Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja


Download 1.8 Mb.
bet47/75
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1470492
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75
Bog'liq
1. MA\'RUZA (5)

Ichki institutsional sharoitlarning tahlili quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi:

    • loyihani amalga oshirish va korxonani boshqarishning uslublari va texnik vositalari (monitoring va natijalarni baholash shular jumlasidandir);

    • korxonaning boshqaruv va tashkiliy tuzilmalari;

    • rejalashtirish tizimi, investitsiyalarni rejalashtirishni o’z ichiga olgan holda;

    • kadrlar va ularni tayyorlash;

    • moliyaviy boshqaruv, buxgalteriya va audit;

    • savdo-xarid faoliyatini tashkil etish tizimi;

    • korxonaning ichki siyosati (strategiya va taktika);

    • korxona mustahkamligini baholash.

Korxonada qo’llanilayotgan boshqaruv uslublari, boshqaruv xodimlarining texnik qurollanganligi loyihani amalga oshirish jarayoniga, hamda uning joriy va so’nggi natijalariga samarali ta'sir ko’rsatish imkoniyatlari nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
Korxona tashkiliy va boshqaruv tuzilmalari, ularning loyiha sharoitlariga mos kelishi tahlil qilinishi lozim. Misol uchun, korxonada loyihani boshqarish bilan shug`ullanadigan maxsus bo’lim tuzilganmi, yoki bu funksiyalar mavjud tuzilmaviy bo’limga berilganmi? Agarda bu funksiyalar mavjud bo’limga berilgan bo’lsa, ushbu bo’limning imkoniyatlari va boshqa bo’limlar bilan o’zaro munosabatlari, hamda uning boshqaruv qarorlarini qabul qilish tizimidagi roli tahlil qilinishi lozim.
Rejalashtirish tizimi ham, loyihani amalga oshirish maqsadlari uchun samaradorligi nuqtai nazaridan baholanadi. Rejalashtirish uslublari, davriyligi, sifati, qabul qilingan rejalar bajarilishi ustidan nazorat o’rnatish yo’llari aniqlanadi. Bunda investitsiyalarni rejalashtirishga alohida e'tibor qaratiladi.
Loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida – identifikatsiyadan tortib to foydalanishga topshirishgacha – jalb etilgan kadrlar malakasi loyiha talablari va sharoitlariga javob berishi lozim. Xodimlar malakasi yetarli bo’lmagan taqdirda, ularni o’qitish, mutaxassislarni yollash, maslahatchilarni taklif etish bo’yicha tadbirlar rejalashtiriladi.
Moddiy va moliyaviy rag`batlantirish tizimi hisobiga ta'minlanadigan, xodimlarning umumiy va shaxsiy manfaatdorligi ham muhimdir. Tahlil jarayonida korxonada bunday tizim mavjudligi tekshiriladi va uni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, xodimlar o’rtasida funksiyalarning to’g`ri taqsimlanganligi, har bir xodim uchun kasbiy o’sish imkoniyatlarining mavjudligi, xodimning umumiy ishdagi ishtirokdan ma'naviy qoniqish hosil qilishi baholanadi.
Korxona tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy siyosat, moliyaviy oqimlarni boshqarish, moliyaviy va hisobot hujjatlarini tayyorlashning sifati, to’g`riligi va davriyligi, shuningdek ichki va tashqi auditorlik tekshirishlarning natijalari ham institutsional tahlil ob'ekti hisoblanadi. Bu quyidagi ikkita asosiy maqsadni ko’zlagan holda amalga oshiriladi:

    • korxonadagi moliyaviy boshqaruv va hisob tizimi loyiha talablariga qanchalik javob berishini aniqlash;

    • topilgan kamchiliklarni yo’q qilish bo’yicha tadbirlar tizimini ishlab chiqish.

Savdo-xarid faoliyatining tahlili, savdo, xarid va ta'minot sohalaridagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo’llarini rejalashtirish imkonini beradi.
Yirik investitsiyaviy loyihalar, odatda, texnika va uskunalarni xarid qilishni maxsus shartlar bilan (misol uchun tender asosida savdo o’tkazish) amalga oshirishi ko’zda tutilgan bo’ladi. Loyihani amalga oshiruvchi korxona bunga tayyor bo’lishi lozim. Shuning uchun ham institutsional tahlil
davomida, korxona bunday vazifalarni bajarish uchun yetarli tajribaga egaligi, mutaxassislarni jalb qilish zaruriyati va boshqa tashkiliy masalalar muhokama qilinadi.
Loyihani muvoffaqiyatli amalga oshishiga korxonaning o’ylab amalga oshirilgan ichki siyosati yordam berishi mumkin. Tahlilning bu qismi, korxona rivojlanishi strategiyasi va uni amalga oshirish taktikasini o’rganishga yo’naltirilgan bo’ladi. Mazkur strategiya va taktikaning loyiha maqsadlariga muvofiq kelishiga alohida e'tibor qaratiladi.
Korxona mustahkamligini baholash uchun, uning bozordagi o’rnini, rentabelligini, moliyaviy barqarorligini aniqlash imkonini beruvchi moliyaviy tahlil uslublaridan foydalaniladi.
Loyihani amalga oshirish natijalariga ta'sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan tashqi institutsional sharoitlarning tahlili, quyidagi ikkita asosiy yo’nalishda amalga oshiriladi:

    • barcha pog`onalardagi davlat siyosatining tahlili. Amaldagi qonunlar va tartibga solish siyosatining loyiha natijalariga ta'siri baholanadi. Xususan, atrof muhitni himoya qilish, soliqqa tortish, narxlarni tartibga solish, dotatsiyalar, xalqaro savdo qoidalari, valyuta ayirboshlash siyosati va hokazolar ko’rib chiqiladi;

    • investitsiya qabul qiluvchi korxonaning boshqa korxonalar, jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, hokimiyat institutlari, tarmoq muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlarining tahlili. Bundan asosiy maqsad loyiha uchun foydali bo’lgan o’zaro munosabatlarni va ularni rivojlantirish yo’nalishlarini aniqlashdir.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling