Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja


Download 1.8 Mb.
bet45/75
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1470492
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75
Bog'liq
1. MA\'RUZA (5)

Joylashuv. Loyiha joylashuviga ta'sir etuvchi omillar ham juda xilma-xil bo’lib ularni ham prognoz qilish lozimdir. Tabiiyki, so’nggi natijani maksimumga olib keluvchi joylashuv eng qulay hisoblanadi. Ko’pgina hollarda joylashuvni tanlash, turli xil fikrlar o’rtasida barchani qoniqtiradigan qarorga kelish zaruriyati bilan ifodalanadi. Har bir qaror o’z ustunlik va kamchiliklariga ega, ularni baholaydilar va eng yaxshisi tanlanadi.
Turli xil variantlar, quyidagilarning yaqinligi va qiymatini hisobga olgan holda ko’rib chiqiladi:

    • qulay fizik tavsiflarga (yer tuzilishi, qurilish uchun sharoitlar va h.) ega yer uchastkasi;

    • xom-ashyo va materiallar bozori;

    • loyiha bo’yicha ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan, mahsulot bozori;

    • energiya manbalari;

    • ishlab chiqarish infratuzilmasi (suv, elektr uzatish liniyalari, yoqilg`i, aloqa vositalari, avtomobil va temir yo’llar va h.);

    • ijtimoiy infratuzilma (bolalar bog`chalari, maktablar, do’konlar, kasalxonlar va h.);

    • ishchi kuchi (malakali, past malakali, malakasiz).

Tanlangan variant loyihaning barqaror amalga oshirilishini va minimal xarajatlar bilan maksimal daromadga erishishini ta'minlashi lozim.
Loyihani amalga oshirish muddatlari. Loyihani amalga oshirish muddatlari loyihani tayyorlash jarayonida alohida ko’rib chiqiladigan masala hisoblanadi, chunki ularning optimalligi aniq asoslangan bo’lishi lozim. Loyiha taklif etayotgan mahsulotga bo’lgan talab, texnologiyalarning ahvoli yoki qandaydir qo’shimcha kapital qo’yilmalarning imkoniyatlari loyihani iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq qilish uchun yetarli bo’lmasligi va shu sababdan loyiha muddatidan ilgarilab ketgan bo’lishi mumkin. Ikkinchi bir tomondan, loyiha kechikib qolishi havfi ham mavjud.
Loyihaviy tahlil uslubiyotida hisob davri tushunchasi mavjud. Loyihaning investitsiyaviy, operatsiyaviy va moliyaviy faoliyati barcha turlarining natijalari bo’yicha moliyaviy oqimlar ushbu davr uchun hisoblanadi. Shuningdek, loyihani amalga oshirish mumkinligi mezonlarining qiymatlari, hamda tavakkalchilik va noaniqlikni baholash ham aynan shu davrga nisbatan amalga oshiriladi.
Hisob davri qadamlarga bo’linadi; har bir qadam uchun har bir pul oqimi bo’yicha qiymatlar aniqlanadi. Pul oqimlarining qadam qiymatlari yig`indisi, keyinchalik loyiha samaradorligi va amalga oshirish mumkinligini aniqlash uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Hisob davri, odatda, vaqt bo’yicha loyihani amalga oshirishning hayotiy sikli bilan bir xil bo’ladi. Shu bilan birga loyihaning identifikatsiya va ishlab chiqish bosqichlarida loyihani boshlash va tugallash muddatlarini belgilash alohida e'tiborni talab qiladi, chunki loyiha bo’yicha qaror qabul qilish sifati ko’p jihatlari bilan aynan muddatlarni to’g`ri belgilashga bog`liqdir.
Hisob davrining boshlanishi sifatida, odatda, investitsiyaviy bosqich boshlanishi qabul qilinadi. Bu degani, barcha hisob-kitoblar kredit taqdim etish shartnomasi imzolangan vaqtdan yoki loyihani moliyalashtirish uchun birinchi transh o’tkazilgan vaqtdan boshlanadi. Agarda loyiha shaxsiy mablag`lar hisobiga moliyalashtiriladigan bo’lsa, hisob davri boshi sifatida loyihani amalga oshirish maqsadida kiritilgan birinchi moliyaviy qo’yilma vaqti qabul qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, loyihani amalga oshirishni boshlash bilan bog`liq bo’lgan, investitsiya ob'ektida ro’y bergan pul oqimlaridagi birinchi o’zgarish hisob davrining boshlanishidir.
Hisob davrining tugashi esa, odatda, loyihani likvidatsiya qilish (tugatish) jarayonidagi so’nggi hatti-harakat vaqtiga to’g`ri keladi.
Loyihani tabiiy tarzda tugatilishi, loyiha bo’yicha xarid qilingan uskunalar xizmat davrining tugashi yoki loyihada ishlab chiqarilayotgan mahsulot savdosining to’xtatilishi kabi, oldindan rejalashtirilgan sharoitlar sababli bo’lishi mumkin.
Loyihani tugatishning rejalashtirilmagan sabablariga esa avariyalar, halokatlar, chuqur iqtisodiy inqirozlar, bozor kon'yukturasidagi kutilmagan o’zgarishlar kiradi. Albatta, loyiha samaradorligini tahlil qilishda, bunday holatlarning yuzaga kelishi mumkinligi faqatgina tavakkalchiliklarni baholashda hisobga olinadi va hisob davri tugallanishiga hech qanday ta'sir ko’rsatmaydi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling