Mavzu: gulli o’simliklarda changlanish va urug’lanish reja
Download 183.47 Kb.
|
8 m
- Bu sahifa navigatsiya:
- 55-rasm. Qizil gubastikni ( Mimilus cardinalis ) kolibri orqali changlanishi. G i d r o f i l i y a
- A n i m o f i l i y a
O r n i t o f i liya. Afrika va Janubiy Amerika tropik o‘rmonlarida o‘sadigan (yukka, banan, kanna va boshqalar) o‘simliklarning gullari mayda qushchalar (kolibri, asalso‘rar) yordamida changlanadi. Ko‘pchilik ornitofil gullar och qizil rangda bo‘ladi, qushlar shu rangni yaxshi ajratib olsa kerak. Qushlar guldagi nektarni so‘rish vaqtida, changlarni o‘ziga yuqtiradi va boshqa gulga borib nektarni olish vaqtida gulni changlantiradi (55-rasm).
55-rasm. Qizil gubastikni (Mimilus cardinalis) kolibri orqali changlanishi. G i d r o f i l i y a. Ko‘l va daryo vohasida talaygina o‘simliklar suv sharoitida o‘sishga moslashgan (masalan, dengiz o‘ti (zostera), dengiz nayadasi, elodeya, vallisneriya va boshqalar). Bu o‘simliklarni guli suv vositasi bilan changlanadi. Bunday changlanishga gidrofiliya deb ataladi. Masalan, vallisneriyaning urug‘chi guli spiral singari buralgan bandda suv ostida joylashgan. Urug‘chi yetilgandan so‘ng suvni betiga chiqadi, ayni vaqtda changchi gul uzilib, suv oqimi yordamida spiral bandga joylashgan urug‘chiga borib uni changlantiradi. Undan keyin urug‘langan gulning bandi tortilib, urug‘chi gul suv tagiga tushadi, u yerda rivojlanadi. A n i m o f i l i y a. O‘rmonlarda o‘suvchi daraxtlarning taxminan 20% animofil o‘simliklar hisoblanadi. Cho‘l va sahrolarda o‘suvchi bug‘doydoshlar oilasiga mansub o‘simliklarni ko‘pchiligi ham animofillardan iborat. O‘tchil o‘simliklardan (g‘alla o‘simliklar, qiyoqo‘tlar, shuvoq, nasha, qichitqi o‘t, otquloq, zubturum va boshqalar), daraxtlardan (oqqayin, terak, tol, qayrag‘och, yong‘oq, tut, dub (eman), xurmo daraxtining ko‘pchiligi) animofil hisoblanadi. Bu o‘simliklarni gullari mayda, ko‘rimsiz bo‘lib, o‘zidan hid chiqarmaydi. Gullari oddiy kosachasimon gulqo‘rg‘ondan iborat. Changlari mayda bo‘lib, juda ham ko‘p hosil bo‘ladi. Bir yoki ikki uyli, dixogamiya va geterogamiya hodisasi uchraydi. Changlar quruq bo‘lib uzoq masofaga tarqaladi. Animofil o‘simliklarda changlarni tarqalishini osonlashtiradigan, tebranib turadigan kuchalalar (tol, terak, dub (eman) va boshqalar), changni ilib oladigan uzun-uzun, tukdor va patsimon tumshuqchalar (g‘alla o‘simliklar, ko‘pgina daraxtlar) bo‘ladi. Anemofil daraxtlarni ko‘pchiligi bahorda, barg chiqarmasdan oldin yoki barg chiqishi bilan gullaydi va tumshuqchalar changni osonlik bilan ushlaydi. O‘tchil o‘simliklardan qichitqio‘t degan o‘simlikning changlari uzun-uzun bo‘lib, g‘uncha ochilishi bilan changdon kuch bilan ochilib, changlarni sochib yuboradi. Bularning hammasi animofiliyaning eng muhim belgilaridan hisoblanadi. Download 183.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling