Mavzu: Hujayraning irsiy axborotlarni amalga oshirilishi


RNK ning posttranskripstion o'zgarishlari


Download 89.77 Kb.
bet4/11
Sana02.06.2024
Hajmi89.77 Kb.
#1837805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Genetik axborotning ko chirilish turlari

RNK ning posttranskripstion o'zgarishlari. Yadroda RNK ning hamma o'tmishdoshlari posttranskriptsion yetilish yoki protsessing bosqichini o'tadi. Protsessing natijasida pre-RNK dagi axborot saqlamaydigan "ortiqcha" qismi olib tashlanadi va "yetilgan" - ma'lum vazifani bajaradigan RNK hosil boTadi.


Protsessingda uch amal bajariladi:

  1. pre-RNK dagi axborot saqlamaydigan qismlar kesib, ajratib olinadi;

  2. axborot saqlovchi "uzilgan" genlaming birikishi - splaysing;

  3. RNK nin2 51—>31 -oxiri nismlarining modifikatsivasi





4.11.-rasm RNK protsessingi.
Pre-mRNK ning protsessingi. Pre-mRNK dagi axborot saqlamaydigan qismlar ekzo- va endonukleaza deb ataluvchi ribonukleazalar yordamida amalga oshadi. Ular 51 -oxiridan boshlab fosfodiefir bogTarini gidrolizlaydilar va pre-

mRNK dan tayyor mRNK ning zarur qismini qoldiradi. Agar pre-mRNK tarkibida transkriptondan olingan, uzilgan genlar boTsa, unda pre-mRNK ning ichki qismida joylashgan intron (axborot saqlamaydigan qism) kesib tashlanadi. Qolgan ekzonlar esa maxsus RNK-ligazalar yordamida bitta zanjirga tikiladi. Natijada transkriptsiyadan keyingi polipeptid zanjirni kodlovchi uzluksiz genlar qayta tiklanadi. Keyin shu yerda, ya'ni yadroning ozida hosil boTgan mRNK ning 51- va 31- oxirlarining modifikatsiyasi amalga oshadi. mRNK ning 51- oxiriga "qalpoq" yoki "KEP" deb nomlanadigan oligonukleotid ulanadi. Bu "qalpoq" 2 yoki 3 ta metillangan nukleotiddan iborat. Bunday metillangan "qalpoq" mRNK ni 5'-ekzonukleza ta'siridan himoya qiladi.
Eukariotlarda mRNKning 31- oxiriga taxminan 200 nukleotiddan iborat poliadenilli fragment - poli (A) birikadi. Birikish poli (A)-polimeraza yordamida amalga oshadi. Bu poli (A) - fragment mRNK ning yadrodan sitoplazmaga oTkazilishi uchun zarur.

Download 89.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling