Mavzu: Fosforitli ammiakli selitra ishlab chiqarish texnologiyasi. Mundarija
Mahsulot texnik nomi suyultirilgan azot kislotasi
Download 230.1 Kb.
|
amaliyot xisoboti
Mahsulot texnik nomi suyultirilgan azot kislotasi.
GOST 115 – 03 – 270 – 90 ga ko‘ra ishlab chiqariladi va u quyidagi talablarga javob berishi kerak. 3.1 jadval
Massa ulushi 60 % ga teng bo‘lgan nitrat kislotaga quyidagi xususiyatlarga ega: 3.2 jadval.
Nitrat kislota suv bilan turli nisbatlarda aralashadi: suvli eritmalarning konsentratsiyasi oshirilishi bilan maksimum 121,9oC va 68,4 % ga yetgunga qadar qaynashi harorati ortadi. Keyingi konsentratsiyasi oshirilishi bilan esa (erishi) kamayadi. Nitrat kislotaning suvda erishi reaksiyasi ekzotermik. Bu kislota kuchli oksidlovchi. Platina, radiy, iridiy, titan, tantal va boshqa (oltindan) barcha metallar azot kislotasida eriydi. Natijada oksidlar yoki nitralar hosil bo‘ladi. Haroratni ortishi bilan kislotaning metall va ularning qotishmalariga ta’siri ortadi. Keng tarqalgan va keng qo‘llaniladigan metallardan alyuminiy, temir, xrom va boshqalar suyultirilgan azot kislotasi muhitida va ta’sirida chidamli bo‘ladi. Ammiak NH3 - rangsiz, o‘tkir hidli gaz, suyuqlanish temperaturasi -33oC. Suvda erib, ammoniy gidroksid (NH4OH) hosil qiladi. Ammiak 900oC dan yuqori temperaturada qizdirilganda havo kislorodi ta’sirida oksidlanib suv bug‘i bilan elementar azotga parchalanadi. Katalizatorlar ishtirokida 800oS temperaturada oksidlanib, suv bug‘i bilan azot (1)-oksid hosil (N2O) qiladi.Ammiak yoki uning suvdagi eritmasining kislotalar bilan reaksiyaga kirishishi natijasida ammoniy tuzlari hosil bo‘ladi: NH3+ HNO3 NH4NO3 — ammoniy nitrat yoki ammiakli selitra 2NH4OH+H2SO4 (NH4)2SO4+ H2 -ammoniy sulfat NH3 + HC1 NH4C1 — ammoniy xlorid Ammiak xalq xo‘jaligining turli sohalarida ko‘p ishlatiladi. Ammiak olish usullari va uning ishlatilish sohasi 1.1 - rasmda ko‘rsatilgan. 1.1- rasm. Ammiak ishlab chiqarish usullari va uiing muhim ishlatilish sohalari Ammiak olishning asosiy usuli vodorod bilan azotdan olishdir: N2+3H2 2NH3 Buning uchun toza holatdagi azot va vodorod gazlari kerak. Azot havoni qattiq sovitish yo‘li bilan olinadi. Ma’lumki, hamma gazlar katta bosim ostida siqilganda yoki sovitilganda suyuqlikka aylanadi. Xuddi shunga o‘xshash, havo ham qattiq sovitilganda suyuqlikka aylanadi; so‘ngra suyuqlikni undagi elementlarning qaynash temperaturasiga ko‘ra haydab, azot bilan kislorodga ajratiladi. Shuning uchun suyuqlangan azot bilan kislorod aralashmasi haydalganda, avvalo azot, so‘ngra kislorod bug‘lanadi (yoki kislorodni suyuq holda qoldirishimiz mumkin). Shunday qilib, biz havodan azotni ajratib oldik. Bu jarayon natijasida olingan toza kislorod yoki kislorod bilan boyitilgan havo metallurgiya, kimyo va sanoatning boshqa tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. Vodorod eng engil gaz; uning reaksiyaga kirishish xususiyati kuchli, shuning uchun u tabiatda sof holda kam uchraydi. Elementar vodorod ammiak ishlab chiqarishda, ko‘mir va neftdan benzin olishda, yog‘larni vodorod bilan to‘yintirishda, metallarni payvandlash hamda qirqishda keng ishlatiladi. Vodorod olishning bir necha usuli bor: uglerod (II)-oksid bilan suv bug‘ining konversiyasi: CO+H2O CO2+H2 b)metanning suv bug‘i bilan konversiyasi: CH4 + 2H2O CO2+4H2 v)temir-bug‘ usuli; bunda vodorod generatorlarida qizdirilgan g‘ovak temir bo‘lakchalari orasidan suv bug‘i o‘tkazilganda, vodorod ajralib chiqadi; g) suv yoki osh tuzi eritmasi elektroliz qilinganda toza holdagi vodorodamda kislorod hosil bo‘ladi; d) tarkibida 60% H2 bo‘lgan generator gazi qattiq sovitilganda, avvalo uglevodorodlar, so‘ngra uglerod (II)-oksid suyuqlanadi. Gaz tarkibida vodorod va azot qoladi. Bu aralashmadagi azot bilan vodorod to‘g‘ridan-to‘g‘ri ammiak sintezida ishlatiladi. Yuqorida aytib o‘tilgan usullardan ammiakning sintezi uchun eng qulayi konversiya usulidir. Metanning suv bug‘i bilan konversiyasi quyidagi reaksiya bilan ifodalanadi: CH4+2H2O CO2+4H2 - Q Ma’lumki, tabiiy gazlar tarkibida 98% gacha metan bo‘ladi. Suning uchun ham o‘z zahirasi jihatidan cheksiz bo‘lgan bu gaz konversiya usuli bilan vodorod olishda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Tabiiy gazdan olingan vodorod uglerod (II)-oksidning suv bug‘i bilan konversiyasidan olingan vodorodga nisbatan juda arzon. Chunki bu usulda ishlab chiqarilishi qimmat bo‘lgan generator gazi ishlatilmaydi va gaz oltingugurtdan tozalanmaydi. Download 230.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling