Mavzu: Hujayraning irsiy axborotlarni amalga oshirilishi
-rasm. Initsiatsiya kompleksining hosil bolishi
Download 89.77 Kb.
|
Genetik axborotning ko chirilish turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.14.-rasm. Polipeptid zanjirning elongatsiyaga tayyor bo lishi. Elongatsiya.
- Birinchi qadam.
- Ikkinchi qadam
4.13.-rasm. Initsiatsiya kompleksining hosil bolishi.
Bu birlamchi kompleks (initsiatsiya faktorlari - kichik subbirlik - mRNK - GTF) ga katta subbirlik birikadi va shundan so'ng initsiatsiya faktorlari ribosomadan ajralib chiqadi. Subbirliklarning birikishi uchun kerak boTgan energiya GTF gidrolizi natijasida hosil boTadi. Hosil boTgan initsiator kompleksi (mRNK, ribosoma va metionil-tRNK) elongatsiyaga tayyor. Metionil-tRNK o zini antikodoni bilan mRNK ni AUG kodoniga o'ziga xos juftlashadi, ya'ni mRNK ga vodorod bogTari bilan "osilib qolgan"ga o'xshaydi, aminokislota joylashgan aktseptor oxiri esa ribosomaning katta subbirligiga yopishgan boTadi. 4.14.-rasm. Polipeptid zanjirning elongatsiyaga tayyor bo lishi. Elongatsiya. Polipeptid sintezi har doim N-oxiridan boshlanadi va C-oxiri bilan tugaydi. Polipeptid zanzirining bitta aminokislotaga uzayishi uch qadamda amalga oshadi: aminoatsil-tRNK ning bog' lanishi; transpeptidatsiya (peptid bogining hosil bo'lishi); translokatsiya (mRNK ning bitta triplet ga siljishi) Birinchi qadam. Ribosomani chap tomonida joylashgan tRNK antikodoni bilan mRNK kodoniga, aktseptor qismi esa uzayuvchi peptidga bog'langan. Peptidil-tRNK ga kiruvchi bu peptid katta subbirlikda joylahsgan P-qism bilan bogTanadi. Birinchi qadamda mRNK ning erkin holatdagi ikkinchi kodoni ribosomaga kirgan aminoatsil-tRNK antikodoni bilan juftlashadi. tRNK ning aminoatsilli oxiri ribosomaning katta subbirlikdagi A-qismi bilan bogTanadi. Shu bilan birinchi davr, ya'ni bogTanish jarayoni tugaydi. Energiya manbai sifatida GTF ning fosfat bogTari sarflanadi. Ikkinchi qadam -transpeptidatsiya, peptidil guruhini chapdagi tRNK dan aminoatsil-tRNK ning aminoguruhiga o'tkazilishi. Natijada ribosomaning A va P qismlarida joylashgan aminokislotalar orasida yangi peptid bog'i tuziladi. Bu jarayonni peptidiltransferaza katalizlaydi, A qismda dipeptidil tRNK hosil boTadi. P qismda esa bosh, yuklanmagan tRNK formilmetionin qoladi. Endi ribosomaning A qismi bilan yangi aminoatsil-tRNK birikadi va sikl takrorlanaveradi. Elongatsiya siklining 3-qadamida ribosoma mRNK bo'уlab З'-oxiriga qarab bir kodonga siljiydi. Dipeptidil tRNK A qismdan P qismga kochib, ozod bolgan tRNK P-qismdan ajralib, sitoplazmaga otadi. Endi A-qismda mRNK dagi 3-kodon joylashadi. Ikkinchi kodon esa P-qismda boshab qoladi. Bunday siljishga translokatsiya deyiladi. Bu bosqich uchun yana bir elongatsiya faktori EF-G yoki translokaza fermenti ishtirok etadi. Endi ribosoma unga birikkan dipeptidil tRNK va mRNK bilan navbatdagi siklga tayyor; uchinchi aminokislota qoldig i ham xuddi ikkinchi aminokislota qoldig'i kabi birikadi. Shunday qilib, har bir aminokislotani o'sayotgan polipeptid zanjiriga qo shilishi uchun ikki molekula GTF sarf boTadi. Elongatsiya mRNK toTiq o'qib boTinguncha davom etadi. Download 89.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling