Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja


Download 1.8 Mb.
bet46/75
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1470492
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75
Bog'liq
1. MA\'RUZA (5)

Texnologiya tanlash. Texnik tahlil loyihaning muhandislik nuqtai nazaridan ishlab chiqishning alternativ variantlarini o’rganishni o’z ichiga oladi. Xususan, agarda yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki umuman yangi texnologiya joriy qilish nazarda tutilgan bo’lsa, odatda, bir nechta variantlardan tanlash imkoni paydo bo’ladi. Tanlovni amalga oshirishda maqsadga muvofiqlik va samaradorlik ko’rsatkichlari xal qiluvi hisoblanadi. Mavjud bo’lgan texnologiyalardan, loyiha maqsadlariga eng to’la javob beruvchi, va ob'ektda shakllangan sharoitlarga muvofiq keladigani tanlanadi. Investitsiyaviy ob'ektda shakllangan sharoitlar deganda quyidagilar tushuniladi:

    • mazkur texnologiya bilan ishlashi nazarda tutilgan texnik-muhandis kadrlarning va boshqa xodimlarning malakasi;

    • uskunani qo’llashning texnik sharoitlari (energiya manbalarining mavjudligi, quvvati, kuchlanishi va elektr ta'minotining barqarorligi, amaldagi suv ta'minoti, kanalizatsiya va aloqa tizimlari va h.);

    • texnologiya qismlarini joylashtirish imkoniyatlari.

Agarda ikki yoki undan ko’p texnik va texnologik variant, boshqa sharoitlar bir xilligida, teng foydani ta'minlaydigan bo’lsa, tanlov jarayonida umumiy xarajatlar minimumi mezonini qo’llash mumkin.

Institutsional tahlil.


(institutum – lotinchadan, «muassasa»)
Loyihani amalga oshirish natijalari ko’p jihatlari bilan, bir tomondan, uni amalga oshiruvchi tashkilotlarning ichki tavsiflariga, ikkinchi tomondan, loyiha amalga oshirilayotgan muhit (davlat iqtisodiy siyosati va tartibga solish tizimi, qonunchilik, davlat hokimiyati institutlari tizimi va h.) institutsional sharoitlariga bog`liq bo’ladi.
Loyihaviy tahlilning institutsional tahlil qismi, loyihani amalga oshirishning tashkiliy va siyosiy sharoitlarni o’rganib chiqadi. Uning yo’nalishi quyidagilarga bog`liq tarzda shakllanadi:

    • loyiha miqyosi (mamlakat, tarmoq, mintaqa, korxona, xo’jalik darajasi);

    • loyihada ishtirok etayotgan kapital (davlat, xususiy, kooperativ va h.);

    • ishtirokchilar tarkibi (soni, tashkiliy-huquqiy shakllari);

    • loyiha vazifasi (jamiyat uchun ahamiyat kasb etuvchi, xususiy tadbirkorlikni rivojlanitirish uchun mo’ljallangan va h.).

Institutsional tahlilning maqsadi – loyihani amalga oshirishning ichki va tashqi institutsional sharoitlari sifatini baholash, hamda investitsiya qabul qiluvchi tashkilot imkoniyatlarini kengaytirish bo’yicha zaruriy tadbirlarni ishlab chiqishdan iboratdir.
Oxir oqibatda vaqtinchalik qurilmalar va maishiy xonalarni barpo etish, qurilish chiqindilarini olib tashlash, yangi ob'ekt hududini obodonlashtirish kabi xarajatlar ham muhim bo’ladi. Bunday tadbirlarni amalga oshirishning aniq grafigi yo’qligi va mas'ul shaxslar borasidagi noaniqlik ob'ektni topshirish muddatlarini ancha orqaga surishi va boshqa muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling