Mavzu: Hujayraning irsiy axborotlarni amalga oshirilishi
Oqsilni translyatsiyadan keyingi o'zgarishlari
Download 89.77 Kb.
|
Genetik axborotning ko chirilish turlari
Oqsilni translyatsiyadan keyingi o'zgarishlari. Translyatsiya davomida oqsillar uchlamchi strukturaga ega bo'la boshlaydi, sintezlangan oqsil ribosomadan ajralgandan so'ng shakllanish nihoyasiga yetadi. Sintezlangan oqsil bo'laklari - oldbirikmalari (o'tmishdoshlari) hujayra sitoplazmasida cheklangan proteolizga uchraydi. Oqsil biologik faol konformatsiyasini olishi uchun polipeptid zanjiri awal protsessing, ya'ni translyatsiyadan keyingi modifikatsiya davrini o tishi kerak. Modifikatsiya har xil oqsillarda turlicha o tib, polipeptid zanjirining turli qismiga tegishli boTishi mumkin. MaTumki, prokariot hujayralarda barcha polipeptidlar sintezi N-formilmetionindan, eukariotlarda esa metionin qoldig'idan boshlanadi. Tekin bu aminokislotalar polipeptid zanjirdan maxsus fermentlar ta'sirida chetlatiladi va toTa shakllangan oqsil molekulasida boTmaydi. Ba'zan N- oxiridagi aminokislotalarning aminoguruhi atsetillanadi, ba'zilarida C-oxiridagi aminokislota ozgarishlarga uchraydi. Modifikatsiyaning boshqa turlari ba'zi polipeptidlarning N-oxirida boTadigan 15-30 aminokislotalardan iborat signal qatorni chetlatish, gidroksiaminokislotalar - serin, treonin va tirozinni ATF yordamida fosforlash (masalan kazeinda), aspartat va glutamat kislotalar qoldiqlariga qoshimcha dikarbon kislotalarni qoshish, ayrim aminokislotalar, masalan, lizinni metillash bilan bogTiq. Bu shakldagi modifikatsiyalar kopincha oqsil zarrachasi zaryadini ozgartiradi, boshqa komponentlar bilan o'zaro ta'sirini kuchaytiradi, oqsil molekulasiga xos spetsifik sifatni belgilaydi. Glikoproteidlar tuzilishida polipeptid zanjirining ma'lum qismlariga aspartat kislota yoki serin va treonin qoldiqlariga uglevod zanjirlari fermentlar yordamida birikadi. Ko'p oqsillarda sistein qoldiqlari orasida disulfid bog'lar tuzilib, polipeptid zanjiri oxirida yoki zanjirlar orasida ko'ndalang bog'larning pay do boTishi ham translyatsiya tugagandan keyingi o'zgarishlar oqibatidir.
Mana shu shaklda yetilgan ba'zi oqsillar hujayra sitozoliga o'tib, o'z joylarini oladilar, boshqalari hujayraning turli organellalariga tashiladi va ularning strukturasiga kiradilar, uchinchilari hujayradan ajralib (sekretsiya), boshqa joylarga transport qilinadi, masalan, gormonlar. Download 89.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling