Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja
Kurilish shartnomasida kuyidagilar aks ettiriladi
Download 1.8 Mb.
|
1. MA\'RUZA (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligi va uni aniqlash yo’llari.
Kurilish shartnomasida kuyidagilar aks ettiriladi: tomonlarning majburiyatlari, yetkazilgan zararlarni koplash tartibi; mavjud muammolarni xal kilish yullari, xujalik sudiga da’vo arizasini kiritish tartibi; shartnoma ishtirokchilarining malakasini tasdiklash.
Kurilish shartnomalari konkurs asosida tuziladi va imzolanadi. Konkurs shartlari buyurtmachi tomonidan aniklab olinadi. SHartnoma imzolanishigacha kurilishni moliyalashtirish va xujjatlashtirish ishlari xam aniklab olinishi talab etiladi. 3. Kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligi va uni aniqlash yo’llari. Investitsiya faoliyati samaradorligini oshirishdagi bosh yo’nalish - moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish, qaytarilmaslik sharti bilan byudjet xnsobidan moliyalashtirishdan investitsiyalarni kreditlashga o’tishdan iborat. Bank krediti uzoq muddatli mablag’ ajratishda ehtimoli bo’lgan jami risklar bir qadar to’liqroq hisobga olinadi, ularni kamaytirish yo’llari belgilanadi, kreditni qaytarish muddatlari, manbalari va ularning foizlarini to’lash chora-tadbirlari ko’riladi. Ssudalarning oldindan belgilangan muddatlarda qaytarilishi majburiyligi va kreditning to’lovligi asosiy kapitalga safarbar etiladigan investitsiyalardan oqilona foydalanishga ko’maklashadi va qarz vositalaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarish quvvatlarini o’z vaqtida ishga tushirish va o’zlashtirish mas’uliyatlarini oshiradi. Iqtisodiy asoslangan holda investitsiyalarni kreditlashni tashkil qilish ularning samaradorligini ko’tarishda katta ahamiyatga egadir. Birinchidan, kreditning ishtiroki kapital sarflarni iqtisodiy sub’ektlar faoliyatining pirovard iqtisodiy natijalari bilan uzviy bog’lanishini ta’minlashga yordam beradi va o’z navbatida loyihaviy qarorlarining eng tsjamkor variantlarini tanlashdan manfaatdorlikni ta’minlaydi. Ikkinchidan, qarzning asosiy mikdorini va u bo’yicha foizlarni qaytarish manbai bo’ladigan foydani o’stirish imkoniyatlarini faol izlanishni rag’batlantiradi. SHu bilan birga loyihalarni moliyalashtirish uchun bank kreditlarini berish, bank, kredit, foiz va boshka risklarni, kredit resurslarini qaytarmaslik risklarini ko’paytiradi. Bu esa banklarni xar tomonlama o’ylangan, "etti o’lchab, bir kesilgan" qarorlar qabul qilishga majbur qiladi. Bank kreditining lizing krsditi kabi muqobil shaklini ko’llash uning ta’minlanganlik tamoyilini kafolatlaydi. O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish boskichida banklarning investitsiya faoliyatining rivoji sust borayotganligini ko’rish mumkin. Keyingi yillarda qurilishga yo’naltirilgan va ishlab chiqarish asbob-texnikalari xarid etishga safarbar etilgan kredit resurslari tuzilmasida asosiy o’rinni chet el krsditlari, markazlashtirilgan milliy kredit resurslari egalladi, tijorat banklari kreditlari ishtiroki deyarli kengayganicha yo’k. Kreditning lizing shaklidan deyarli foydalanilmadi. Investitsiyalarni moliyalashtirishda lizing kreditidan foydalanish keng yoyilmadi. SHunday kilib, umuman investitsiyalarning moliyalashtirish manbalarida qarz mablag’lar rolining oshishi, asosan, chet el kreditlarining ko’payishi hisobiga yuz beradi. CHet el krsditlari va markazlashtirilgan milliy krsditlar salmog’ining yuqoriligi chst el kreditlari bo’yicha kafolatlarining borligi va tijorat banklari kreditlari bo’yicha foiz stavkalarining nobarqarorligi bilan izohlash mumkin. Xukumat kafolatlari bilan olinayotgan chet el kreditlari hissasining ko’tarilishi banklar tomonidan katta ehtiyotkorlik bilan valyuta kreditlarining qaytarilmaslik risklarini kun tartibiga qo’yadi va hisobga olishni talab etadi. Bu esa, o’z navbatida, investitsiya loyihalarini batafsil tahlilini va ekspertizasini o’tkazishda, investitsiya qarorlarini qabul qilishda, xalkaro moliya institutlari va chet ellik investorlarning qarz mablag’laridan foydalanishda banklarning mas’uliyatini g’oyat ko’tarishni talab qiladi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling