Mavzu: Hujayraning irsiy axborotlarni amalga oshirilishi


Ribosomalarda oqsil sintezining mexanizmi


Download 89.77 Kb.
bet7/11
Sana02.06.2024
Hajmi89.77 Kb.
#1837805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Genetik axborotning ko chirilish turlari

Ribosomalarda oqsil sintezining mexanizmi. Ribosomalardagi oqsil sintezi yoki translyatsiya uch bosqichga boTinadi: initsiatsiya (boshlanish), elongatsiya (polipeptid zanjirining uzayishi) va terminatsiya (tugashi).
Initsiatsiya. Initsiatsiya juda murakkab va muhim bosqichni boshlab beruvchi reaktsiya. Bu bosqichda oqsil sintezi uchun lozim boTgan apparat ayrim komponentlardan yigTlib, ish boshlashga tayyorlanadi. Translyatsiyaning boshlanishi sekinlik bilan boradigan jarayon. Ribosomalar translyatsiya jarayonining markazi boTganligi uchun mRNK bilan bogTanishi kerak. Ribosoma ishlamagan holatida subbirliklarga ajralgan boTadi. Yadrodan sitoplazmaga oTgan mRNK kichik subbirlikning katta subbirlikka birikadigan yuzasi bilan bogTanadi. Subbirlikka birikadigan nuqta RNK ning 5'-oxiri bilan yonma-yon joylashgan, shuning uchun RNK dasturini "o'qish" 51 —>31yoki NH2—>COOH yo'nalishida boradi. Subbirliklar chegarasida mRNK ning faqatgina ikkita kodoni joylasha oladi.





4.12. -rasrn Initsiatsiya bosqichining boshlanishi.
Faol boTmagan ribosoma va uning ikkita qismi: P- peptidil; A- aminoatsil
mRNK ni 5'-oxirining birinchi kodoni AUG yoki GUG. Bu kodonlar boshlovchi - initsiyatsiyalovchi kodonlar deb atalib, ribosomalardagi translyatsiya
har doim aynan ulardan boshlanadi. Bu kodonlarga antikodoni mos keladi. Eukariotlarda ikki turdagi metionil-tRNK boTadi. Ulardan biri doim initsiatsiyada ishtirok etadi, ikkinchisi esa elongatsiya jarayonida ishtirok etadi. Prokariotlarda oqsil biosintezi NH2 guruhi formil guruhi bilan blokirlangan formilmetionin-tRNK dan boshlanadi.
Bundan tashqari initsiatsiyada kamida uchta oqsilli faktorlar (Fb F2, F3) ishtirok etib, ular ribosoma va GTF ni tashkil etuvchi komponentlariga kirmaydi. Oqsilli faktorlar mRNKning kichik subbirlik va GTF bilan bogTanishini yengillashtiradi.






Download 89.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling