Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja
O’zbekistondagi investitsiyaviy iqlimga ta'sir etuvchi omillar tahlili
Download 1.8 Mb.
|
1. MA\'RUZA (5)
2. O’zbekistondagi investitsiyaviy iqlimga ta'sir etuvchi omillar tahlili.Investitsiyaviy iqlim - bozor islohotlarining to’g`ri yo’lda ekanligi va jahon hamjamiyatining mamlakatdagi mulkchilik huquqlari mustahkamliligiga bo’lgan ishonchining o’lchagichi sifatida xizmat qiladi. Bugungi kunda O’zbekistonda qulay investitsiyaviy muhit yaratilgan. Chet el investitsiyalariga ega korxonalar (ChIK) qonun kafolatlari va sezilarli fiskal imtiyozlarga ega. Natijada, O’zbekiston iqtisodiyotidagi chet el kapitalining roli yildan yilga oshib bormoqda. Bu ChIKlarning sonini o’sishi, ularning YaMM, tashqi savdo aylanmasi va aholi bandligidagi ulushini oshishi bilan ifodalanadi. Shu bilan birga ChIKlar uchun import qilinadigan uskunalarning qiymat hajmi ularning mahsuloti eksporti qiymati hajmidan ancha yuqori. Ushbu muammoning yechimi, ChIKlar eksport faoliyatini kengaytirish uchun qo’shimcha rag`batlantirish choralarini joriy etishni talab qiladi. Ma'lumki, har qanday mamlakatdagi investitsiyaviy muhit, birinchi navbatda mamlakatdagi siyosiy barqarorlikka bog`liq bo’ladi. Aynan ushbu omil, investorga bugungi kunni foydasini emas, balki uzoq kelajakni ko’zlagan holda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi. O’zbekiston investitsiyaviy iqlimining muhim xususiyati shundaki, mamlakatimiz Markaziy-Osiyo mintaqasidagi eng barqaror davlat bo’lib qolmoqda. O’zbekistonda ChIKlar faoliyatining qonuniy bazasini shakllantirish bo’yicha doimiy tarzda ishlar olib borilmoqda, bu esa investitsiyaviy iqlimning muhim tarkibiy qismidir. ChIKlar faoliyatini tartibga soluvchi qonuniy bazasining asosida, 5 may 1994 yilda qabul qilingan «Chet el investorlari va chet el investorlari faoliyatining kafolatlari to’g`risida»gi va 30 aprel 1998 yilda qabul qilingan «Chet el investorlari huquqlarining kafolatlari va ularni himoyalash tadbirlari to’g`risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari yotadi. Bu qonunlar respublikada faoliyat yurituvchi chet ellik investorlar uchun tavakkalchilikni kamaytirishni nazarda tutgan bir qator tadbirlarni o’z ichiga oladi. Shuningdek, mamlakat boshqaruvi tomonidan amalga oshirilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik siyosati ham muhim omil hisoblanadi. O’zbekiston Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi bilan yaxshi aloqalar o’rnatgan. Bunday aloqalar o’zaro hurmat va umumiy masalalarni konstruktiv xal qilish istagi poydevorida barpo etilgan. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich evolyutsion siyosati amalga oshirilishi jarayonida quyidagi natijalarga erishildi: iqtisodiyot tushkunligining oldi olindi va uning barqarorlashuviga erishildi; davlat byudjeti defitsiti ancha pasaydi, bu o’z navbatida inflyatsiyaviy jarayonlarni nazorat qilish imkonini berdi; iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini qayta qurish va rivojlantirishga yo’naltirilgan tuzilmaviy o’zgarishlar amalga oshirilmoqda; davlat tasarrufidan chiqarish va privatizatsiya jarayonlari avj oldi. Har qanday mamlakat investitsiyaviy muhitini tahlil qilishda, milliy valyuta konvertatsiyasi darajasiga muhim rol ajratiladi. Valyuta ayirboshlash kursi ustidan davlat nazoratining saqlanishi va xaridorlarni rasmiy chet el valyuta bozoriga kirishini ta'minlash O’zbekiston iqtisodiy siyosatining o’ziga xos xususiyatidir. Mamlakatga chet el investitsiyalari kirib kelishiga to’sqinlik qiluvchi omillardan biri, bank tizimining rivojlanmaganligidir. Xususan, investorlar nuqtai nazaridan, O’zbekistonda naqd va naqd pul operatsiyalarini o’tkazishni yaxshilash, moliyaviy bozorda raqobat muhitini yaratish ehtiyoji sezilarli. So’nggi vaqtda investitsiyaviy muhitning muhim omili sifatida, chet el investorlari uchun yaratilayotgan imtiyoz va rag`batlantirishlar tizimi aks ettirilmoqda. Turli mamlakatlarda, chet ellik investorlar o’ziga xos imtiyozlar tizimi joriy etilgan. Bozor infratuzilmasi va huquqiy muhitni shakllantirish, muayyan vaqtni talab qiluvchi jarayon hisoblanadi.Shuning uchun ham ko’pchilik mamlakatlar, qulay investitsiyaviy muhitni shakllantirish masadida, vaqtinchalik choralar sifatida, chet el investorlari uchun ayrim imtiyozlar va rag`batlantirishlarni joriy etadilar. O’zbekiston hukumati tomonidan ChIKlarga katta moliyaviy imtiyozlar taqdim etilgan. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: -ChIKning o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari va unda ishlovchi chet ellik ishlovchilarining shaxsiy ehtiyojlari uchun O’zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan mulk bojxona bojlaridan ozod qilinadi; -respublika investitsiyaviy dasturiga kiritilgan loyihalarga kapital qo’yilmalarni amalga oshiruvchi ishlab chiqarish ChIKlari 7 yilgacha daromad solig`idan ozod qilinadilar; -ishlab chiqarish ChIK lari Nizom jamg`armasida chet el investorlarining ulushi 50 foiz va undan ortiq bo’lsa, Nizom jamg`armasi kattaligiga qarab, ular uchun amaldagi soliq stavkalari kamaytiriladi; -eksportga mo’ljallangan yoki import o’rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, yangidan tashkil etilayotgan ChIK lar, agarda ularning ishlab chiqarish hajmining 25 foizdan ortig`ini bolalar tovarlari tashkil etsa, ishlab chiqarishni boshlagan vaqtidan 5 yil davomida daromad solig`idan ozod qilinadilar (keyingi yillarda esa, amaldagi daromad solig`i foiz stavkasi ular uchun 2 barobar kamaytirilgan); -Nizom jamg`armasida chet el kapitalining ulushi 50 foiz va undan ortiq bo’lsa, ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga yo’naltirilgan daromad solig`idan ozod qilinadi; -o’zi ishlab chiqarayotgan mahsulotni erkin konvertatsiyalanadigan valyutaga eksport qiluvchi, ishlab chiqarish ChIKlari eksport bojxona bojlari va boshqalardan ozod etiladilar. So’nggi yillarda kuzatilayotgan asosiy tendensiya shundan iboratki, nafaqat rivojlanayotgan va postsotsialistik davlatlar, balki rivojlangan davlatlar ham chet el investorlari uchun yildan-yilga ko’proq imtiyozlarni taqdim etmoqda. Bu jahon bozoridagi kapital uchun olib borilayotgan raqobat kurashining yorqin isbotidir. Rivojlangan davlatlar moliyaviy imtiyozlarga asoslansa, o’tish iqtisodiyotidagi davlatlar birinchi navbatda fiskal imtiyozlarni taqdim etishadi. Moliyaviy va fiskal imtiyozlarni o’zaro ajratishga bo’lgan bir nechta yondashuvlar mavjud. Bizning fikrimizcha YUNKTAD (UNCTAD) tomonidan taklif etilgan yondashuv eng xaqiqatga yaqinidir. Ushbu yondashuvga muvofiq fiskal imtiyozlarga quyidagilar kiradi: soliq «ta'tillari», korxona muayyan muddatga bir yoki bir nechta (ayrim hollarda esa barcha) soliqlarni to’lashdan ozod etiladi; korporativ soliq (daromad/foyda solig`i) stavkalarini pasaytirish; import bojlaridan ozod qilish; reinvestitsiya imtiyozlari, foydani ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga yo’naltiriladigan qismini soliqlardan ozod etish; ijtimoiy dasturlar imtiyozlari, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish korxona xarajatlarini to’liq yoki bir qismini soliqqa tortish bazasidan chiqaradi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling