Mavzu: Hujayraning irsiy axborotlarni amalga oshirilishi


Transkriptsiyaning molekulyar asoslari


Download 89.77 Kb.
bet2/11
Sana02.06.2024
Hajmi89.77 Kb.
#1837805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Genetik axborotning ko chirilish turlari

Transkriptsiyaning molekulyar asoslari. Genetik axborotning oqimi genlar ekspressiyasi deb ataladi: u birinchi navbatda genlar transkriptsiyasi - RNK hosil bo lishiga olib keladi. Transkriptsiya jarayonida asosan ayrim gen va genlar guruhi ko chirib yoziladi, replikatsiyada esa ona DNK toTa kodlanadi. RNK ning hamma turlari yadroda sintezlanadi. DNK matritsasida kechadigan hamrna sintezlar DNK da yozilgan axborotga muvofiq amalga oshadi. RNK ning barcha turlari tRNK, rRNK va mRNK sintezlanishida asoslarni komplementarligi qoidasiga binoan DNK asoslarining tartibi RNK asoslarining tartibini belgilaydi. Matritsa sifatida ikki zanjirli DNK roli baland, lekin bir zanjirli DNK ham matritsa sifatida xizmat qila oladi.
Transkriptsiyada xromatin DNK sida yozilgan axborotning bir qismidan RNK nusxasi sifatida foydalaniladi. DNK ning faol boTmagan qismlari xromatinning globulyar nukleosomalari tarkibiga kirsa, faol qismlari nukleosomalar orasidagi fragmentlar yoki "ochilgan" to'g'ri nukleosomalar tarkibida boTadi.
Prokariot va eukariotlarda transkriptsiyaning elementar birligi, ya'ni transkriptsiyaga uchraydigan DNK bo'lagi transkripton deb ataladi. Ba'zida prokariotlarning transkriptonlari operon deb ham ataladi. Transkriptonning uzunligi 300 dan 1000000000 tagacha nukleotiddan tashkil topgan.
Transkriptonning har bir qismi turli xil vazifalarni bajaradi. Bir guruh qismlar axborot saqlovchi, boshqalari esa - axborot saqlamaydigan guruhlarga boTinadi. Axborot saqlovhci qismlariga polipeptid zanjiri yoki matritsali boTmagan RNK (rRNK va tRNK) strukturalari to g risida axborot; axborot saqlamaydiganlari esa boshqa vazifalarni bajaradi va genetik axborotni ozida saqlamaydi. Yuksak tuzilgan eukariotlar transkriptonida axborot saqlamaydigan qismi asosiy qismni egallaydi. Transkriptondagi struktura genlari ikki turda boTishi mumkin: uzluksiz va boTingan. Eukariotlardagi struktura genlarining kopchiligida genetik axborot uzlukli - boTingan holda yozilgan boTadi.
Struktura genlarida axborot saqlovchi struktura genlari ekzonlar, axborot saqlamaydiganlari esa intronlar deb ataladi. Intronlar ekzonlar uchun qo' shimcha regulyator vazifasini bajarishi mumkin.






Download 89.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling