kalsiy nitrati va fosfatlarini hosil qilish orqali o‘zaro ta’sirlashuv reaksiyasi borishi aniqlangan; fosfat tuzlari va kremniyli minerallarning AS donalar mustahkamligini oshirish va yopishqoqligini kamaytirishiga ta’siri aniqlanib, kristallanish markazlari hosil qilgan holda ularning NH4NO3 kristallari o‘lchamini kichiraytirishi, shu orqali donalarning takomillashgan tuzilishini hosil qilishi isbotlangan;
-yuqori haroratlarda NH4NO3 o‘zining nordon xossasi evaziga fosfat xom ashyosini faollashtirish mexanizmi, ya’ni undagi P2O5 va kalsiyni o‘zlashmaydigan shakldan o‘zlashadigan shaklga o‘tishi isbotlangan;
-III-IV faza o‘tishini chetlagan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri II-IV polimorf fazaga o‘tish mavjudligi aniqlanib, bu donalarning kristall panjarasi kam deformatsiyasini va sferik shakl turg‘unligini ta’minlashi isbotlangan;
-fosfatli qo‘shimchalarning NH4NO3 detonatsion xossasini bartaraf qilishi va uning struktura buzilish haroratini 211°C dan 272°C gacha oshirgan holda ingibitirlovchi ta’siri aniqlangan.

Download 230.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling