Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja


Download 1.8 Mb.
bet43/75
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1470492
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75
Bog'liq
1. MA\'RUZA (5)

Moliyaviy bozorlarni o’rganish jarayonida loyihani amalga oshirish uchun qarz kapitalini jalb etish imkoniyatlari, moliyaviy resurslarning amaldagi narxlari, kreditlashning tipik sharoitlari tahlil qilinadi. Moliyalashtirishning eng qulay sxemasini tanlash uchun quyidagilar to’g`risida to’liq axborotga ega bo’lish lozim:

    • investitsiyalarni uzoq muddatli moliyalashtirish uchun kredit resurslariga ega bo’lish imkoniyatlari;

    • loyihani amalga oshirish jarayonida aylanma vositalarni to’ldirish maqsadida qisqa muddatli moliyalashtirish uchun kredit resurslariga ega bo’lish imkoniyatlari;

    • kredit uchun (kreditlash turlari bo’yicha) o’rtacha, minimal va maksimal foiz;

    • qarzni mumkin bo’lgan qaytarish muddatlari;

    • imtiyoz berish shartlari (kreditlash davri, foiz to’lovlarini to’lash va h. bo’yicha);

    • kafolat yoki garov ta'minoti taqdim etish zaruriyati.

Moliyaviy bozorning ushbu asosiy tavsiflaridan tashqari, resurs yetkazib beruvchilarning moliyaviy ahvolini va ushbu resurslarni xarid qilish uchun kredit olish imkoniyatlarini aniqlash lozim.
Bozorlar rivojlanishini prognoz qilish. Bozorlar tahlili va asosiy tendensiyalarni aniqlash jarayoni tugagandan so’ng, loyiha biznes-rejasini tuzishda foydalaniladigan, quyidagi ko’rsatkichlarning prognoz qiymatlari hisoblanadi:

    • loyihada ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar narxi;

    • asosiy resurslarning narxi;

    • inflyatsiya darajasi;

    • kredit uchun foiz stavkasi;

    • loyihada ishtirok etayotgan valyutalarning ayirboshlash kurslari va h.

Prognoz turli xil uslublardan foydalangan holda (statistik, iqtisodiy-matematik, imitatsion va h.) loyihaning butun hayotiy davriga tuziladi. Mahsulot va resurslar narxlarini asoslashda, odatda, talab va taklif mutanosibligi modellaridan foydalaniladi.
Talab tahlili loyiha salohiyatini baholashning asosi hisoblanadi, shuning uchun bu ishga maksimal mas'uliyat bilan yondashish lozim. Loyiha mahsuloti uchun bozor o’z-o’zidan paydo bo’ladi degan fikr noto’g`ri bo’ladi. Bularning barchasi, talab tuzilmasini va uning narx, sifat va boshqa omillarga ta'sirchanligini aniqlash bilan birgalikda, qayta-qayta tekshirilishi lozim.
Hattoki eng batafsil tahlildan keyin ham talab prognozlari hato chiqishi mumkin, ayniqsa uzoq muddatli prognozlar. Iste'molchilarning texnologiyalari, daromadlari, hatti-harakatlarini prognoz qilish doimo noaniqlik sharoitlarida amalga oshiriladi va shuning uchun ham juda murakkab hisoblanadi. Bundan tashqari, bunday prognoz uchun birlamchi ma'lumotlar aniq emas yoki umuman yo‘q bo’ladi. Ixtisoslashtirilgan uslub bo’yicha ma'lumot yig`ish esa juda ham qimmat, va uning samaradorligini kafolatlash qiyin.
Bunga qaramasdan, tadbirkorlik amaliyoti doimiy tarzda uzoq muddatli oqibatlarga ega qarorlarni qabul qilishni taqozo etadi. Misol uchun, sug`orish tizimini barpo etish yoki suv omborini qurish yirik kapital qo’yilmalarni talab etadi, va amalga oshirilishi boshlangan loyihani katta yo’qotishlarsiz to’xtatish deyarli mumkin emas. Loyiha miqyosi, muddatlari yoki joylashuvini tanlashda yo’l qo’yilgan xatolar xal qiluvchi rolni o’ynashlari mumkin. Ishonchli prognoz (bashorat) qilib bo’lmaydigan vaziyatlarda esa, mutaxassislar voqealar kelajakdagi rivojlanishining mumkin bo’lgan ssenariylarini ko’rib chiqishlari shart.
Talab prognozlarini ularga ketadigan xarajat qiymatini hisobga olgan holda amalga oshirish lozim. Ya'ni ikki turdagi xarajatlarni taqqoslash lozim: prognozni tayyorlash qiymati (shu jumladan, ma'lumotlarni yig`ish va to’ldirish xarajatlariga) va noto’g`ri prognozdan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xarajatlar. Qaror qabul qilish birinchi navbatda kapital qo’yilma hajmiga bog`liq bo’ladi. Loyihaviy tahlilning boshqa jihatlari singari, prognozlarning murakkabroq uslubiyoti ishonchliroq axborot bilan ta'minlashi mumkin, ammo u ko’proq pul va vaqtni talab qiladi. Odatda, har bir loyiha shunday chegara mavjudki, axborot uchun undan yuqori xarajatlar o’zini oqlamaydi.
Boshqa barcha sharoitlar bir xil bo’lganda, tovarning bozor narxi va unga bo’lgan talab miqdori o’rtasida muayyan nisbat mavjud bo’ladi. Makroiqtisodiyotning ushbu aksiomasi bozorlar tahlili asosini tashkil etadi.
Narxdan tashqari talabga quyidagi muhim omillar ham o’z ta'sirini ko’rsatadi:

    • iste'molchilarning o’rtacha daromadi (ushbu ko’rsatkich oshganda talab ham oshishi kutiladi);

    • bozor miqyosi (yirik shaxarlarda talab hamisha yuqori);

    • o’zaro bog`liq tovarlarning narxi va ularni xarid qilish imkoniyati, bu ayniqsa muayyan tovarni o’rnini bosuvchi va to’ldiruvchi tovarlarga tegishli;

    • iste'molchilarning didi, an'analari va istaklari;

    • bozorning maxsus sharoitlari (misol uchun, kelajakdagi iqtisodiy o’zgarishlarni kutish – narx, inflyatsiya va h.).

Taklif egri chizig`iga ta'sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi:

    • ishlab chiqarish xarajatlari;

    • texnologik taraqqiyot;

    • foydalaniladigan resurslar va xom-ashyo narxlaridagi o’zgarishlar;

    • mazkur bozordagi firmalar miqdori;

    • bozor tuzilmasi.

Yuqorida sanab o’tilgan omillardan istalgan bittasining o’zgarishi, har qanday joriy narxda ham, taklif hajmining o’zgarishiga olib keladi. Xususan, taklif loyihani amalga oshirilishi munosabati bilan ham o’zgarishi mumkin. Misol uchun, sut qayta ishlash jarayonining kam xarajatli texnologiyasini joriy etish ishlab chiqarish xarajalarini kamaytiradi. Sut zavodi ko’proq mahsulot ishlab chiqargan holda, taklifni oshiradi va narxni pasaytiradi.
Loyihaviy tahlil loyihalarni ishlab chiqishda xal qiluvchi rolni o’ynashiga qaramasdan, unga xanuzgacha kam e'tibor qaratiladi. Har bir loyihaning muvoffaqiyati yoki muvoffaqiyatsizligini aynan bozor belgilaydi, shu sababdan ham loyihaviy tahlilning boshqa jihatlariga (aspektlariga) o’tishdan oldin, mahsulot va resurslar bozorlarini batafsil o’rganish lozim.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling