Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja


Download 1.8 Mb.
bet48/75
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1470492
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75
Bog'liq
1. MA\'RUZA (5)

Ijtimoiy tahlil.


Ijtimoiy tahlilning asosiy vazifasi – loyiha maqsadlarining, u amalga oshiriladigan ijtimoiy muhit manfaatlariga muvofiq kelishi darajasini aniqlashdir. Loyihani jamiyat tomonidan qo’llab- quvvatlanishini ta'minlovchi tadbirlar lozim, shu jumladan aholi ijtimoiy ahvolida o’zgarishlarni rag`batlantirish yo’li bilan ham. Loyihaviy tahlilda ijtimoiy tahlil bo’lmagan vaziyatlarda, loyiha u bilan bevosita va bilvosita bog`liq bo’ladigan aholi ijtimoiy guruhlari emas, balki faqatgina loyihani ishlab chiquvchilar tomonidan baholanadi.
Ijtimoiy tahlil, loyihaviy tahlilning boshqa jihatlari singari, investitsiyaviy loyihani baholashga bo’lgan yagona integratsiyalashgan yondashuvning muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, loyiha xayotiy siklining barcha bosqichlarini qamrab olishi lozim.
Ijtimoiy tahlil quyidagi to’rtta asosiy yo’nalishni o’z ichiga oladi:

    • loyihani amalga oshirish hududidagi aholining ijtimoiy-madaniy va demografik tavsiflari (soni va ijtimoiy tuzilmasi, shu jumladan etnik tarkibi, yoshi, ma'lumoti, daromadlari darajasi bo’yicha);

    • mintaqada ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish shakllari, xo’jalik yuritish tuzilmasi, mehnat resurslarining mavjudligi, yerga bo’lgan mulkchilikka munosabat, tabiiy resurslarga egalik qilish imkoniyati va ulardan foydalanish ustidan nazorat o’rnatish imkoniyati;

    • loyihani umumiy qabul qilingan ijtimoiy me'yorlar nuqtai nazaridan qabul qilinishi va ularga moslashuv qobiliyati;

    • loyihani amalga oshirish jarayoniga aholi va mahalliy tashkilotlarni jalb qilish strategiyasi (ularning loyihani amalga oshirishdagi manfaatdorligini ta'minlash maqsadida).

Moliyaviy tahlil.


Loyihalar moliyaviy tahlilini amalga oshirishda quyidagi savollarga javob topish lozim:

    • tahlil paytida loyiha ishtirokchilaridan har birining moliyaviy ahvoli qanday va u loyihani amalga oshirish davrida qay tarzda o’zgarishi mumkin;

    • loyiha, moliyaviy nuqtai nazardan, umumiy holda (xarajat va daromadlarni ishtirokchilar o’rtasida taqsimlamasdan turib) qanchalik samarali;

    • loyihadagi ishtirokni amalga oshirish mumkinmi va bunday ishtirok har bir ishtirokchi uchun, uning moliyalashtirish manbalari va shartlarini hisobga olgan holda, qanchalik samarali;

    • har bir ishtirokchi uchun moliyaviy tavakkalchiliklar tahlilini amalga oshirish. Loyihani amalga oshirish sxemasi shunday bo’lishi lozimki, noqulay vaziyatlar sodir bo’lgan taqdirda barcha ishtirokchilar o’z faoliyatini davom ettirishi mumkin bo’lsin, aks holda «eng ojiz» ishtirokchining tavakkalchiligi, barcha va butun loyiha tavakkalchiligiga aylanadi.

Ikkita muhim holatni ta'kidlab o’tish lozim. Birinchidan, barcha loyihalar ham moliyaviy jihatdan samarali deb tahlil qilinmaydi. Agarda loyiha foydasini qiymat shaklida ifodalash mumkin bo’lmasa, tahlil ketma-ketligi o’zgaradi: ya'ni samaradorlikda maksimumidan xarajatlar minimumiga o’tiladi.
Ikkinchidan, tahlilning moliyaviy jihati umumlashtiruvchi bo’lishi lozim. Loyihani tijorat, texnik, ijtimoiy, institutsional va ekologik jihatlar bo’yicha tahlil qilish jarayonida, mazkur jihatlarning samaradorligini va loyiha amalga oshirilishi mumkinligini belgilab beruvchi foyda va xarajat turlari aniqlanadi (misol uchun, reklama xarajatlari, korxona xodimlarini qayta o’qitish xarajatlari va undan olinishi kutilgan foyda, ekologik tavakkalchilikni pasaytirishga yo’naltirilgan xarajatlar va h.). Butun loyiha va har bir ishtirokchi nuqtai nazaridan amalga oshirilgan moliyaviy tahlil, loyihani amalga oshirishdagi ularning manfaatdorligini namoyon qiladi.
Moliyaviy tahlilda o’z aksini topishi lozim bo’lgan ekologik masalalariga kelib to’xtaladigan bo’lsak, baholashning quyidagi umumiy qoidalarini hisobga olish muhimdir:

  1. Barcha ahamiyatga ega bo’lgan ekologik foyda, xarajat, yo’qotish va tavakkalchiliklarni


Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling