Mavzu: gulli o’simliklarda changlanish va urug’lanish reja


Download 183.47 Kb.
bet6/8
Sana11.02.2023
Hajmi183.47 Kb.
#1190248
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8 m

Qo‘sh urug‘lanish
Gulli o‘simliklarda urug‘chi tumshug‘ida chang donachasining o‘sishi natijasida 2 ta spermiy hosil bo‘ladi. Ularning biri tuxum hujayra bilan, ikkinchisi markaziy yadro bilan qo‘shiladi. Tuxum hujayraning spermiy bilan qo‘shilishi natijasida murtak, markaziy hujayra bilan spermiy qo‘shilishidan endosperm shakllanadi (58 - rasm).

58 - rasm. Qo‘shaloq urug‘lanish:
1 – tumshuqchada changchani unib chiqishi; 2 – qo‘shaloq urug‘lanish.
Urug‘lanish va urug‘ning rivojlanishi. Chang naychasining hosil bo‘lishi. Chang urug‘chining tumshuqchasiga tushgandan so‘ng ma’lum vaqt (15-45 min. bir necha soat yoki bir necha hafta) o‘tgandan keyin bo‘rtib o‘sadi va uning sifonogen (vegetativ) hujayrasidan hosil bo‘lgan chang naychasi apertur orqali chiqib, ustuncha to‘qimasi bo‘ylab o‘sib tugun tomon yo‘naladi. Shundan so‘ng eng hayotchan va kuchli naycha urug‘ yo‘li (mikropil) ga birinchi bo‘lib etib keladi va shu orqali urug‘kurtakka o‘tadi. Bu hodisaga paragamiya deb ataladi. Ba’zan chang naychasi xalaza orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri urug‘kurtak yoki embrion xaltasiga o‘tadi – bunga xalazagamiya deb ataladi. Xalazagamiya birinchi marotaba 1894-yili Trebom degen olim Avstraliya qit’asida o‘sadigan qadimgi saqlanib qolgan kauzarin degan o‘simlikda, keyinchalik S.G. Navashin esa oq qayinda aniqlagan.
Qo‘shaloq urug‘lanishni 1898 yili rus botanigi S.G. Navashin piyozdoshlar oilasiga mansub Lilia martana va Fritillaria tenella degan o‘simliklarda aniqlagan. Keyinchalik urug‘langan tuxum hujayra yadrosidan murtak, ikkilamchi triploid yadrodan esa endosperm taraqqiy etadi. Shuning uchun ham yopiq urug‘li o‘simliklarning endospermi ochiq urug‘lilar endospermidan farq qiladi. S.G. Navashin tayoqchasimon yoki chuvalchangsimon shaklda spermalarning harakatini kuzatgan.
Apomiksis va uning mohiyati. Urug‘langan tuxum hujayra - zigotadan murtakning hosil bo‘lishi, ya’ni jinsiy jarayon bilan bir qatorda ba’zi bir gulli o‘simliklarda murtak urug‘lanmasdan ya’ni jinssiz yo’l bilan hosil bo‘lishi mumkin. Ayrim gulli o‘simliklarda jinsiy gametalar qo‘shilmagan taqdirda ham murtak xaltasi hujayralaridan yoki nutsellusdan, ba’zan integument hujayralardan ham murtak hosil bo‘lishi kuzatiladi. Bu hodisaga apomiksis (a - inkor etish, aralashish) deyiladi. Yangi organizmning ana shunday urug‘lanmasdan hosil bo‘lishini apomiksis deyiladi. Bu jarayon gulli o‘simliklardan tashqari, zamburug‘lar va paporotniklarda ham uchraydi. Apomiksis atamasini fanga birinchi bo‘lib 1908 yilda Vinkler kiritgan ya’ni “apo” - “siz”, “miksis”-qo‘shilish ma’nosini bildiradi. Rutadoshlar oilasi vakillarida urug‘lanmagan nutsellus hujayralaridan bir nechta murtakning rivojlanishi jarayonini Levenguk, Braun, Strasburglar ham kuzatganlar.
Apomiksis hodisasi gulli o‘simliklarda keng o‘rganilgan bo‘lib, hozirgi kunda u 78 oila 300 turkum vakillarida aniqlangan. Apomiksis ra’nodoshlar, choyo‘tdoshlar torondoshlar, ayiqtovondoshlar, qoqio‘tdoshlar, piyozdoo‘lar, bug‘doydoshlar va shu kabi boshqa bir va ikki pallali o‘simliklarda aniqlangan. Masalan bug‘doydoshlar oilasining 46 turkum va 125 turida apomiksis aniqlangan.
Apomiksisning quyidagi xillari mavjud: partenogenez, apogamiya, aposporiya va adventiv embrioniya.

Download 183.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling