Mavzu: gulli o’simliklarda changlanish va urug’lanish reja
Urug‘lanish va urug‘ning rivojlanishi. Chang naychasining hosil bo‘lishi
Download 183.47 Kb.
|
8 m
Urug‘lanish va urug‘ning rivojlanishi. Chang naychasining hosil bo‘lishi. Chang urug‘chining tumshuqchasiga tushgandan so‘ng ma’lum vaqt (15-45 min. bir necha soat yoki bir necha hafta) o‘tgandan keyin bo‘rtib o‘sadi va uning sifonogen (vegetativ) hujayrasidan hosil bo‘lgan chang naychasi apertur orqali chiqib, ustuncha to‘qimasi bo‘ylab o‘sib tugun tomon yo‘naladi. Shundan so‘ng eng hayotchan va kuchli naycha urug‘ yo‘li (mikropil) ga birinchi bo‘lib etib keladi va shu orqali urug‘kurtakka o‘tadi. Bu hodisaga paragamiya deb ataladi. Ba’zan chang naychasi xalaza orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri urug‘kurtak yoki embrion haltasiga o‘tadi – bunga xalazagamiya deb ataladi. Xalazagamiya birinchi marotaba 1894-yili Trebom degan olim Avstraliya qit’asida o‘sadigan qadimgi saqlanib qolgan kauzarin degan o‘simlikda, keyinchalik S.G. Navashin esa oq qayinda aniqlagan.
Chang naychasi urug‘kurtak xaltasiga yetgandan so‘ng urug‘kurtak devori eriydi va chang naychasi embrion xaltasining markaziy yadrosi tomon harakat etadi va ishqalanish natijasida uni uchi eriydi. Shundan keyin uning ichida ikkita spermiya hujayralari embrion xaltasiga chiqadi. Sperma hujayralaridan bittasi tuxum hujayra yadrosiga, ikkinchisi embrion xaltasining ikkilamchi yadrosiga qarab yo‘naladi va u bilan qo‘shiladi. Natijada yopiq urug‘li o‘simliklar uchun eng muhim xususiyatlardan biri qo‘shaloq urug‘lanish sodir bo‘ladi. Chang naychasining mikropila orqali o‘tishiga parogamiya, xalaza tomondan o‘tishiga xalazogamiya deb ataladi. Qo‘shaloq urug‘lanishni 1898 yili rus botanigi S.G. Navashin piyozdoshlar oilasiga mansub Lilia martana va Fritillaria tenella degan o‘simliklarda aniqlagan. Keyinchalik urug‘langan tuxum hujayra yadrosidan murtak, ikkilamchi triploid yadrodan esa endosperm taraqqiy etadi. Shuning uchun ham yopiq urug‘li o‘simliklarning endospermi ochiq urug‘lilar endospermidan farq qiladi. S.G. Navashin tayoqchasimon yoki chuvalchangsimon shaklda spermalarning harakatini kuzatgan. Download 183.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling