Mavzu: Hujayraning irsiy axborotlarni amalga oshirilishi
- rasm Elongatsiya bosqichi
Download 89.77 Kb.
|
Genetik axborotning ko chirilish turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Poliribosomalar.
4.15. - rasm Elongatsiya bosqichi
Terminatsiya. Translyatsiyaning oxirgi bosqichi terminatsiya deb ataladi. Oqsil sintezida polinukleotid zanjiri maxsus terminatsiyalovchi kodonlari UAA, UAG, UGA tripletlaridan biriga tog'ri kelganda uziladi. Bu tripletlar ma'nosiz tripletlar deb ataladi, chunki ularning birortasi aminokislotani kodlamaydi; ularga amber(qahrabo), achre(oxra) va opal(opal) nomlari berilgan. Polipeptid zanjirining C- oxiriga so'nggi aminokislota birikkanidan keyin ham sintez qilingan oqsil ribosoma bilan bogTangan holda qoladi. Ribosoma terminatsiyalovchi kodonga yetishishi bilan uchta terminatsiyalovchi oqsil faktorlari Rb R2 va S (rilizing faktorlar) ishga tushadi. Ular polipeptidni oxirgi mRNK dan gidrolitik yoT bilan va P qismdan oxirgi, endi "bo' sh qolgan" tRNK ni ajratadilar hamda 70 S ribosomani 30 S va 50 S subbirliklarga parchalab, yangi polipeptid sinteziga tayyorlaydilar. Poliribosomalar. Oqsil sintezi jarayonida ribosoma matritsadagi polinukleotidlarining chegaralangan bolagi bilan bogTanadi. Ayni vaqtda bunday birikish RNK ni nukleazalar tomonidan parchalanishdan ham saqlaydi. mRNK dagi kodlovchi tartibni oqish uchun ribosoma matritsa bo'yicha birin-ketin 51- oxiridan 3'-oxiriga o'tib borishi (yoki o'zi orqali mRNK ni tortib o'tkazishi) kerak deb hisoblanadi. Demak, ribosomalar mRNK da siljib, 5'-oxiri bo'shashi bilan yangi ribosomalar unga tizilib boradi, binobarin bir qancha ribosomalar bir vaqtda ayni axborotni o'qiydilar. Bunday ishlovchi ribosomalar kompleksi (4 tadan 20 tagacha) ga poliribosoma deb aytiladi. Ribosoma mRNK bo'ylab 50-100 A siljisa, shu tomondan mRNK ga ikkinchi ribosoma kiradi. U ham birinchi ribosoma singari oqsil sintezini boshlaydi va uning orqasidan siljib boradi. Ikkinchi ribosomaning orqasidan uchinchisi, to'rtinchisi va h.k. kirib kela boshlaydi, ularning hammasi bir xil vazifa - shu mRNK da yozilgan dastur bo'yicha oqsil sintezini amalga oshiradi. O'ng tomonga surilib borgan sayin polipeptid zanjiri uzayib boradi. mRNK ni oxiriga yetib borganda sintez tugaydi. Poliribosomalar hosil boTishida hamda shu bitta mRNK dan bir nechta oqsil molekulasi sintezlangani hisobiga mRNK ning ko'plik nusxasiga hojat yo'q. Shu bilan bir vaqtda bitta ribosomadan foydalanganga nisbatan oqsil sintezi tezroq boradi. 1 sekundda polipeptid zanjir bitta aminokislotaga uzayadi, hujayraning jadal o'sish davrida esa 1 sekundda 20 ta aminokislotagacha oshadi. Ribosomadan mRNK ajralgandan so'ng u o'sha zahotiyoq sitoplazmadagi ribonukleazalar tomonidan gidrolizlanadi. Shu sababli sintezi amalga oshgan oqsilning yangi biosintezi uchun mRNK yana yangidan hosil boTishi kerak. Download 89.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling