Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja
Download 1.8 Mb.
|
1. MA\'RUZA (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Resurslar bozori
Bozorlar tahlili. Mahsulot bozori tahlilida quyidagi savollarga javob topish lozim:
mahsulot qayerda sotiladi? mahsulot narxi tushib ketmasligi uchun bozorning sig`imi yetarlimi? agarda narx tushib ketishi aniq bo’lsa, u qanchalik tushib ketadi? yangi narxlarda loyiha moliyaviy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo’ladimi? loyiha bozor umumiy sig`imining qanday ulushini ta'minlashi mumkin; yangi mahsulot ishlab chiqarishni o’zlashtirish uchun yetarlicha ishlab chiqarish resurslari mavjudmi? loyihada ishlab chiqarilayotgan mahsulotni qayta ishlash imkoniyatlarini oldindan ko’rib chiqish lozimmi, yoki uni qayta ishlash va marketingi uchun yangi loyiha tuzish maqsadga muvofiq bo’ladimi? mahsulotni bozorga olib chiqish uchun qanday moliyaviy tadbirlarni amalga oshirish lozim bo’ladi va marketingni moliyalashtirish uchun loyihada qanday maxsus choralarni oldindan nazarda tutish lozim? davlat subsidiyalarini olish yoki narxlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash imkoniyatlari qanday? Resurslar bozori - narxlar kon'yunkturasi, moddiy-texnik va mehnat resurslari, uskunalar, xom- ashyo va materiallarning mavjud hajmlari va sifati nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Biznes-reja ishlab chiqish jarayonida loyiha tomonidan talab qilinayotgan yetkazishlarni (misol uchun, dehqonchilikda yangi texnologiya yoki tizimni joriy qilishda o’g`itlar, pestitsidlar va yuqori sifatli urug`lar) ta'minlash bo’yicha lozim bo’lgan tadbirlarni oldindan ko’rib chiqish lozim. Loyihani talab qilinayotgan resurslar bilan ta'minlash uchun yetarli bo’lgan bozor kanallarining mavjudligi va ularning o’tkazish qobiliyatini aniqlash; yetkazib berishlarning yangi kanallarini yoki mavjud kanallarni moslashtirish uchun maxsus tadbirlarni o’tkazish lozimligini aniqlash kerak. Xususan uskunalarni yetkazish bo’yicha adolatli narx belgilash uchun konkurs savdolarini o’tkazish qo’llaniladimi, xaridlar bo’yicha tavsifiy ro’yxatni kim tuzadi va h. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling