Mavzu: Fosforitli ammiakli selitra ishlab chiqarish texnologiyasi. Mundarija


Download 230.1 Kb.
bet4/11
Sana05.05.2023
Hajmi230.1 Kb.
#1428168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
amaliyot xisoboti

Qo‘yilgan vazifalar: Qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalari belgilandi

  • Fosforitli qo‘shimchalar hamda selitraning asosiy xom ashyolarini fizik kimyoviy va kimyoviy tarkibini o‘rganish;

  • Fosforitli ammiakli selitra eritmasi yoki suyuqlanmasidan olish texnologiyasini o‘rganish;

  • Fosforli selitrani olishda fosfatli qo‘shimchasini optimal miqdorini aniqlash;

  • Suyultirilgan yoki ammiakli selitra eritmasi va fosfor asosida olingan

pulpalarning reologik xususiyatlarini o‘rganish;

  • Fosforli qo‘shimchalarni AS donalarining mustahkamligiga ta’sirini o‘rganish;

  • Olingan mahsulotni xossalarini o‘rganish;

  • Fosforli va ammiakli selitra eritmasi yoki suyuqlanmasi asosida olingan termik barqaror bo‘lgan o‘g‘it ishlab chiqarishning prinspial texnologik sxemasini ishlab chiqish;

  • Olingan o‘g‘itni iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlash va solishtirish;



Ishdan maqsad: Fosforitli ammiakli selitra eritmasi yoki suyuqlanmasi asosida fizik kimyoviy xossalari yaxshilangan termik barqaror ammiakli selitra olish texnologiyasini ishlab chiqish.
Ishning ilmiy yangiligi. Taklif qilinayotgan usul maqsad qilib, fosfatlangan ammoniy nitratni olish muammosini hal qilish bilan eng arzon fosfarit uni xom ashyodan foydalanish. Miqdoriy nisbatlarini AS:FU tajriba-sinov tariqasida aniqlash, mahsulotning asosiy xususiyatlarini yaxshilashni ta’minlash: yopishqoqligini kamaytirish, granulalrni mustaxkamligini va termik barqarorligini oshirish.
Amaliy ahamiyati. Fosforitli ammoniy selitra olish texnologiyasini takomillashtirish, mavjud uskunalar orqali sifatli mahsulot olish. Bundan tashqari, ammoniy nitratning tarkibiga P2O5 ozuqa elementini kiritish orqali o‘g‘it tarkibidagi ozuqa miqdorini boyitish.
2.Texnika xavfsizligi qoidalari.
Laboratoriya ishini bajarishda quyidagilarga e`tibor berish lozim:
-Ish jarayonida faqat toza, quruq va butun, ishga yaroqli asboblardan foydalanish lozim;
-Uchuvchan moddalarni ehtiyotlik bilan hidlash;
-Ko`zni saqlash;(chunki zararli moddalarning eng mayda tomchisi va bug`lari ham ko`z pardasiga tushib ko`rish qobiliyatini yo`qotishga olib keladi).
-Qizdirilayotgan suyuqligi bor, probirkaning ochiq tomonini o`zingizdan va o`rtoqlaringizdan chetga qaratish;(chunki o`ta qizdirilib yuborilgan suyuqlik qaynab chiqib, qo`lga va yuzga sachrashi mumkin).
-Probirkalarda moddaning eritmalarini qizdirish uchun ularni probirkaning 1/3 qismigacha qo`yish;
-Qattiq moddalami faqat quruq probirkalarda va bug`latish kosachalarida qizdirish kerak;
-Quruq yoqilg`ini ishlatib bo`lgach, uni maxsus qopqoq bilan berkitib o`chirish reaksiyani kuzatayotganda probirkani yuzga yaqin olib kelmang;
-Himoya ko`zoynaklardan foydalanishni odat qilib oling;
MA`N ETILADI:
-Moddaning ta`mini totib ko`rish, yaqin masofada turib hidlash, kimyoviy idishlarda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash;
-Laboratoriyadan biron bir kimyoviy moddani boshqalarga berish;
-Laboratoriyadan hech qanday kimyoviy moddalami yoki ortiqcha buyumni olib ketish;
-Bironta kimyoviy modda quyilayotgan idish ustidan engashib qarash;(chunki suyuqlikning mayda tomchilari ko`zga sachrashi mumkin).
-Kimyoviy reaksiya jarayonida (bug`lanayotgan, qaynab turgan) idishni qo`lga olmaslik;
-Qalin devorli shisha idish, o`lchov idish va chinni hovonchalarni alangada qizdirish;
-Ichida suyuqligi bor bo`lgan probirkani chayqatishda uni barmoq bilan berkitish;


Download 230.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling