Mavzu: Hujayraning irsiy axborotlarni amalga oshirilishi
Oqsillar biosintezi - translyatsiya. Genetik kod va uning xossalari
Download 89.77 Kb.
|
Genetik axborotning ko chirilish turlari
4.3. Oqsillar biosintezi - translyatsiya. Genetik kod va uning xossalari.
Rekognitsiya. Ribosomalarda oqsil biosintezi. Translyatsiya -mRNK dagi irsiy matnni oqsil polipeptid zanjiriga - muntazam aminokislotalar ketma- ketligida otkazish. Translyatsiya mahsuloti maxsus oqsil boTganligi uchun translyatsiya jarayonni teng ma'noda oqsil biosintezi deb atasa ham boTadi. Translyatsiya jarayonini hujayraning turli qismlarida boradigan ikki bosqichga boTish mumkin: rekognitsiya, ya'ni aminokislotalarning faollanishi va oqsil biosintezining ozi. Rekognitsiya gialoplazmada, oqsil biosintezi esa ribosomalarda amalga oshadi. Aminokislotalar faollanish jarayoni mohiyati boyicha aminokislotalarni o z tRNK siga birikishidan iborat. tRNK strukturasi "tarjimonlik" sifatiga ega, ya'ni bitta molekulada "nukleotidli matnni o'qish" (tRMC antikodoni mRNK kodoni bilan mos kelishi kerak) va ozi aminokislotasini tashish (aktseptorlik oxirida) qobiliyatlari mujassamlashgan. Ammo tRNK togridan-togri ozi aminokislotasi bilan birika olmaydi. Bu vazifani bajarishda hujayra shirasida tRNK o'z aminokislotasini "tanishini" ta'minlaydigan, maxsus "tarjimon" sifatidagi fermentlar mavjud. Bu fermentlarga aminoatsil-tRNK-sintetazalar (qisqacha ARS azalar) deb ataladi. Har bir aminoatsil-tRNK-sintetazani 3 ta bogTovchi markazi bor: aminokislota, tRNK va ATF uchun. Proteinogenli aminokislotalarning har biriga mos keladigan kamida 20 ta ARS azalar bor. ARSazalar - yuqori molekulali (100000-240000), to'rtlamchi strukturaga ega. Ular tRNK va aminokislotani oziga xos ravishda "taniydi" va quyidagi reaktsiya boyicha birikishini ta'minlaydi: Aminoatsil-tRNKdamakroergikbogTarhosilboTishidaenergiyamanbaisifatidaATFdan (Mg2+ kofaktorvazifasinibajaradi) foydalaniladi. Reaktsiyada barcha transport RNK lar uchun bir xil bolgan oxirgi SSA ning adenozinidagi 31- OH gidroksiliga aminokislota bogTanadi. Hujayrada proteinogen aminokislotalar soniga mos keladigan 20 ta emas, balki taxminan 40-60 ta tRNK mavjud, chunki ayrim aminokislotalar ozlariga xos boTgan bir nechta tRNKdan foydalanadi. Demak, aminokislota bilan tRNK bogTanishida aminokislota yetakchilik qilib, tanlash vazifasini bajaradi, unga esa ozining tRNK si borib bogTanadi. Songra tRNK o'ziga birikkan aminokislotani oddiy diffuziya yoTi bilan ribosomaga otkazadi va u yerda turli xil aminoatsil-tRNK ko'rinishidagi aminokislotalardan oqsil yigTlishi amalga oshadi. Ribosomalarda oqsil biosintezi. Oqsil biosintezida (translyatsiyaning II bosqichi) quyidagilarning boTishi zarur: mRNK - genetik matritsa sifatida; aminoatsil tRNK, mRNK "matni"ni o'qish va oqsil yig'ilishida aminokislotalar manbai sifatida; ribosomalar - mRNK dasturi asosida aminokislotalarni polipeptid zanjirida ketma-ket birikishida molekulyar mashina sifatida; GTF - ribosomalardagi oqsil sintezida energiya manbai sifatida; oqsilli "faktor'lar - ribosomalarda oqsil yigTlishining turli davrlarida yordam beradi; ayrim ionlar (Mg2+, K+ va h.k.) - kofaktor sifatida. Ribosomalar o'zi qanday tuzilishga ega? Prokariotlar va eukariotlarning ribosomalari deyarli bir xil tuzilgan, faqat molekulyar massalari bilan farq qiladi. Eukariotlarda ribosomalar - 80 S, prokariotlarda esa - 70 S. Ribosomalar katta va kichik ikkita subbirlikdan tashkil topgan. Har birini skeleti oqsil bilan o'ralgan rRNK tashkil etadi. Ribosomalar tarkibida 60 dan ortiq oqsillar mavjud boTib, ularning ko pchiligini vazifalari hali aniqlanmagan. Tekin, ribosomalar faqat toTiq yig'ilgandagina faol boTishi mumkinligi aniqlangan. Oqsil sintezida ishtirok etmaydigan ribosomalar osongina parchalanib ketadilar. Hujayrada ribosomalar hujayra shirasida erkin yoki endoplazmatik to'rning membranasi bilan bogTangan holda boTadi. Hujayrani turli qismlarida ribosomani joylashishi yoki uning turli joylaridagi endoplazmatik retikulum membranasi bilan bogTanishi sintezlangan oqsilni hujayraning kerakli qismida yig'ish imkonini beradi. Download 89.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling