Mavzu: gulli o’simliklarda changlanish va urug’lanish reja
Download 183.47 Kb.
|
8 m
- Bu sahifa navigatsiya:
- E n t o m o f i l i ya
- 54-rasm. Makkajo‘xori to‘pguli.
Geterostiliya. Ba’zi o‘simliklarda guldagi urug‘chining ustunchasi changchilarga nisbatan uzun yoki qisqa bo‘lishi mumkin. Bunday hodisaga g e t e r o s t i l i y a (yunon. geteros-har xil, stilos-ustuncha) deb ataladi. Geterostiliya navro‘zdoshlar, gazakdoshlar va boshqa o‘simliklarda uchraydi.
Changlanish omillari. Yer kurrasining hozirgi o‘simliklari asosan gulli o‘simliklardan iborat. Gulli o‘simlikarning ko‘pchiligi chetdan changlanishga moslashgan. Chetdan changlanish biologik va abiotik changlanishdan iborat. Biologik changlanish hayvonlar vositasi bilan, abiotik changlanish esa tabiiy omillar (shamol, suv) yordamida sodir bo‘ladi. Biologik changlanishning eng muhim vositalaridan biri hashoratlar va qushlar hisoblanadi. Hashoratlar vositasi bilan changlanishga e n t o m o f i l i y a (entomos-hashorat, filio-sevish), qushlar yordamida changlanishga o r n i t o f i l i y a (yunon. ornitos-qush, filla-o‘simlik), suv yordamida changlanishga g i d r o f i l i y a (yunon. gidro-suv, filiya-o‘simlik) va nihoyat shamol vositasi bilan changlanishga a n i m o f i l i ya (yunon. anemos-shamol, filiya-o‘simlik) deb ataladi. E n t o m o f i l i ya. Juda ko‘p o‘simliklarni gullari hashoratlar yordamida changlanadi. Shuning uchun ham aksariyat gulli o‘simliklarning evolutsiyasi, hashoratlarning evolutsiyasi bilan parallel taraqqiy etgan. Entomofil o‘simliklarning tojsimon gulqo‘rg‘oni har xil rangda bo‘ladi. Shu sababdan ular hashoratlarga uzoqdan yashil ko‘rinadi. Ba’zi gul juda ham yirik bo‘lib, 1 m ga etadi (Rafflesia annoldi) lolaqizg‘aldoq, lolalarda gul diametri 5-15 sm. (54-rasm). 54-rasm. Makkajo‘xori to‘pguli. A – changchili to‘pgul (supurgi), B – urug‘chili to‘pgul, V – yirik patsimon tumshuqcha, G – makkajo‘xorining changchasi. Ko‘pchilik o‘simliklarning gullari mayda lekin yaxshi ko‘rinadigan to‘pgullarda o‘rnashgan (ziradoshlar, astradoshlar va boshqalar). Ba’zi to‘pgullarning chetlarida o‘rnashgan gullar markazda o‘rnashgan gullarga nisbatan yirikroq bo‘lib, hashoratlarni o‘ziga jalb etadi. Hashoratlarni jalb etadigan asosiy manba gullardan ajralib chiqadigan xilma-xil efir moylari hisoblanadi. Gulni hidi hashoratlarni hid bilish organlariga uzoqdan ta’sir etadi. Ma’lumki, ko‘pchilik o‘simliklar o‘zidan yoqimli hid chiqaradi (rayhon, tamaki, atirgul, chinnigul va boshqalar), lekin bir qator o‘simliklar borki, ularni gullari, badbo‘y bo‘lib, aynigan baliq, aynigan siydik, go‘ng hidiga o‘xshab ketadi. Bunday o‘simliklar tropik o‘rmonlarda o‘suvchi rafleziya, arxislar va boshqa o‘simliklar misol bo‘la oladi. Bu o‘simliklarni rangi go‘sht rangiga o‘xshash bo‘lib, pashsha, qo‘ng‘izchalar yordamida changlanadi. Entomofil o‘simliklarning o‘ziga hashoratlarni jalb etadigan omillaridan yana biri chang hisoblanadi. Ko‘pchilik o‘simliklarning gullari yirik bo‘lib, yuztagacha changchilarga ega. Bunday gullar o‘zidan juda ko‘p miqdorda chang ajratadi, chang tarkibida 15-30 oqsil moddasi to‘planadi. Hasharotlar esa shu chang bilan oziqlanadi. Ko‘p miqdorda chang chiqaradigan o‘simliklarga: namatak, ko‘knor, sigirquyruq, mimoza va boshqa o‘simliklar misol bo‘ladi. Chang hashoratlarga yem bo‘lganligi sababli, arilar changlarni inlariga g‘umbaklari uchun yig‘adi. Bundan tashqari hashoratlar gulga ovqatni izlab keladi va guldagi nektarni olishga harakat qiladi, ayni vaqtda changchi va urug‘chilarga tegib o‘tadi. Download 183.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling