Mavzu: gulli o’simliklarda changlanish va urug’lanish reja


Download 183.47 Kb.
bet2/8
Sana11.02.2023
Hajmi183.47 Kb.
#1190248
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8 m

Changlanish. Changni urug‘chi tumshug‘iga borib tushishiga changlanish deb ataladi. Changlanish bir necha xil bo‘ladi: o‘z-o‘zidan changlanish yoki avtogamiya (yunon. avto-o‘zi, gameto-qo‘shilish) va chetdan changlanish yoki allogamiya (yunon. allos-boshqacha).
O‘zidan changlanish – ba’zi ikki jinsli o‘simliklarda og‘izcha o‘z changi bilan changlansa, urug‘ hosil bo‘lmaydi; bunday o‘simliklar o‘ z i m e v a s i z yoki s t e r i l (lot. stirilis-mevasiz, pushsiz) o‘simliklar deb ataladi (sholi, arpa, suli, bug‘doy, makkajo‘xori va boshqalar).
Ba’zan o‘z-o‘zidan changlanish vaqtida hosil bo‘ladigan urug‘larda nasl belgilari sof holda saqlanib qoladi, bu xil changlanishdan seleksiyada sof individual liniyani ajratib olishda qo‘llaniladi (53-rasm).

53-rasm. Asal ari (Apis mellifera) dorivor rozmarinda (Rosmarinus officinalis).
Bir tur o‘simlik gulining shu tur yoki navga oid boshqa gulining changi bilan changlanishiga ch e t d a n ch a n g l a n i sh yoki k s e n o g a m i ya (yunon. ksenos-boshqa) deb ataladi. Ksenogamiya biologik jihatdan o‘simliklar uchun qulaydir, chunki bunday changlanishda irsiy xossalarni mustahkamlanishiga olib keladi va turli yashash sharoitiga yaxshiroq moslasha oladi. Shuning uchun ham o‘simliklar gulining tuzilishi va ekologiyasida chetdan changlanishni ta’minlaydigan ko‘pdan ko‘p xususiyatlar borligini ko‘ramiz.
D i x o g a m i ya. O‘simliklarda jinsiy organlarni (changchi va urug‘chilarni) turli muddatlarda etilishiga d i x o g a m i ya (yunon. dixos-ikki qism, bo‘lak; gameo-qo‘shilish) deb ataladi.
Ikki jinsli gullarda changchilar urug‘chiga nisbatan oldin etiladi bu hodisaga proterandria (yunon. proteros-ertaroq; andros-erkak) deb ataladi. Proterandriya ko‘proq chinniguldoshlar, astradoshlar, ziradoshlar (gulxayridoshlar), gerandoshlar, piyozdoshlar va boshqa ko‘pgina o‘simliklarda uchraydi.
Ba’zi ikki jinsli gullarda urug‘chilar changchilarga nisbatan ertaroq ochiladi, bu hodisaga proteroginia (proteros-ertaroq, gine-ayol) deb ataladi. Bunday gullar butguldoshlar, ra’nodoshlar, zubturumdoshlar, bug‘doydoshlar va boshqalar. Proterandriya, proteroginiyaga nisbatan ko‘proq tarqalgan, bunga asosiy sabab changchilarni, urug‘chilarga nisbatan oldinroq yemirilishidir.

Download 183.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling