Mavzu: gulli o’simliklarda changlanish va urug’lanish reja
Download 183.47 Kb.
|
8 m
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savollar
Adventiv embrioniya. Murtak nutsellus hujayralardan (nutsellyar embrioniya) yoki integument hujayralaridan (integument embrioniya) hosil bo‘lishi mumkin. Shular orasida ko‘p uchraydigani nutsellyar embrioniya hisoblanadi. Nutsellyar embrioniyaning ham ikki xili bo‘ladi. Birinchisi tuxum hujayraning urug’lanishi bilan bog‘liq bo‘lib uni stimulyativ deyiladi. Bu xil nutsellyar embrioniya rutadoshlar, kovuldoshlar, piyozguldoshlar oilalarida bo‘ladi (mandarin, limon, apelsin). Bu xil o‘simliklarning bitta urug‘kurtagi nutsellus hujayralaridan 30 tagacha murtak hosil bo‘lishi mumkin. Urug‘kurtak integumenti hujayralaridan murtakning hosil bo‘lish jarayoniga integument embrioniya deyiladi. Buning tuxum hujayraning urug‘lanishiga bog‘liq bo‘lgan stimulyativ va changlanishga (urug‘lanishga) bog‘liq bo‘lmagan avtonom integument embrioniya xillari mavjud.
Gulli o’simliklar taraqqiyot davridagi barcha davrlar, ya’ni spora va gametalarning hosil bo’lishi hamda rivojlanishi, urug’lanish kabilar bosqich va vaqt jihatidan nihoyatda bir-biriga yaqindir. Ular gulda juda qisqa davr mobaynida sodir bo’ladi. O’simlikning barcha vegetativ faoliyati sporofit nasl bilan bog’liq bo’lib, u yashash sharoitiga ancha moslashgan. Aksincha, jinsiy nasl esa vegetativ vazifalarni burunlay yo’qotgan va gametalar hosil qilish vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham gulli o’simliklarning barcha vegetativ davri diploid bosqichda o’tadi. Gaploid bosqich juda qisqargan, reduksiyalashgan bir nechta hujayralar va gametalardan iborat gametofitdir. Shunday qilib, yuksak o’simliklarning evolyutsiya jarayonida jinssiz nasl va jinsiy nasllar orasida to’qimalar hamda hujayralarning ixtisoslashishi ko’chayib borgan. Takrorlash uchun savollar 1.Gullash hodisasini gapirib bering? 2. Changlansh va uning xillarini tushuntiring? 3. Urug‘lanishni tushuntirib bering? 4. Apomiksis hodisasini izohlab bering? Download 183.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling