Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja


Download 1.8 Mb.
bet49/75
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1470492
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75
Bog'liq
1. MA\'RUZA (5)

aniqlash va ularga aniq ta'rif berish lozim;

  1. Sanab o’tilgan foyda, xarajat, yo’qotish va tavakkalchiliklarni miqdoriy o’lchash lozim (sentnerlarda, donalarda, odam-soatlarda, foizlarda va h.);

  2. Miqdoran o’lchangan foyda, xarajat, yo’qotish va tavakkalchiliklarni baholash (pul o’lchamidagi qiymat bahosini berish) lozim.

Tabiiyki, barcha aniqlangan foyda, xarajat, yo’qotish va tavakkalchiliklarga qiymat bahosini berib bo’lmaydi. Shuning uchun ham, ayrim hollarda, mazkur masalani bartaraf etishga yordam beradigan eng arzon yechimni (foyda, yo’qotish va tavakkalchiliklarning berilgan darajasidagi xarajatlar minimumi) izlashni taklif etish mumkin.
Umumiy ko’rinishda loyihaning moliyaviy tahlili quyidagi bosqichlardan tashkil topgan bo’lishi mumkin:

    • loyiha xarajatlari umumiy hajmini joriy (past inflyatsiya) va doimiy (yuqori inflyatsiya) narxlarda baholash;

    • pul mablag`larining kelajakdagi oqimlarini baholash, loyiha hayotiy sikli tugagandan keyingi aktivlarning qoldiq qiymatini hisobga olgan holda;

    • loyiha pul oqimlarining kutilgan qiymatlaridan mumkin bo’lgan o’zgarishlarini va ushbu o’zgarishlarning loyiha samaradorligi ko’rsatkichlariga ta'sirini hisobga olish asosida tavakkalchilik darajasini baholash;

    • loyiha tavakkalchiligi darajasini hisobga olgan holda kapitalning alternativ qiymatini aniqlash;

    • loyiha aktivlarining real qiymatini baholash (pul tushumlarini diskontlash va ularni joriy qiymatga olib kelish yo’li bilan);

    • kutilayotgan pul tushumlarining (foydaning) joriy qiymatini, loyihani amalga oshirish uchun sarflangan xarajatlarning diskontlangan qiymati bilan taqqoslash (agarda foydalarning umumiy joriy qiymati, xarajatlarning umumiy joriy qiymatidan yuqori bo’lsa, loyiha samarali sanaladi).

Moliyaviy tahlil loyihadagi ishtirokdan olinadigan foydani baholash maqsadida amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda, o’z va qarz mablag`larini loyihaga sarflash, ulardan foydalanishning boshqa alternativ variantlaridan foydaliroq ekanligiga ishonch hosil qilish lozim.
Moliyaviy tahlilda barcha moddiy oqimlar (mahsulot, xizmatlar, resurslar) pul ifodasida taqdim etiladi. Bu loyihani tashqi muhit bilan bog`lovchi kirish va chiqish oqimlarini taqqoslash, yig`indisini hisoblash va tuzilmaviy tahlilini amalga oshirish uchun zarur. Bunda inflyatsiyani hisobga olish muammosi paydo bo’ladi. Barcha narxlar nominal (ya'ni inflyatsiya o’sishini o’z ichiga olgan) yoki inflyatsiyasiz bo’lishi lozim. Loyihani baholashda, odatda, investitsiyalash jarayonida narxlarning keskin o’zgarishi va yuqori inflyatsiya ro’y bermaydi deb qabul qilinadi. Ammo, bunday qabul qilish xaqiqatga yaqin bo’lmaydi, va shuning uchun ham narxlarning mumkin bo’lgan o’zgarishi uchun zaxira oldindan hisobga olinadi. Bunday zaxiralar loyiha xarajatlari qismiga kiritiladi.
Investitsiyaviy loyihaning moliyaviy tahlili, odatda, ikkita asosiy bosqichni o’z ichiga oladi:

    • «moliyalashtirishdan oldingi» tahlil, ya'ni moliyalashtirishning aniq manbalarini jalb etish bilan bog`liq masalalarni ko’rib chiqilmaydi;

    • «moliyalashtirishdan keyingi» tahlil, ya'ni moliyalashtirishning aniq sharoitlarini hisobga olgan holda.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling